Inson resurslarini boshqarish ” fakulteti 302-huruh talabasi xayrullayev orifjonning malakaviy amaliyot
Amaliyot vaqtida «Madina” MCHJ ning mijozlarni rag’batlantirish tadbirlarini amalga oshrilishini ham o’rgandim
Download 54.48 Kb.
|
Xisobot
Amaliyot vaqtida «Madina” MCHJ ning mijozlarni rag’batlantirish tadbirlarini amalga oshrilishini ham o’rgandim.
Sotishni rag‘batlantirish marketing kommunikatsiyasi elementi sifatida maqsadli aduditoriya javob reaksiyasi uchun turli tadbirlarni taklif etish hamda korxona marketing strategiyasi doirasida uning kommunikatsiya siyosatini amalga oshirishning vositasidir. Sotishni rag‘batlantirish reklama kabi qisqa vaqt oralig‘ida bozorni egallaydi. Sotishni rag‘batlantirish bo‘yicha tadbirlar tovarning iste’mol xususiyatlari bilan shaxsiy tajribasi orqali tanish bo‘lgan haridorga qaratilgan. Sotishni rag‘batlantirishning vazifalari — mazkur tovarning keyingi harid qilinishiga, katta partiyalarni sotib olishga, firma va haridor o‘rtasida muntazam tijorat aloqalarini rag‘batlantirishga qaratilgan. Agar reklamaning chaqirig‘i “Bizning mahsulotni harid qiling” bo‘lsa, sotishni rag‘batlantirishning chaqirig‘i “Uni hoziroq sotib oling”dir. Demak, sotishni rag‘batlantirish qisqa muddat ichida korxona va uning mahsuloti haqidagi axborotni yetkazish hisoblanadi. Sotishni rag‘batlantirish tayyorlash va taqdim etish quyidagi jarayonlardan iborat: sotishni rag‘batlantirish dasturini ishlab chiqish; sotishni rag‘batlantirish tadbirlarini amalga oshirish va baholash. Sotishni rag‘batlantirish dasturini ishlab chiqish bo‘yicha oxirgi qarorni qabul qilish quyidagi vazifalar bilan bog‘liq: sotishni rag‘batlantirish maqsadini shakllantirish; sotishni rag‘batlantirishning qurollarini (instrumentlar) tanlash; qatnashchilar doirasini aniqlash; sotishni rag‘batlantirish tadbirlari intensivligini aniqlash; sotishni rag‘batlantirish dasturidagi axborotlarni tarqatish vositalarini tanlash; sotishni rag‘batlantirishning davomiyligini aniqlash; sotishni rag‘batlantirish tadbirlarini qo‘llash vaqtini aniqlash; sotishni rag‘batlantirish byudjetini ishlab chiqish. Sotishni rag‘batlantirish maqsadini belgilash va qurolini (instrumentini) tanlash o‘ziga xos jarayondir. Sotishni rag‘batlantirish qurollari quyidagilarga yo‘naltirilgan bo‘ladi: korxonaning sotish bilan shug‘ullanuvchi personaliga; tijorat vositachilariga; iste’molchilarga. Download 54.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling