Insoniy munosabatlar etikasi psixalogiyasi Reja


Oiladagi yaqinlar bilan bo‘ladigan muloqotning mazmuni


Download 45.91 Kb.
bet2/2
Sana09.11.2023
Hajmi45.91 Kb.
#1759277
1   2
Bog'liq
Insoniy munosabatlar etikasi psixalogiyasi

Oiladagi yaqinlar bilan bo‘ladigan muloqotning mazmuni

Oilada bo‘ladigan muloqotning sofligi, mazmundorligi, oiladagi bolalarning xulq-atvoriga, ma’naviy kamolotiga ta’sirini kuchaytirish ko‘p holda ota-ona o‘rtasidagi va ularning bolalar bilan bo‘ladigan o‘zaro muloqotiga bog‘liqdir. Oiladagi o‘zaro muloqot – bu hayotiy ehtiyoj, bolani ijtimoiy va madaniy hayotga tayyorlashning asosidir. Ota-onaning oiladagi moddiy, tashkiliy, tarbiyaviy va o‘zaro shaxsiy masalalar yuzasidan bir-biri bilan bo‘ladigan munosabatlari sof, samimiy erning xotinga, xotinning erga o‘zaro hurmati asosiga qurilsagina, bunday oilada musaffo ma’naviy muhit vujudga keladi.


Ota-onaning bir-biriga «adajonisi» yoki «oyijonisi» deb murojaat etishlari, «rahmat», «marhamat», biron joyga borilayotganida «yaxshi borib keling» yoki «bexatar borib keling», «yaxshi keldingizmi?» kabi so‘zlarni ishlatishlari shu oilaning barcha a’zolari o‘rtasidagi muomalani to‘g‘ri yo‘lga qo‘yadi, farzandlarning ota-onaga nisbatan hurmatini, mehr-muhabbatini oshiradi, ota-ona ular uchun ideal bo‘lib qolishlariga yordamlashadi.


Xulosa
Bu keltirilgan qisqa tahlildan ko’rinadiki, shaxslararo munosabatlar, oila maskanida ota-ona va farzandlar orasidagi o’zaro munosabatlar qanchalik o’rganilgan va tadqiq etilgan mavzu bo’lishiga qaramay, uning juda ko’p jihatlari, jumladan, oila muhitida farzand va ota-ona orasidagi muomala, o’zaro munosabatlarda amaliy va hissiy tomonlarning ta‟siri, shu jihatlarga ko’ra oiladagi bolaning rivojlanish xususiyatlari, oiladagi farzandning ota-ona munosabatlariga ko’ra o’z oilaviy hayotiga nisbatan munosabati o’rganilmagan. Shuning uchun biz ushbu monografiyamizda ota-onalarning o’z farzandlariga nisbatan his etadigan va amaliy jihatdan namoyon etadigan munosabatlarini, shuningdek, farzandlarning ota-onalariga nisbatan kechiradigan hislarining psixologik xususiyatlarini namoyon bo’lishini ko’rsatib berishga urinib ko’rdik. Ota-ona va farzandlar orasidagi munosabatlar masalasi hamisha dolzarb bo„lib kelganligi tufayli, ular orasida yuzaga kelishi mumkin bo„lgan kelishmovchiliklarni kuzatib tegishli tavsiyalarni ishlab chiqishga harakat qildik. Demak, juda ko„p olimlarning ishlarini ko„rib chiqish orqali, oila maskani va u bilan bog„liq muammolarni ilmiy tadqiq etilganligini, oila masalari har bir millat uchun nihoyatda muhim masala ekanligidan dalolat berishini kuzatdik.

Foydalanilgan adabiyotlar:


1. Abidov B.K. Maktabgacha ta’lim (xorijiy mamlakatlar tajribasi) // Zamonaviy ta’lim, 2017, -№ 11.
2. Abu-l-Qosim Mahmud az-Zamaxshariy. Nozik iboralar /sharhlar muallifi va tarjimon U. Uvatov/. Nashrga tayyorlovchi Asad Dilmurod. – T.: Kamalak, 1992. - 3. Akramova Sh., Salomov N. Yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish omillari. – T.: Ma’naviyat, 2015. – 30 b.
4. Anvar Hojiahmad. Jannat kaliti. –T.: Movarounnahr, 1998.-B. 208
5. Buyuk allomalarimiz // Tahrir hay’ati: H.S. Karomatov, Z. Husnitdinov, A. Mansurov va boshq.; mas’ul muharrir: Z. Islomov. – T.: Toshkent islom universiteti, 2002. – B. 57
6. Zunnunov A. Pedagogika nazariyasi. –Toshkent: “Aloqachi”, 2006. – 164b. 18. Jo‘rayev N. Ma’naviyat – inson qalbining sarchashmasi. – T.: Ma’naviyat, 2015. –
7. Yo‘ldoshev J., Hasanov S. “Avesto”da axloqiy-ta’limiy qarashlar. –T.: 8. Maxmudova M. Xalq pedagogikasi mazmuni asosida talabayoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash tizimi. Dis. … ped. fan. d-ri. – T., 2007.



Download 45.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling