Insoniy munosabatlar maktabi (1930-1950)
Insoniy munosabatlar maktabi
Download 30.96 Kb.
|
1 2
Bog'liqBAXROM ON
Insoniy munosabatlar maktabining asoschilaridan yana biri Meri Parker Follet va Elton Meyolardir. Uning fikricha, yaxshi ish natijasi va mehnatga yaxshi haq to’lash mehnat unumdorligin oshiradi. Bu xulosalarga asoslangan holda psixolog tadqiqotchilar har bir rahbar o’zining qo’l ostidagi ishchilariga g’amxo’rlik qilsa, ishchilar ham ishlab chiqarish jarayonidan shuncha qoniqish olishlarini ko’rsatadilar. Ular insoniy munosabatlar (boshqaruv usulini) ya’ni ularga doimiy ravishda maslaxatlar berib, ish sharoitlarini yaxshilashlarini va shu asosda mehnat samaradorligini oshirish mumkinligini isbotladilar.
2. Boshqarish funktsiyalarining turkumlanishi Boshqaruv funktsiyalarining mohiyati, tasnifi va mazmunini o’rganish boshqaruvning butun jarayonini tartibga solib turish uchun zarurdir, chunki yuqorida ta’kidlaganimizdek, boshqaruv mazmuni jarayon sifatida uning funktsiyalarida namoyon bo’ladi. Boshqaruvning umumiy funktsiyalariga: rejalashtirish, tashkil qilish, tartibga solish va muvofiqlashtirsh, nazorat, rag’batlantirshi (motivlashtirish) va marketing kiradi. Rejalashtirish. Uning umumiylik xususiyati shundaki, bunda har bir boshqaruv xodimi o’zining shaxsiy ishini rejalashtiradi, o’z ish joyidagi faoliyati ko’rsatkichlarini ishlab chiqadi, rejalarni qanday bajarayotganini nazorat qilishni uyushtiradi. Tashkil qilish. Bu funktsiya boshqaruv ob’ekti doirasida barcha boshqariluvchi va boshqaruvchi jarayonlarning uyushqoqligini ta’minlaydi. Shu nuqtai-nazardan tashkil qilish ichki va tashqi shartsharoitlarning o’zgarib turishiga qarab, amaldagi tizim tarkibini takomillashtirish yoki yangisini tuzish demakdir. Muvofiqlashtirish va tartibga 3 solish Rejalashtirish boshqarishning strategiyasi hisoblansa, muvofiqlashtirish boshqarishning taktik masalalarini hal qiladi. Nazorat. Bu funktsiyaning maqsadi “tutib olish”, “aybini ochish”, “ilintirish” emas, balki boshqaruv ob’ektida sodir bo’layotgan jarayonlarni hisobga olish, tekshirish, tahlil qilish va ma’lum tartibda shu ob’ekt faoliyatini o’z vaqtida sozlab turishdir. Nazorat o’rnatilgan me’yoriy hujjatlardan, rejalardan og’ishlarni, ularning joyi, vaqti, sababi va xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi. Rag’batlantirish (motivlashtirish). Bu kishilar harakatiga maqsad va yo’nalish beradi. Ayniqsa, ishlovchilarni faollashtirish, ularni ko’zlangan maqsadlarga erishish uchun samarali mehnat qilishga undash va jalb qilish maqsadlariga ega. Marketing. Bu funktsiyalar firmani boshqa aniq funktsiyalari, ya’ni ishlab chiqarish, kadrlar, moddiy texnika ta’minoti, moliyaviy, buxgalteriya hisobi funktsiyalari bilan birga amalga oshiriladi. Marketing tarkibiga bozorni o’rganish, iste’molchi buyurtmasiga ko’ra mahsulotlar assortimentini rejalashtirish, bozorni egallash, reklama, tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga yetkazib berish bilan bog’liq tadbirkorlik faoliyati kiradi. 3 . Menejment usullari kishilarni jamiyatning obyektiv ijtimoiyiqtisodiy rivojlanish qonunlari talablarini bajarishga undavdi. Ular aniq bir usul, uslub, maqsadga erishish yo‘lini ifodalaydi. Demak, menejment uslubi - bu ishchi va xodimlarga, umuman, menejment obyektiga qo'yilgan maqsadga erishish jarayonida ularning faoliyatini muvofiqiashtirishdir. Menejmentning maxsus izlanish usullari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: 1. Tizim usuli menejment muammolarini yechishda ishlatiladi va tizimning butunligiga asoslanadi. Taraqqiy etgan davlatlarda mazkur usulning tizimli majmuali, tizimli tarkibli, tizimli funksional, tizimli kommunikatsion va boshqa ko'rinishlari mavjud. 2. Izfanishning majmuali usuli voqealarni va ularning bir-biri bilan bo'lgan aloqalarini faqat ushbu fan usuli bilan emas, balki boshqa xil hodisalarni o'rganuvchi fanlar bilan tadqiq etadi. 3. Izlanishning tarkibiy usuli - bu murakkab hodisalarni bo'laklarga ajratishdan iborat. 4. Vaziyatli yondashish - bu menejment faoliyatining maqbul usullarini ichki va tashqi sharoitga qarab belgilash. 5. Integratsion yondashish - bu izlanish usuli boshqa usuilar ko‘rsatkichlarini hisobga olish asosida boshqarishni tadqiq etish hisobianadi. 6. Modellashtirish boshqariluvchi obyektni turli sxema, grafik va chizmalar, xomaki materiallar tayyorlash yordamida boshqarish usuli. 7. M atem atik yondashuv - optimal qaror qabul qilish maqsadida matematik uslublar va kompyuterlar keng miqyosda qoilanadi. 8. Kuzatish usuli - bu menejment obyekti to‘g‘risidagi m a’lumotni rejali, ilmiy, uyushtirilgan asosda to ‘plash usuli. 9. Eksperim ent usuli - m enejm ent asosida boshqariluvchi obyektga nisbatan namunaviy, tajribadan o'tgan usuilarni qo‘llash. Undan tashqari, menejmentning eng asosiy bilish uslubi dialektik uslub bolib, u menejmentga o ‘rganilayotgan ijtimoiy hodisalarning mohiyatini ochishda yordam beradi. M enejment usullarini ta ’sir etishning o‘ziga xos xususiyatlariga ko'ra: m a’muriy-tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy-psixologik va huquqiy shakllarga ajratish mumkin. Menejment mahorati uning barcha uslublarini egallash, ularni to'g'ri baholab qo'llash, har bir aniq vaziyatda eng samaralisini topish qobiliyatiga ega bo'lishdan iboratdir. 4. Funksiya» - bu lotincha so’z bo’lib, biror kimsa yoki narsaning ish, faoliyat doirasi, vazifasi degan ma’nolarni bildiradi. Funksiya faqat o’z faoliyat doirasidagi vazifalarni o’z ichiga oladi. «Vazifa» esa o’z faoliyat doirasidan tashqarida ham bo’lishi mumkin, ya’ni vazifa - bu amalga oshirilishi, hal qilinishi lozim bo’lgan masala, erishilishi lozim bo’lgan, ko’zda tutilgan maqsad. Boshqarish funksiyasi deganda, u yoki bu ob’yektni boshqarishga oid aniq vazifalarni hal etishga qaratilgan bir turdagi ishlar majmui tushuniladi. Demak, boshqaruv muayan funksiyalar orqali amalga oshiriladi. Boshqaruv funksiyalarining mazmuni u yoki bu faoliyatni tashkil qilishdan kelib chiqadi. Boshqaruv funksiyalarining mazmuni u yoki bu faoliyatni tashkil qilishdan kelib chiqadi. Masalan, ishlab chiqarish jarayonini boshlash va uni uzluksiz davom ettirish uchun: ishlab chiqarish vositalari, texnika;xom ashyo; energiya;transport kabi moddiy ta’minot vositalari zarur.Shundan keyin boshqa bir qator tashkiliy funksiyalar kelib chiqadi. Funksiyalar faoliyat turlarini, sub’yektning boshqarish ob’yektiga aniq ta’sir qilish yo’nalishlarini aks ettiradi.Boshqaruv funksiyalari - ko’p qirrali tushunchadir. Shu sababli ularni muhim belgilarbo’yicha turkumlarga ajratib o’rganish zaruriyati tug’iladi.Boshqarish funksiyalari: Qo’llanish va foydalanish miqyosiga qarab:- umumiy (asosiy) funksiyalar; - aniq funksiyalar. Boshqarish faoliyati turlariga qarab: iqtisodiy funksiyalar sotsial funksiyalar; ma’naviy-ma’rifiy funksiyalar tashkiliy funksiyal
Mehnat taqsimoti belgisiga qarab: - rahbarning funksiyalari; - ijrochining funksiyalari. Boshqaruv funksiyalarining mohiyati, tasnifi va mazmunini o’rganish boshqaruvning butun jarayonini tartibga solib turish uchun zarurdir, chunki yuqorida ta’kidlaganimizdek, boshqaruv mazmuni jarayon sifatida uning funksiyalarida namoyon bo’ladi. G’arb menejmentining bugungi zamonaviy nazariyasi boshqarish funksiyalarini tasniflashda, eng avvalo uning quyidagi asosiy (umumiy) funksiyalariga ustuvorlik beradi: rejalashtirish; tashkil qilish; tartibga solish; nazorat;rag’batlantirish (motivlashtirish). Download 30.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling