Imkoniyatlar
|
Xavflar
|
Kuchli jihatlar
|
KI maydoni
|
KX maydoni
|
Kuchsiz jihatlar
|
KsI maydoni
|
KsX maydoni
|
2-chizma. SWOT matritsasi.
Chap tomonda tahlilning birinchi bosqichida tashkilot jihatlarining barcha ko‘rsatkichlari yozilgan 2 ta blok (kuchli jihatlar, kuchsiz jihatlar) ajratiladi. Matritsaning yuqori qismida barcha ko‘rsatilgan imkoniyat va xavflar yozilgan, yana 2 ta blok (imkoniyatlar va xavflar) ajratiladi. Bloklarning kesishishida 4 ta maydon yuzaga keladi: kuch va imkoniyatlar (KI), kuch va xavflar (KX), kuchsizlik va imkoniyatlar (KsI), kuchsizlik va xavflar (KsX).
Har bir maydonda tadqiqotchi barcha bo‘lishi mumkin bo‘lgan juft kombinatsiyalarni va korxonaning tashkiliy xulqi strategiyasini ishlab chiqishda hisobga olinishi kerak bo‘lganlarni ajratishi zarur.
Kuch va imkoniyatlar maydonidan olingan juftlikka nisbatan tashqi muhitda paydo bo‘lgan imkoniyatlardan sermahsul ishni olib borish uchun tashkilotning kuchli tomonlaridan foydalanish strategiyasini ishlab chiqish zarur.
Kuchsizlik va imkoniyatlar maydonida namoyon bo‘lgan juftliklar uchun strategiya shunday tuzilishi kerakki. Paydo bo‘lgan imkoniyatlar evaziga tashkilotda mavjud kuchsizliklarni yengishga harakat qilish kerak.
Agar juftlik kuch va xavflar maydonida joylashgan bo‘lsa, u holda strategiya korxona kuchini xavflarni yo‘qotish uchun foydalanishga qaratilishi kerak.
Nihoyat, kuchsizlik va xavflar maydonida joylashgan juftliklar uchun tashkilot shunday strategiyani tuzishi kerakki, u ham kuchsizlikdan xalos bo‘lishiga, ham tahdid qilayotgan xavfning oldini olishga harakat qilishga imkoni berishi kerak.
Strategiyani ishlab chiqayotganda shuni esda to‘tish kerakki, imkoniyatlar va xavflar o‘zaro qarama-qarshilikka o‘tishi mumkin. Foydalanilmagan imkoniyatlarxavfga aylanishi mumkin, agar undan raqibingiz samarali foydalansa. Aksincha, muvaffaqiyatli bartaraf qilingan xavf, raqiblar aynan mana shu xavfni bartaraf qila olmagan holdagina korxona oldida qo‘shimcha imkoniyatlar ochib berishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |