Inson tafakkurida vujudga keladigan, jamiyat va olamlarni maqsad sari yetaklayligan fikr. Unda olamni bilish va amaliy oʻzgartirish maqsadlari u. targa erishish yoʻllari va vositalari mujassam boʻlali


Download 5.96 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi5.96 Kb.
#1596996
Bog'liq
G\'oya


Gʻoya — inson tafakkurida vujudga keladigan, jamiyat va olamlarni maqsad sari yetaklayligan fikr. Unda olamni bilish va amaliy oʻzgartirish maqsadlari. u.targa erishish yoʻllari va vositalari mujassam boʻlali. Fatsafa tarixida G’OYA turli maʼnolarda koʻllangan. Demokrit atomdarni. Pktyun modliy boʻlmagan, konkret karsa va hodi-salardan tashqarida boʻlgan ideat mohiyatni G’OYA deb hisoblagan. Forobiy "fozil jamiyat", Navoiy "adolatli jamiyat" G’OYAlarini ilgari surganlar. 17 -18-asrlarda G’OYA tushunchasi bilish pazariyasi bilan bogʻlab izohlangan. Shu asosda G’OYAlarning kelib chiqishi, bilishning gurli darajalari. shakllari bilan atoqasi. umuman bilish jarayonila tutgan oʻrni masalalari tahlil qilingan. Yangi davrda \\.Kant G’OYAlarni aqt tushunchalari sifashda asoslashga harakat qilgan. Fixte fikricha, G’OYA "men" ning maqsadidan iborat. Gegel falsafasida G’OYA taraqqiyot jarayonini oʻzila toʻla gavlapantiradigan mohpyat sifatida talqin etilgan.
Tajriba natijatarp G’OYAda umumlapgadi va shu maʼnola bilim shakliga aylanadm. G’OYA narsa va hodisalarning faqat mavjud xususiyatlarini emas, balki ularning rivojlanish tendensiyalarini. kelajakxagi holatlarini ham ifola etali. 1SH puqtai nazardan qaraganda, G’OYA amaliyotga joriy qilsa boʻladigan bilimdan ibo-rat. Demak. G’OYA bilish va amaliy faoliyat oʻrtasida faol bogʻlovchi hisoblapadi va u barcha yangi narsalarni yaratishning asosidir. Fanda esa G’OYA mavjud bili.mlarni sintez qilish, umumlashtirish va qatʼiy tartibga solish vositasi boʻlib xizmat qiladi. Bu, avvalo, har qanday taxminlar, tamoyillar va tasavvurlarni birlashtirib, yaxlit tizim holiga keltiradi va kashf etilayotgan qonunlar, ilmiy nazariyalarning oʻzagini tashkil etadi.
G’OYA falsafiy tafakkur doirasida xilma-xil maʼnolarda talqin etilgan tushunchalardan biridir. Bugungi kunda falsafiy tafakkur erishgan natijalarga tayanib, G’OYAning mohiya-ti, gnoseologik maqomi toʻgʻrisida muayyan umumiy xulosalarga kelingan.
Ilmiy fakt, muammo, faraz, nazariya kabi voqelikni aks ettirish, ilmiy bilishning oʻziga xos shakli, yangi bilim va paradigma (sistema) sifatida chiqadigan G’OYAda voqelik bundan keyin qay yoʻnalishda oʻrganilishi zarurligi haqidagi koʻrsatma, maqsad botiniy tarzda mujassamlashgan boʻladi va shu tufayli u ulkan yoʻnaltiruvchilik rolini oʻtaydi. Ilmiy G’OYAga xos boʻlgan xususiyatlar qarab chiqilganda G’OYAning tarixiy taraqqiyotdagi oʻrni yanada oy-dinlashadi. Har qanday G’OYA kabi ilmiy G’OYA ham ulkan yoʻnaltiruvchilik rolini oʻtaydi. Mas. atomlarning mavjudligi haqidagi G’OYA asrlar davomida ilmiy izlanishlarni uni topish, xususiyatlarini tadqiq etish, dunyoning tuzilishidagi oʻrnini aniqlashga yoʻnaltirib keldi. Natijada atom kashf qilindi. Bu kashfiyot olamning tuzilishi toʻgʻrisidagi tasavvurlarning butunlay oʻzgarishiga olib keldi. Ammo ilm-fan taraqqiyotida salbiy iz qoldirgan gʻayriilmiy G’OYAlar ham boʻlgan. Mas, oʻz davrida kibernetika va genetikaning "soxta fan"ligini asoslashga qaratilgan G’OYAning ustuvor boʻlgani bu fanlar rivojini bir necha yilga orqaga surib yubordi. Ilmiy G’OYAlar taraqqiyot omiliga aylanishi uchun maʼlum shartsharo-it boʻlishi kerak, yaʼni jamiyatning umumiy bilim darajasi yuzaga kelgan yangi bilimni qabul qilishga tayyor boʻlishi hamda uni tekshirib koʻrish, tasdiqlash yoki inkor etish imkoniyati — qurollar, vositalar. moliyaviy resurslarga ega boʻlishi lozim. Aks holda u maʼlum madaniy-maʼrifiy hodisa sifatida qolib ketadi. G’OYAning voqelikka mos kelishi muhimdir.

Download 5.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling