Inson psixikasini rivojlanishi haqida ma’lumot bering?


Download 70.74 Kb.
bet2/4
Sana09.04.2023
Hajmi70.74 Kb.
#1344082
1   2   3   4
Bog'liq
1-top seminar

Psixika psixik jarayonlar, holatlar va insonning psixik xususiyatlarining zohiriy birligidir. Psixika rivojining oliy shakli — inson psixikasidir. Uning paydo boʻlishi va rivojlanishida insonga xos boʻlgan atrofdagi olam bilan oʻzaro munosabatga kirishish usuli — mehnat hal qiluvchi rol oʻynagan. Inson psixikasi faqat biologik taraqqiyotning emas, ijtimoiytarixiy taraqqiyotning ham mahsulidir. Ijtimoiy, mehnat amaliyoti oliy, faqat insongagina xos psixika shakli — oyagni vujudga keltirdi. Inson psixikasining eng muhim xususiyati — ishlar, hodisalar va boshqalarni oldindan koʻra bilish va oʻzi nima qilishini rejalashtirishdan iborat. Inson obyektiv voqelikdagi predmetlar va hodisalarni tajribaga asoslanib idrok qiladi. Insonning psixik faoliyati asosida birinchi va ikkinchi signal sistemalarining oʻzaro taʼsiri yotadi. Psixikaning muhim tomoni uning reflektorlik tabiati, yaʼni reflekslar hosil boʻlishi, bu jarayonning toʻxtovsiz va qatʼiy kechishidir. Real psixika faoliyat koʻrinishida mavjud. Faoliyatda u shakllanadi, namoyon boʻladi va bilib olinadi. Inson psixikasining shakllanishida taʼlim va tarbiya muhim rol oʻynaydi. Taʼlim va mehnat jarayonida har bir shaxs psixikasining individual rivojlanishi yuz beradi, bu insoniyat toʻplagan moddiy va maʼnaviy boyliklarni oʻzlashtirishdan iboratdir. Psixikani psixologiya oʻrganadi

Psixikaning filogenetik taraqqiyoti: 1) psixikaning taraqqiyot bosqichlari; a) seskanuvchanlik; b) sezuvchanlik. 2) hayvonlar xatti - harakati tiplari: a) instinkt; b) ko`nikma; v) intellektual harakat.

Jamiki materiya, jonsiz anorganik materiyadan tortib, to organik materiyaning yuksak hamda murakkab shakli - inson miyasigacha moddiy olamning umumiy xususiyati bo`lmish aks ettirish xususiyatiga, ya`ni turli ta`sirlarga javob qaytarish qobiliyatiga egadir. Jonsiz tabiatda harakat jism yoki moddalarning o`zaro mexanik fizik va kimyoviy munosabatlari tarzida namoyon bo`lishi mumkin. Tirik materiyaga o`tishda harakatning shakli sifat jihatdan o`zgaradi. Tirik materiyaga aks ettirishning biologik shakllari xosdir. Tirik materiya taraqqiyotining ma`lum bosqichida aks ettirishning sifat jihatidan yangi shakli bo`lmish psixika yuzaga keladi. Hamma tirik organizmlar, o`simliklardan tortib hayvonlargacha evolyutsiyaning barcha bosqichida aks ettirishning biologik shakli bo`lgan seskanuvchanlik xususiyatiga ega. Seskanuvchanlik - tirik organizmlarning biologik ahamiyatiga ega bo`lgan ta`sirlarga javob qaytarish qobiliyatidir. Sodda, bir hujayrali tirik organizmlarda elementar seskanuvchanlik xususiyati bor bo`lib, ular tashqi muhit ta`siriga harakat bilan javob qaytaradi, muhit ta`sirida hujayra protoplazmasininng xususiyati o`zgaradi


Download 70.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling