Inson ma’naviy dunyosida islom dinining o`rni
Download 19.56 Kb.
|
INSON MA’NAVIY DUNYOSIDA ISLOM DININING O`RNI
INSON MA’NAVIY DUNYOSIDA ISLOM DININING O`RNI Islom-dunyoda nisbatan keng tarqalgan jahon dinlaridan biridir. Osiyo qit`asidagi Arabiston yarimoroli, Iordaniya, Suriya, Iroq, Eron, Turkiya, Afg`oniston, Pokiston, Afrika qit`asidagi Marokash, Jazoir, Tunis, Liviya, Misr Respublikasi, Somali sin-gari mamlakatlar xalqlari, Efiopiya, /arbiy Sudanda yashovchilarning bir qismi, Malayziya, Indoneziya xalqlari, Livan, Hindiston, Xitoy hamda Filippin aholisining ma`lum bir qismi. Yevropa qit`asida esa Bolqon yarimorolida yashovchi xalqlarning bir bO`lagi islomga e`tiqod qiladi. Islom Markaziy Osiyo, Zakavkazye va Shimoliy Kavkaz, VolgabO`yi, /arbiy Sibir va boshqa ayrim hududlarda yashovchi aholining bir qismi ongi va turmushida mavjuddir. Bu xalqlarning turmush tarziga O`z ta`sirini kO`rsatib kelmoqda. Yer yuzida islomga e`tiqod qiluvchilar, ya`ni musulmonlar bir milliard 200 mln.dan oshdi.z Yevropa, Amerika va Rossiyada islom, uning tarixi va manbalarini O`rganish XIX asrning 2-yarmidan boshlangan. Lekin islom tarixi, ta`limoti, muqaddas yozuvlarini tahlil, tadqiq qilish Rossiyada ayniqsa O`zbekiston, Qozog`iston, Tojikiston, Shimoliy Kavkazda keng kO`lamda ancha oldin amalga oshirilgan. Bu ish endi yanada kengroq miqyoslarda olib borilmoqda. Yevropalik olimlar islomshunoslik fanini yaratish, islom tarixi va manbalarini O`rganish yO`lida kO`p xizmat qilganlar. Jumladan, M.Myuller, E.Taylor, K.Tile, Sh. dela Sosse, J.Freyzer va boshqalar. Ularning xulosalarida ayrim cheklanishlar bO`lishiga qaramay, ular bu fanning rivojlanishiga muhim hissa qO`shganlar. Rus sharqshunosligida ham islom tarixi, diniy manbalarni tadqiq qilish sohasida barakali ishlar olib borilgan V.R.Rozen asos solgan mashhur “Rus akademik sharqshunosligi” ning vakillari N.A.Mednikov, L.E.Shmidt, A.YE.Krimskiy, V.V.Bartold, I.Y.Krach-kovskiy, YE.E.Bertels, A.A.Semenov va boshqalar islomshunoslik sohasida qimmatli asarlar yaratganlar. Bu asarlar hozir ham islomshunos olimlar uchun boy manba bO`lib xizmat qilmoqda. Islomning paydo bO`lishi va uning ta`limotini ilmiy nuqtai nazardan O`rganish masalasi O`tgan asrning 30-yillariga kelib jid-diy ravishda O`rtaga qO`yildi. Bu sharqshunoslik va umuman tarix fanining tiklanish davri edi. Asrlar davomida tarix fani va sharqshunoslik erishgan yutuqlar va yuzaga keltirgan xulosalarni ilmiy nuqtai nazaridan qayta kO`rib chiqish va baholashdek juda mas`uliyatli va murakkab muammo hali ham tO`la yechilgani yO`q. Bunday sharoitda har bir muhim ilmiy masala bO`yicha xilma-xil fikrlarning mavjud bO`lishi tabiiy edi. Islomning paydo bO`lishi va ta`limoti yuzasidan ham juda kO`p fikr va mulohazalar O`rtaga tashlangan hamda muhokama qilinib, muayyan yechimini topgan. Mazkur darslikda ana shu fikr-mulohazalarning obyektiv, nisbatanasosli, aksariyat islomshunoslar tan olgan nuqtai nazarlaridan foydala-nilgan. I.Karimov asarlarida bu din haqida olg`a surilgan fikr-mulohaza va dasturlar asos qilib olingan. 1.Islom dinining paydo bO`lgan ijtimoiy-tarixiy va g`oyaviy muhit. Islomning vujudga kelishini tahlil etish O`sha tarixiy davr-VI-VII asrlarga xos xususiyatlar, arab qabilalari O`rtasida hukmron bO`lgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar va ularning diniy-g`oyaviy hayoti bilan qisqacha tanishib chiqishni taqozo etadi. Arabiston yarimoroli iqlim sharoiti noqulay qumli sahrolar va tog`lardan iborat bO`lib, kO`chmanchi aholisi badavlat V-VII asrlarda chorvachilik bilan shug`ullanar edi. Yarimorolning nisbatan yaxshi iqlim sharoitiga ega bO`lgan qismida joylashgan Yaman nomli kichik bir viloyat, qadimdan rivojlangan qishloq xO`jalik va madaniyat markazlaridan biri bO`lgan. U yerda quldorlik tuzumi taraqqiy etgan, sO`nggi quldorlik davlati bO`lgan Xim`yariylar podsholigi eramizning II asrida tashkil topgan va VI asr boshlarida tanazzulga yuz tutgan. Lekin yarimorolning boshqa hududlari-suvsiz sahrolardan iborat bO`lganligi sababli O`troq dehqonchilik faqat va ayrim joylarda sahrolar O`rtasidagi onda-sonda uchraydigan kichik vohalardagina birmuncha taraqqiy etgan edi. Bu yerlarda dehqonchilik ham noqulay iqlim sharoiti tufayli har tomonlama cheklangan edi, asosan xurmo va arpa yetishtirilardi. Yarimorolning cheksiz sahrolarida yashovchi, chorvachilik bilan shug`ullanuvchi arab qabilalari-badaviylar bundan ham og`ir sharo-itda yashar edilar. Ular ijtimoiy taraqqiyot jihatidan ancha orqada qolgan, taraqqiyotning urug`-qabilachilik bosqichida edilar. VI asr oxiri-VII asr boshlarida, ya`ni islom vujudga kelishi arafasida turli arab qabilalarining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasi bir xil emas edi. Qadimiy taraqqiyot markazi bO`lgan Yamanda rivojlangan quldorlik tuzumi hukmron bO`lib, yarim orolning shimoliy qismida joylashgan va Vizantiya hamda Eron kabi qadimiy imperiyalar ta`siri ostida bO`lgan hududlarda savdo munosabatlari endigina rivojlana boshlagan, sahrolarda kO`chmanchi chorvachilik bilan shug`ul-langan arab qabilalari O`rtasida patriarxal, urug`-qabilachilik tartibi hukmron edi. Bu tartibning yemirilishi va sinfiy munosabatlarning tarkib topishi davri endigina boshlangan edi. Og`ir iqlim sharoiti va ishlab chiqaruvchi kuchlar zaif rivojlanganligi sababli Arabiston yarimorolida yashagan kO`pchilik qabilalar taraqqiyot jihatidan Misr, Vizantiya, Eron, Mesopotomiya kabi qadimiy madaniyat markazlari aholisiga nisbatan ancha orqada qolib ketgan edi. Yarimorolning g`arbiy qismida Qizil dengiz qirg`oqlari bO`ylab chO`zilgan va Hijoz deb nom olgan hudud bu davrda iqtisodiy jihatdan birmuncha rivojlangandi. Buning sababi suvli vohalarda dehqonchilik bilan shug`ullanish imkoniyati mavjud bO`lganligidan va janubdan shimolga tomon qadimiy karvon yO`li O`tganligida edi. Tarixiy manbalarga kO`ra, VI asr O`rtalarida bu yO`l janubda Yaman orqali Habashiston va Hindiston bilan, shimolda Suriya orqali Misr, Vizantiya va Eron bilan bog`langan. O`z davri uchun katta iqtisodiy ahamiyatga ega bO`lgan Hijozdagi ayrim aholi manzillari, shaharlar, xususan yO`l ustida joylashgan Yasrib (Toif) shahri, VI asrda ancha kengaygan va gavjum savdo markazlariga aylangan edi. Makka savdo markazi sifatida katta ahamiyatga ega bO`lib, atrofdagi qabilalarga boshqalarga nisbatan kuchliroq ta`sir kO`rsatar edi. Makkada Ukaz nomli katta bozor joylashgan edi. Arab qabilalari O`rtasida Makkaning diniy markaz sifatida roli ham ancha oshgan edi. Makkada Ka`batilloh ibodatxonasi turli arab qabilalarining 360 xudosining sanam, ya`ni butchalari mavjud bO`lgani tufayli bu shahar O`z atrofida yashovchi kO`p qabilalar uchun e`tiqod markazi - ziyoratgohga aylangan edi. Arablarda ham tijorat, ham ziyorat deb bejiz aytmaganlar. V-VII asrlarda Makkada arablarning quraysh qabilasi hukmron bO`lib, bularning yuqori tabaqalari savdo-sotiq avj olishi natijasida ancha boyib ketgan; pul muomalasi, sudxO`rlik rivojlangan, shuningdek, qul savdosi va qullarning mehnatidan foydalanish ham ancha kengaygan. Sharqshunos olimlarning tadqiqotlari shundan dalolat beradiki, qadimiy Yamanni istisno qilganda, Arabiston yarimorolida yashovchi qabilalar uchun V-VI asrlarni iqtisodiy urug`-qabilachilik tuzumi yemirila boshlagan va quldorlik munosabatlari vujudga kela boshlagan davr, deb tavsiflash mumkin va lozim. O`sha davrda kuchli imperiyalar bO`lgan Vizantiya va Eron O`rtasida Yamanni qO`lga kiritish va karvon yO`llarida O`z hukmronligini O`rnatish uchun kurash davom etgan. Yaman sosoniylar hukmronligiga O`tgan davrlarda (572-628 yillar) Eron kO`rfazi orqali Hindistonga boradigan yO`l tez rivojlana boshlagan va shu munosabat bilan Hijoz orqali O`tgan karvon yO`li inqirozga uchragan. Bu hol faqat Hijoz shaharlarigagina emas, balki barcha arab qabilalari hayotiga ham jiddiy ta`sir kO`rsatgan va Arabistonda ijtimoiy-iqtisodiy inqirozning boshlanishiga sabab bO`lgan. Savdodan keladigan daromad kamayib ketishi natijasida quraysh zodagonlari O`rtasida sudxO`rlik avjga chiqqan; qullar, kambag`allarni ezish kuchaygan Makka va Hijozning boshqa shaharlarida mazlumlar bilan zolimlar orasidagi qarama-qarshiliklar keskinlashgan. Bir tomondan, qul egalari bilan qullar O`rtasida, ikkinchi tomondan, qabila zodoganlari bilan oddiy mehnatkashlar O`rtasida sinfiy qarama-qarshiliklar kuchaygan. Qabilalarning yuqori tabaqalari, ayniqsa, Makka zodagonlari qO`shni mamlakatlarni bosib olib katta boylik, O`ljani qO`lga kiritish va shu orqali hokimiyatni mustahkamlash, iqtisodiy inqirozdan qutilish haqida tez-tez O`ylay boshlaganlar. Ammo tarqoqlik va kelishmovchiliklarga barham berish, barcha arab qabilalarini, ularning iqtisodiy va harbiy imkoniyatlarini yagona davlatga birlashtirish zarur edi. Arab xalqi hayotni VI asr oxiri VII asr boshlarida yuz bergan jiddiy tarixiy voqelar arab qabilalarining ijtimoiy hayot taqozasi bilan vujudga kelgan markazlashishga intilishga undagan. Islom ayni shu intilishni O`zida aks ettirgan g`oya, mafkura sifatida yuzaga kelgan, markazlashgan arab davlatining vujudga kelishi, qO`shni malakatlarning bosib olinishi, arab xalifaligining kengayishi jarayonida kuchli g`oyaviy qurol sifatida xizmat qilgan. Markaziy va Sharqiy Arabiston yarim oroli sahrolarida yashagan arab badaviylari O`rtasida ibtidoiy tuzumga xos bO`lgan politeistik ma`jusiylik diniy tasavvurlari hukmron edi. V-VI asrlarda bu qabilalarning diniy e`tiqodlari totemizm, fetishizm va animizm kabi diniy tasavvurlarning qorishig`idan iborat edi. KO`p qabilalar alohida toshlarga e`tiqod qilar, insonga yordam beradigan ezgu ruhlar, yovuz jinlar va ayyor shaytonlar tO`g`risidagi tasavvurlar keng tarqalgan edi. Har bir qabila O`z xudosining sanamiga sig`inar, topinar edi. Bu hol dinshunoslikda kO`p xudolilikning arablarga xos kO`rinishi, deb tavsiflangan. Qur`onda bunday e`tiqod shirk deb nom olgan. Bundan tashqari arab qabilalari O`rtasida Quyosh va Oyga topinish ham mavjud edi. V-VI asrlarda arab qabilalari urug`-qabilachilik tuzumi yemirila boshlagan, ibtidoiy diniy tasavvurlar tanazzulga yuz tutgan edi. Qabilalar O`rtasida markazlashishga bO`lgan intilishning g`oyaviy in`ikosi sifatida yakka xudolikka xos diniy aqidalarning kurtaklari shakllana boshlagan. Yakka xudolilik tO`g`risidagi bunday diniy ta`limot islomdagina emas, balki u paydo bO`lmasdan birmuncha vaqt ilgari Arabistonning ayrim joylarida targ`ib qilina boshlagan edi. Islom esa ana shu targ`ibotlarning galdagi shakllanishi va tarkib topishining natijasi sifatida vujudga kelgan. Download 19.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling