Inson va kompyuter interfeysi fanidan
Dasturchilar uchun unumdor ishlashni qanday oshirsa bo'ladi
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
IVKI MURODJON AZAMOV
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qanday qilib xatolarsiz kod yozib bo’ladi
Dasturchilar uchun unumdor ishlashni qanday oshirsa bo'ladi
1. Chalg'itadigan narsalarni kamaytirish - Ishlash uchun tinch joy tanlang, chunki qaysidir muammoga yechim o'ylayotganda shovqin halaqit beradi. 2. Harkunlik vazifalarni avtomatlashtirish - Har kunlik ishlarni avtomatlashtirish uchun boshida biroz vaqt talab qiladi, ammo ishoning keyinchalik bu o'zini oqlaydi. 3. Tanaffus qiling - Dasturiy ta'minot ishlab chiqish bu ko'p vaqt va harakat talab qiladigan aqliy mehnatga kiradi. Agar siz bir necha soatdan beri to'xtamasdan ishlayotgan bo'lsangiz, bu sizni ishingizni sifatini kamaytirishi mumkin. 14 4. Plan tuzing - Harkunlik vazifangizni ertalab qog'ozga yozib oling (ha aynan qog'ozga), va kun davomida belgilangan vazifalarni bajarishga harakat qiling, bu vazifalar oddiy, shundog'am esimda qoladi deyishga shoshilmang: Biron kun sinab ko'ring, ertalab qog'ozda bugun qilishingiz zarur bo'lgan vazifani hammasini yozib chiqing, ko'rasizki kuniz boshqa kunlarga nisbatan samaradorroq o'tadi. Planlarni birkunlik planlardan boshlab, yillik planlargacha tuzsa bo'ladi. 5. Qiyin vazifadan boshlang - Kuningizni boshlayotgan payt katta ehtimol bilan charchamagan bo'lasiz va bu qiyin vazifalarni bajarish uchun ayni qulay vaqt. Vazifalarni qiyindan osongacha saralang, va bir boshdan bajarishni boshlang. Oson vazifalarga keguningizcha biroz charchagan bo'lasiz, ammo osonligi uchun bajarib bilasiz. 6. Ish asboblaringizni yaxshi tushining - Ish asboblari deganda bu yerda dasturchi sifatida har kun ishlatadigan dasturlariz nazarda tutilmoqda. Masalan bir kun o'tirib kod redaktoringizni sozlamalarini ko'rib chiqing va o'zingizga moslang. Qancha redaktor yoki IDEni "fint"larini bilsangiz, ishlash jarayoningiz shunchalik yaxshilanadi. Qanday qilib xatolarsiz kod yozib bo’ladi Xatosiz kod yozishni imkoni yo’q, ammo tushunarli va debuggable (xatoni aniqlash oson) kod yozishning imkoni bor. Dasturiy ta’minot yaratish davomida baglardan to’liq qutilib bo’lmaydi, albatta agar gap kattoroq global proyektlar haqida ketayotgan bo’lsa, chunki kichkina proyektlarda xato chiqmasligi mumkin. Shunda debuggable kodga nimalar kiradi? 1. Tushunarli nomlar bering. Klasslarga, funktsiyalarga, metodlarga tushunarli nom berish juda ham muxim. Ularning nomi orqali vazifasini ko’rsatib berish kerak. 2. Kodni strukturalashtiring. Probellar, tab, qatorlarni qizg’anmang, strukturalashtirilgan kod, o’qilishga, tushunishga va test qilishga juda ham qulay. 15 3. Kodning algoritm qismi bilan, biznes logika qismini aralashtirmang. 4. Unutmang kod bir marta yoziladi, ammo ming marta o’qildi. Shuning uchun ham yozishgamas, o’qishga qulay kod yozing. Umuman olganda xatolar barcha dasturiy ta’minotda uchrab turadi. Buglarni oldinroq aniqlash uchun testlar yoziladi. Foydalanilgan internet sahifalari 1. Reactjs.org - Facebook tomonidan elon qilingan javascript kutubxonasi sayti 2. Nextjs.org - Vercel tomonidan taqdim etilgan React.js freymvorki sayti 3. W3school - online dasturlash akademiyasi sayti Document Outline
Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling