Insoning jamiyatdagi o`rni. Reja
Download 26.98 Kb.
|
INSONING JAMIYATDAGI O
INSONING JAMIYATDAGI O`RNI. Reja: 1. Jamiyat tushunchasi. Jamiyatning taraqqiyot qonunlari. Jamiyat haqidagi turli xil nazariyalar. Jamiyat hayotida barqarorlik va beqarorlik. O’zbekistonning barqaror va tadrijiy rivojlanishidagi xususiyatlar. 2. «Odam», «inson», «individ», «shaxs» tushunchalari. Inson tarixning yaratuvchisi va eng ulug’ ijtimoiy qadriyat. Insonda tabiiylik, biologik, ijtimoiylik va ma’naviylik uyg’unligi. 3. Ehtiyoj, maqsad va manfaatlar inson borlig’ining tamoyillari. O’zbekistonda o’tkazilayotgan islohotlar inson manfaatlarini ko’zlab amalga oshirilayotgan jarayon. Demokratik jamiyat qurish va inson qadri hamda erkinliklari.
makoni, umumiy Vatanidir. Quyosh tizimidagi ana shu mitti sayyorada yashayotgan odamlar oilasini jamiyat deb atash odat tusiga kirgan. Demak, umumbashariy ma’noda jamiyat odamzodning umri, hayoti o’tgan hamma davri, joy va hududi bilan bog’liq barcha o’zgarish va jarayonlarni ifoda etadi. Shu bilan birga, biror davlat xududidagi odamlar hayoti, sivilizasiyaning muayyan davrlaridagi turmushga nisbatan ham ushbu tushuncha qo’llanadi. Har qanday holda ham, u umumiy tushuncha bo’lib, ayrim odam va alohida shaxs jamiyat a’zosi deb ataladi. Tilimizdagi jam, jamoat va jamiyat degan so’zlar bor. Barchasining o’zaro yig’ilgan, to’plangan degan ma’noni bildiruvchi jam iborasidir. Masalan: jamoat jam. Odamlar jam bo’lishdi. Jami – o’n nafar. Shuningdek, jam so’zi qo’shuv ma’nosida ham ishlatiladi. Jamoa iborasi biror mahalla yoki qishloq aholisini, biror muassasa, tashkilot yoki korxona ahlini bildiradi, ya’ni bir joyning bir guruh kishilari deganidir. Jamoa atamasi ma’nosi jihatidan jamoatdan farqlanadi. Jamoatda turli qarashdagi kishilar bo’lsa, jamoada esa bir maqsad, bir xil manfaat yo’lida jam bo’lgan kishilar tushuniladi. Masalan, jamoat deganda bir masjidda namoz o’quvchi hammahalla, hamqishloq kishilar nazarda tutiladi. Jamoat so’zining jamoatchilik, adabiy jamoatchilik, talabalar jamoatchiligi va hokazo. Jamiyat insoniyat tarixiy taraqqiyotining ma’lum bosqichida shakklanadigan ijtimoiy munosabatlar majmuidir. Ijtimoiy munosabatlar ichida eng asosiysi, siyosiy va huquqiy ustqurma uchun haqiqiy bazis bo’ladigan, ijtimoiy ong shakllarini belgilaydigan munosabatlar – iqtisodiy munosabatlardir. To’g’ri, jamiyat taraqqiyoti tabiiy-tarixiy, qonuniy taraqqiyotdir. Jamiyat ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida shuurga-ongga til va nutqqa ega bo’lgan, bir-birlarining ijtimoiy yordami, ko’magiga ehtiyoj sezuvchi insonlar ijtimoiy uyushmasining eng umumiy ilmiy-falsafiy atamasidir. Jamiyat – tabiatning bir qismi, ya’ni ijtimoiy borliqg’ bo’lib, odamlar uyushmasining maxsus shakli ,kishilar o’rtasida amal qiladigan juda ko’plab munosabatlar yig’indisi, degan turlicha ta’riflar ham bor. Jamiyat muttasil ravishda rivojlanuvchi takomillashib boruvchi murakkab tizimdir. Har bir yangi davrda jamiyat mohiyatini bilish zarurati vujudga keldadi. Milliy mustaqillik tufayli jamiyat mohiyatini yangicha idrok etish ehtiyoji paydo bo’ldi. Prezident Islom Karimovning qator asarlarida jamiyat mohiyatini yangicha tushunishning uslubiy asoslari yaratildi. Jamiyat moddiy va ma’naviy omillar birligidan iborat. Hozirga qadar adabiyotlarda moddiy va ma’naviy hayot bir-biridan keskin farqlanar ediHolbuki, jamiyatning tub mohiyati uni tashkil etuvchi inson mohiyati bilan uzviy bog’liq. Xuddi inson tanasini uning ruhidan ajratib bo’lmagani singari, jamiyatning moddiy va ma’naviy jihatlarini ham bir-biridan ajratish va ularning birini ikkinchisidan ustun qo’yish mantiqqa ziddir. Insonning moddiy ehtiyojlari oziq- ovqatlar, kiyim-kechak, uy-joy, transport vositalari, o’zini himoyalash, zurriyot qoldirish kabilardan iboratdir. Ma’naviy ehtiyojlarga olamni bilish, o’zlini angalsh, dunyoqarash, donishmandlikka intilish, bilim, san’at, g’oya, mafkura, go’zallik bilan, ma’naviy kamolot yo’lidagi intilishlar kiradi. Insonning asl mohiyati moddiy ehtiyojlarni madaniy shakllarda qondirishida yaqqol namoyon bo’ladi. Inson aqlli mavjudot sifatida moddiy ehtiyojlarini madaniy shakllarda qondirish uchun tabiat va jamiyat mohiyatini bilishga, moddiy va ma’naviy olamni uyg’unlashtirishga, tabiat va jamiyatni o’z maqsadlariga mos ravishda o’zgartirishga harakat qiladi. Ilm – fan va texnika insonning ma’naviy va moddiy ehtiyojlarini qondirish quroli, muhim vositasi bo’lib xizmat qiladi. Inson yuksak ma’naviyat tufayligina o’z ehtiyojlarini madaniy shakllarda oqilona va to’liqona qondirish imkoniga ega bo’ladi. Hozirgi zamon antropologik falsafasining inson mohiyati to’g’risidagi xulosadan quyidagicha: 1. Inson tabiatda noyob va universaldir. U tabiat rivojining buyuk mahsuli, noyob qobiliyat sohibidir. Inson uchun instinkt ham, nozik did ham, ulug’vorlik va yaratuvchanlik ham xosdir. 2. Insonda ichki va tashqi olam mujassamlashgan. Insonning ichki olami faoliyatining turli shakllarida – mehnat ,muloqot, badiiy ijod, xulq-atvor va shu kabilarda namoyon bo’ladi. 3. Inson juda ko’p qismlardan tashkil topgan yaxlit birlikdir. Har bir insonda tabiiylik, ijtimoiylik, aqllilik, hissiylik, axloqiylik mujassamlashgan. 4. Inson tarixiy mavjudotdir. U o’zining ana shu xususiyati bilan kelajagini yaratadi. Inson ertangi kuniga doimo tashvish bilan qaraydi, chunki uni har doim inqirozlar, omadsizliklar ta’qib etadi. 5. Inson ma’suliyat hissidan qochib qutulmaydi. U gumanistik pozisiya va individuallikni uyg’unlashtirish orqaligina shunday vaziyatdan chiqa oladi. Inson nihoyatda murakkab, ko’p qirrali va ko’p o’lchamli mavjudot bo’lib, uning mohiyatini anglash uzoq davom etadigan jarayondir. Insonda butun olam va jamiyatning mohiyati mujassamlashgandir. Ulug’ mutasavvuf Abduholiq G’ijduvoniy insonni «kichik olam» deb hisoblagan. Falsafada bahs yuritiladigan barcha masalalar inson muammosiga bevosita daxldordir. Umuman olganda, insonga daxldor bo’lmasa, unga foyda keltirmasa, jamiyatning og’irini yengil qilmasa, unday fanning keragi bormikan? Shu ma’noda, inson, avvalo, o’zi uchun zarur bo’lgan fanlarni, ilmlar va bilimlar tizimini yaratgan. Falsafa insonni olamning tarkibiy qismi sifatida o’rganadi. Inson shunday murakkab va ko’p qirrali mavjudotki, uning mohiyati yaxlit bir butunlik sifatida odam, inson, shaxs, individ, individuallik tushunchalari orqali ifodalanadi. Biz bu tushunchalarni o’zaro munosabati, o’xshash va farqlari xususida to’xtalamiz. Odam tushunchasida sut emizuvchi mavjudotlarning bir turi anglashiladi. Shu ma’noda hamma odamlar, aql-idrokka ega bo’lgan mavjudotdir. Inson tushunchasida muayyan tarixiy davrdagi muayyan jamiyat va madaniyat qabul qilgan odob-axloq maromlari, tartib-intizom qonun-qoidalariga ixtiyoriy ravishda rioya qilib, shu asosda harakat yo’nalishi belgilash qobiliyati va irodasiga ega bo’lgan, moboda bu doiradan beixtiyor chiqib qolsa, vijdon azobiga tushib, o’zini- o’zi kechirmaydigan oliy bir zot, ya’ni ijtimoiylashgan odam tushuniladi. Demak, biz boshimizdan kechirayotgan tarixiy davr odamning insonga aylanishi uchun juda kuchli ijtimoiy zaruriyat paydo bo’lganligi bilan e’tiborni o’ziga tortadi. Albatta, odamning barkamol insonga aylanishi uchun bir qator obyektiv shatr-sharoitlar va subyektiv omillar kerak. Moddiy faravonlikni ta’minlash asosida bu muammoni hal qilish mumkin degan mayllar tobora kuchayib borayotgan zamonamizda umuminsoniy muammoga bunday qarashlar o’zining biryoqlamaligi bilan xavfsizdir. Chunki ma’naviy olami qashshoq bo’lgan, ya’ni iymonsiz, e’tiqodsiz odam ehtiyojini har qanday to’kin-sochinlik, ko’rkas kiyimlar, bezaklar, shinam binova ashyolar bilan qanoatlantirib bo’lmaydi. Odam tabiatidagi bu holatni e’tibordan soqit qilish katta xatolikka yo’l qo’yish bo’ladi. Faqat ma’naviy olami boy, axloqan pok kishilargina mavjud moddiy sharoitlarga shukronalar keltirib yashagan holda, yanada yaxshiroq hayot uchun sharoit yaratish yo’lida astoydil mehnat qiladilar, ijtimoiy faollik ko’rsatadilar, boshqalarga taqlid obyekti, ibrat va namuna bo’ladilar. Inson – ijtimoiy-tarixiy jarayonning, moddiy va ma’naviy madaniyat rivojlanishining subyekti, hayotning boshqa shakllari bilan genetik jihatdan bog’langan, ammo ulardan mehnat qurollari ishlab chiqarishi, burro-burro qilib so’zlashi va ongi, axloqiy sifatlari bilan ajralib turadigan bioijtimoiy mavjudotdir. Inson – kishi, uning ongi, odob-axloqi, ma’naviyati, dunyoqarashi, talab- ehtiyojlarining qondirilishi, ijtitmoiy-iqtisodiy, siyosiy munosabatlarga, ijtimoiy tuzum mohiyati va tabiatiga bevosita bog’liqdir. Jamiyat qanday bo’lsa, ijtimoiy munosabatlar majmui bo’lgan inson ham unga mos bo’ladi. Inson dunyoda eng murakkab, oliy mavjudot, tabiatning yuksak mahsuloti, hayot gulidir. Insonnging bebaholigi–uning aql-ijrok va tafakkuriga egaligida. U aql-idrok sohibi bo’lganligi yashashi uchun kerak bo’lgan narsalarga zarurat deb talqin qilingan. Ehtiyoj faqat inson organizmi uchun emas, balki o’simliklar dunyosi, korxonalar, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari va boshqa har qanday tabiiy ijtimoiy tizimlar uchun ham xos bo’lgan xususiyat hisoblangan. Bundan tashqari, organizm yoki tizim hayoti uchun zarur bo’lgan narsani ham ehtiyoj deb ta’riflab bo’lmaydi. Chunki shu narsa bilan tizim yetarli ta’minlanganda unga nisbatan zarurat yo’qoladi. Jahon falsafa va psixologiya fanida ehtiyojlar mohiyati ikki yo’sinda izohlanadi. Bir guruh faylasuf va psixologlar ehtiyojni organizm yoki individning holati deb baholaydilar. Masalan, ochiqqan odam ovqatga ehtiyoj sezadi. Demak, shu ehtiyoj individholati tufayli yuzaga keladi deydilar ular. Boshqa guruh olimlar esa ehtiyojni individning atrof-muhitdagi anrsa va hodisalarga munosabati deb tushuntiradilar. Bozor iqtisodiyoti inson ehtiyojlarini to’laroq qondirish, uning qobiliyati, ijtimoiy faolligini yanada kuchaytirish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Bular quyidagilardir: - mehnatni tashkil etish usuli va shakllarining o’zgarganligi; - mehnatga yangicha munosabatni rag’batlantirishga yordam beruvchi omillar; - o’z qobiliyati, qiziqishlariga mos bo’lgan faoliyat turlarini tanlash imkoniyatining yaratilganligi; - shaxs tadbirkorligi va ishbilarmonligining qo’llab-quvvatlanishi; - turli mulk shakllarining vujudga kelganligi; - shaxs erki va huquqlarining kengayganligi; - davlat va jamoat ishlarida qatnashish imkoniyatlarining yaratilganligi; - demokratik qadriyatlar rivoji; - ma’naviy meros va madaniyat yutuqlaridani erkin foydalanish imkoniyatining yaratilganligi kabilardir. Ular shaxsning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishda uning komil inson sifatida rivojlanishida muhim ahamiyatga egadir. Mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan barcha islohotlar inson manfaatlari, uning ezgu maqsadlari ro’yobga chiqishini ta’minlashga ,uning barkamol sifatlar kasb etishiga qaratilgandir. Shaxs islohot natijalaridan bahramand bo’luvchigina emas, balki qonun-qoida va me’yorlarni paymol etib, ko’proq g’arazli maqsadlarini amalga oshirishga va turli ixtiloflarni keltirib chiqarishga harakat qiladi. Shunday niyatlar yo’lida hatto jinoiy guruhlarga birlashadilar, jamiyat taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan davlat dasturlarini amalga oshirishga to’sqinlik qiladilar. Shuningdek, ular milliy totuvlik,tinchlik va barqarorlikka raxna soladi, ma’naviy-axloqiy muhitni buzadi, kishilarning ijtimoiy adolatga bo’lgan ishonchini susaytiradi, barkamol insonni voyaga yetkazishga qarshilik ko’rsatadi. O’zbekistonda o’tkazilayotgan islohotlar inson manfaatlarini ko’zlab amalga oshirilayotganligi xususida Prezidentimiz I.A.Karimov shunday deb ta’kidlaydi: «Davlat qurulishi va uning taraqqiyoti, jamiyatning demokratik yangilanishi, iqtisodiyotimizni rivojlantirish va erkinlashtirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bilan bog’liq bo’lgan, qisqacha aytganda, oldimizda turgan barcha muammo va vazifalarni yechishda «Islohot islohot uchun emas, avvalo nson uchun, inson manfaatlarini ta’minlash uchun» degan teran ma’noni aslo unutmasligimiz kerak». Haqiqatdan ham mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning markazida inson manfaatlari yotadi. Odat tusiga kirib qolgan bir an’ana, ya’ni har qaysi yilga nom berishda, avvalo, inson va uning manfaatlarini ta’minlashni, mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalik, mehr-oqibat, insonparvarlik muhitini mustahkamlashni, ko’pchilikni o’ylantirayotgan dolzarb muammolarni halqilishni va amalga oshirishni jamiyatimiz uchun ustuvor vazifa qilib belgilab olinganligi ham diqqatga sazovordir. Shaxs erkinligi demokratik qadriyatlar tizimida alohida o’rin tutadi. Erkinlik–insonning intellektual-ma’naviy kamolotga erishuvining zarur sharti, anglanganligidir. Erkinlik tufayligina inson yaratuvchilik qobiliyatini namoyon etadi, shaxsiy ma’suliyat va insoniy burchini to’la his etadi. Shaxs erkinligi avvalo, axloqiy, so’z, vijdon, matbuot erkinligida ro’yobga chiqadi. Demokratik jamiyat shaxs erkinligini ta’minlashning huquqiy asoslarini yaratish bilan cheklanib qolmay, ilm-fan, san’at, din, huquq va h.k. larni rivojlantirishga alohida e’tibor beradi. Buni tushunib olish bugungi kunda inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash o’ta dolzarb masala bo’lib kelayotganligini hayotni o’zi taqozo etmoqda. «Erkinlik» tushunchasi har qanday shaxsga nisbatan emas, balki o’z xatti-harakati, xulq – atvori va faoliyati uchun javobgarlikni his etadigan, ma’naviy jihatdan barkamol insonga nisbatan qo’llaniladi: Jamiyatning ma’naviy salohiyati yusalib borgani sari, kishilar erkinlikka o’z boshimchalik, nimani xoxlasa shuni qilish deb emas, balki ma’naviy – intellektual rivojlanish imkoniyati deb qaraydilar. Bozor munosabatlari sharoitida kishilarning xulq-atvori va faoliyatini boshqarishda huquqiy normalar muhim rol o’ynay boshlaydi. Bozor munosabatlariga o’tish sharoitida inson qobiliyatlari to’laroq namoyon bo’ladi. Ijtimoiy tabaqalanish jarayonida kishilarning boy va qshshoq guruhlarga ajralishi tabiiy qonuniy jarayondir. O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning eng muhim xususiyati – aholining muayyan qismining ijtimoiy himoyalanishida, ko’p bolali oilalar, nafaqaxo’rlar, talabalar va nogironlarning davlat tomonidan himoyalanishida, ijtimoiy adolatning qaror topishida yaqqol namoyon bo’layapti. Kishilarning boqimandalik kayfiyati, tafakkur turg’unligidan ozod bo’lishlari, o’zgargan yangi iqtisodiy sharoitga moslashishlari, o’z bilimi va mahoratini oshirishlari uchun g’amxo’rlik qilish iqtisodiy islohotlarning insonparvarlik yo’nalishiga ega ekanligidan dalolat beradi. Iqtisodiy islohotlar va bozor munosabatlariga o’tish sharoitida aholini kuchli ijtimoiy himoyalash tamoyili Prezident Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan o’zbek modelining muhim jihatlaridan biridir. Inson mohiyatini falsafiy bilish ulkan tarbiyaviy ahamiyatga ham ega. Inson falsafasi har bir yangi tarixiy davrda inson mohiyati, uning jamiyatda tutgan o’rni va ahamiyatini chuqurroq anglashga yordam beradi. Insonga xos xususiyat va fazilatlarni bilish orqali talaba o’zida shunday sifatlarni shakllantirishga intiladi. Bunday fazilatlar falsafa va boshqa ijtimoiy fanlarni o’rganish va umuman, ta’lim-tarbiya jarayonida shakllanadi. Zamonaviy bilim va yuksak insoniy fazilatlarni egallash orqali O’zbekistonda ozod obod jamiyat qurish vazifalari uyg’unligini ta’minlashga erishish butun ta’lim-tarbiya ishimizning bosh mezoni va uning oldida turgan muhim vazifadir. Download 26.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling