Insoniy munosabatlar lisoniy tahlil obekti sifatida


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana04.02.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1163787
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-сон 2021 йил Хакимов Х. 88

Хорижий филология №2, 2021 йил 
 
93 
ertagi kunga Sultonxon ayam chaqirib keldi.” 
[2, 56 b.] 
Fazilat va onasi o‗rtasidagi suhbatda 
qizning go‗zal xulqi odob-ahloqi namoyon 
bo‗ladi. Buni biz uning ―... sizdan so‗roqsiz 
chaqirishga botinolmadim‖ degan so‗zlarida 
aniq, ravshan ko‗rishimiz mumkin. U boy 
xonadonning 
yolg‗iz 
qizi 
bo‗lishiga 
qaramasdan o‗z onasidan beruxsat ish 
qilmasligi qizning go‗zal axloq sohibi ekanini 
ko‗rsatadi.
Darhaqiqat, inson uchun odob, xulq 
va yaxshi tarbiya har qancha boylikdan ham 
ustundir. 
Zero, 
boylik 
bilan 
topib 
bo‗lmaydigan narsalar xushxulqlik, chiroyli 
muomala bilan topilishi mumkin. Chiroyli 
odob va xulq atvor insonning ba‘zi ayb va 
kamchiliklarini yopishi mumkin.
Go‗zal xulq bu insonning ichki 
dunyosinigia go‗zallashtirib qolmay, balki 
uning fe‘l atvorida ham namoyon bo‗ladigan 
fazilatdir. Zebining go‗zal xulqi va shirali 
ovozi uni dugonalari o‗rtasida hurmatga 
sazovor etadi. Asarda Zebining go‗zal 
axloqidan namunalarni ko‗plab uchratish 
mumkin. Jumladan uning notanish kishi bilan 
suhbatida yoki sud zalidagi holatida ham ana 
shunday odob namunalarini ko‗rish mumkin:
“- Kimsiz? Nima deysiz? – deb 
so„radi. 
U yoqdan sodda va biroz dag„al, lekin 
quvnoq bir erkak ovozi keldi: 
- Ha, Razzoq so„fining ojizalarimisiz? 
Qalaysizlar, omon-eson bormisizlar? 
- Xudoga shukr – deb qo„ydi Zebi. 
- Men otangizni aytgali kelib edim... 
- Uxlab yotgan bo„lsa kerak. Uyg„otib 
beraymi? Zarurmi? 

Eshon 
bobom 
yo„qlatdilar. 
Uyg„otmasangiz bo„lmaydi. “Tez, oldinga 
solib kel!” dedilar... 
- Xo„p bo„lmasa uyg„otib berayin.” [2, 
113 b.] 
Ushbu holatda Zebining ro‗molini 
pana qilib eshik oldiga kelishi va notanish 
odam bilan eshikni ochmasdan uning qilgan 
suhbati, o‗zbek ayollariga xos ibo-hayo va 
go‗zal :odobini namoyon etadi. Uning ketma-
ket bergan qisqa so‗roqlari o‗zbek qizlariga 
xos soddalikni ifodalaydi: 
“Sud 
raisi, 
nihoyat, 
tilmochga 
yuzlandi: 
- Aytingiz aybdor yuzini ochsin. 
Tilmoch 
bu 
buyruqni 
Zebiga 
tushuntirib berdi. 

Voy, 
o„laqolay! 
Shuncha 
nomahramning oldida yuzimni ochamanmi? 
Undan ko„ra o„lganim yaxshi emasmi?”[2, 
304 b.] 
Ushbu parchada Zebining xarakteri va 
ruhiyati nihoyatda tabiiy va jonli ochib 
berilgan. U shu qadar sodda va beg‗uborki, 
hattoki sud qamoq degan tushunchalar haqida 
tasavvurga ham ega emas. Bu sodda 
musulmon ayol sudda qora kursida o‗tirganda 
ham hukm, jazo qanday bo‗lishini emas, balki 
butunlay boshqa narsani – musulmonlik, 
sha‘riat qoidalariga shak keltirmaslikni 
o‗ylaydi. Parchada qo‗llangan ―nomahram‖ 
so‗zi diniy ma‘noni ifodalovchi so‗z bo‗lib, 
yaqin qarindoshlik aloqasi bo‗lmaganligi 
sababli bir-birini ko‗rish yoki bir-biriga 
ko‗rinish man etilgan, lekin nikohlanishi 
mumkin bo‗lgan erkak va ayol (bir-biriga 
nisbatan) zid mahram ma‘nosini anglatadi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, 
asar tili boy, jozibador. Muallif tili ham, 
qahramonlar tili ham ixcham va obrazli. 
Romanning syujeti go‗zal va serjilo bo‗lish 
bilan birgalikda qiziqarli va ta‘sirlidir. Uning 
qamrovi juda ham keng. Biz faqat ―Kecha va 
Kunduz‖ romani qahramonlari orasidagi 
ijtimoiy-shaxsiy 
munosabatari 
tasviridan 
foydalangan holda, XX asr boshlaridagi 
o‗zbek xonadonlarini, undagi er-xotin, 
dugonalar, 
qo‗shnilar 
va 
qarindoshlar 
munosabatlarini va o‗zbek xalqiga xos ayrim 
jihatlarni va hozirgi kunga kelib yo‗qolib 
borayotgan ba‘zi an‘analarni qisqacha talqin 
qilishga urindik. 

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling