Inson resurslaridan oqilona foydalanish orqali iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash yo‘nalishlari


Download 8.88 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi8.88 Kb.
#1496420
Bog'liq
Raxmatov Farid Taqriz


Toshkent Moliya Instituti Iqtisodiyot fakulteti I-53-2 гуруҳ талабаси Raxmatov Faridning “Inson resurslaridan oqilona foydalanish orqali iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash yo‘nalishlari” mavzusidagi kurs ishi ilmiy rahbar
Taqrizi
Bugungi kunda iqtisodiyotimiz tobora rivojlanib bormoqda. Mamlakatni har tomonlama rivojlantirish, uni ham iqtisodiy ham ijtimoiy jihatdan barqaror rivojlanishini ta’minlash, rivojlangan davlatlar qatoridan joy olish, jahon moliya bozorlari qatoriga kirish bizning bosh maqsadlarimizdan hisoblanadi. Shuni hisobga olgan holda bir qancha islohotlar, yangidan yangi loyihalar, dasturlar ishlab chiqilmoqda va amaliyotga tadbiq qilinmoqda. Demak, mamlakatning rivojlanishida uning iqtisodiy jihatdan xavfsizligini ta’minlay bilish muhim hisoblanadi. Bu o’z navbatida bir tomondan davlat xavfsizligi hisoblansa,boshqa tomondan iqtisodiy rivojlanish asosi bo’lib xizmat qiladi.
Kurs ishi kirish,asosiy qismda 4 ta paragraf, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tashkil topgan bo’lib,jami 30 betdan iborat.
Kurs ishi bilan tanishish talaba tomonidan mazkur mavzuni yoritish borasida muayyan nazariy tadqiqotlar amalga oshirilganini ko’rsatadi. Jumladan:
Mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda iqtisodiy xavfsizlikning nazariy asoslarini, ularning mazmun va mohiyatini o’rganish;
Xavfsizlikni ta’minlashning asosiy sabablari;
Iqtisodiy xavfsizlikning mamlakatdagi ahamiyati;
Mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning ustuvor yo’nalishlarini aniqlashtirish.
Kurs ishida talaba tomonidan mavzuni nazariy tadqiq etish borasida muayyan ishlar amalga oshirilgan, mavzuni amaliy jihatiga to’liq yondashilmagan. Ishni rasmiylashtirish bo’yicha dastlabki variantda ancha kamchiliklar mavjud edi va ular bartaraf etildi. Ayrim juz’iy xarakterdagi xatolarga qaramay, kurs ishini rasmiylashtirilishi talab darajasida. Xulosa qilib aytilganda kurs ishini himoyaga tavsiya etish mumkin.

Ilmiy rahbar: _________ dosent M.Sobirova
Download 8.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling