Insoniyat tarixidagi qadimgi yozuvlar
O‘rta Osiyodagi qadimgi yozuvlar
Download 41.49 Kb.
|
Ochilova Dilshoda
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pahlaviy yozuvining ikki turi mavjud: 1 Pahlaviy yozuvi, 2. Arshakiy yozuvi.
3. O‘rta Osiyodagi qadimgi yozuvlar. O‘rta Osiyoning bizga ma'lum bo‘lgan eng qadimgi xalqlarini shaklar (saklar) va massagetlar tashkil etadi. Bu xalqlarning ham o‘z yozuvlari mavjud bo‘lgan. O‘rta Osiyo xalqlari bilan G‘arbiy Osiyodagi davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalarning kuchayishi natijasida O‘rta Osiyoga G‘arbiy Osiyodan oromiy yozuvi kirib kelgan. Bungacha O‘rta Osiyoda fors mixxatidan foydalanishar edi. Oromiy yozuvi mixxatga qaraganda ancha sodda bo‘lib, taxminan yigirmata harfdan iborat bo‘lgan. Eramizdan avvalgi III-II asrlarda Xorazm, Baqtriya, Parfiya va So‘g‘d davlatlarida shu oromiy yozuvida kitoblar yozilgan. Shuningdek davlat ahamiyatiga molik diplomatik hujjatlar ham shu yozuvda rasmiylashtirilar edi. Bu davlatlarda qisman grek yozuvi ham iste'molda bo‘lgan. Oromiy yozuvida xat o‘ngdan chapga qarab yozilgan. Bu yozuvda unli tovushlarni ifodalash uchun harflar bo‘lmagan. Oromiy yozuvi zaminida fors yozuvi shakllangan.
Umuman, eramizdan avvalgi IV asrdan eramizning IV asrigacha bo‘lgan davrda O‘rta Osiyoda, shu jumladan O‘zbekiston hududida ham quldorlik tuzumi mavjud bo‘lgan. Bu hududda o‘sha davrda bir necha mustaqil davlatlar mavjud bo‘lib, ularning har biri o‘z yozuviga ega edi. Bu yozuvlar quyidagilardan iborat: 1. Pahlaviy yozuvi. Bu yozuv oromiy yozuvidan kelib chiqqan eng qadimgi yozuvdir. Pahlaviy yozuvining ikki turi mavjud: 1 Pahlaviy yozuvi, 2. Arshakiy yozuvi. Pahlaviy yozuvidan keyinchalik so‘g‘d yozuvi, eramizning III asrida esa, qadimgi xorazm yozuvi shakllangan. Eramizning VI asrida yana shu yozuv asosida O‘rxun-yenisey yozuvi paydo bo‘lgan. 2. So‘g‘d yozuvi. Zarafshon daryosi vohasi va hozirgi Qashqadaryo viloyati hududida So‘g‘d davlati (grekcha nomi-Sogdiana) mavjud bo‘lgan. Bu davlat qisman hozirgi Tojikistonning ayrim tumanlarini ham o‘z ichiga olgan. Bu davlatda so‘g‘d yozuvi deb ataladigan yozuvdan foydalanishgan. Bu yozuv oromiy yozuvining pahlaviy variantidan shakllangan. So‘g‘d yozuvi keyinchalik vujudga kelgan uyg‘ur yozuvi, mo‘g‘o‘l yozuvi va manchjur yozuvlari uchun asosiy element bo‘lib xizmat qilgan. Bu yozuvning dastlabki bosqichida harflar alohida-alohida yozilgan. Vaqt o‘tishi bilan ularni bir-biriga ulab yozish rasm bo‘lgan. Sug‘d yozuvi – mil. 1–9 asrlarda mavjud bo‘lgan, oromiy yozuvi asosida shakllangan harftovush yozuvi; u bir manba – oromiy yozuvidan tarqalganligiga ko‘ra suryoniy yozuviga yaqin turadi, lekin ular parallel holda mustaqil shakllanib, rivojlanganlar. Zarafshon daryosining vodiy va yuqori oqim qismlarida joylashgan Sug‘d (Sug‘diyona) viloyatida qo‘llangan. So‘g‘dning O‘zbekiston qismidagi hududida so‘g‘d yozuvi namunalari ilk bora XX asrning 30- yillarida Tolli-borzu (Samarqand atrofidagi ilk o‘rta asrlarga oid shaharcha) va V.A. Shishkin tomonidan Varaxsha (V–VIII asrlardagi Buxoro vohasidagi mulklik markazi)da kashf etilgan. 1965 yilda esa Samarqandning tarkibiy qismi – Afrosiyobdagi ixshidlar saroyi binosi devo-rining birida tik yo‘nalishda yozilgan 16 qatordan iborat so‘g‘d yozuvi aniqlangan. Bu xat namunasi davriy jihatdan VII asrning ikkinchi yarmiga oid bo‘lib, mazmunan, tilshunos olimlar V.A. Livshits va A.L. Xromovlarning fikricha, davrimizgacha yetib kelmagan Samarqand yilnomasi bilan bog‘liq bo‘lgan. So‘g‘d yozuvini, ayniqsa, aslzoda va hukmdorlar nomini o‘rganishda so‘g‘d tangalari va o‘lka ustalari tomonidan qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlardan yasalgan gemma (tosh qorachiq)lar xam muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. 3. Baqtriya yozuvi. Bu yozuv Baqtriya davlati hududlarida amalda qo‘llanilgan. U oromiy-pahlaviy yozuvi variantlaridan biri bo‘lib, Baqtriyadagi mahalliy so‘zlashuv tiliga moslab, isloh qilingan yozuvdan iboratdir. Birinchidan, podsho Kanishka o‘z nomidan zarb etilgan tangalardagi yunoncha laqablar baqtriya yozuvi bilan al mashtirilgan; tangalardagi grekcha laqab (titulatura) o‘rniga Baqtriya «Shaonano shao Kaneshki kushano», ya'ni «Shohlar shohi Kanishka kushon» laqabi paydo bo‘lgan; Kanishkaning bu islohoti hukmdorning mahalliy, ya'ni Markaziy Osiyoga xos an'analarga sodiqligiga yana bir ishora bo‘lib, Kushon davri madaniyati, shu jumladan, uning davriga kelib to‘liq shakllangan tanga-pul muomalasining yanada taraqqiyotiga ijobiy ta'sir ko‘rsatgan. Ikkinchidan, juda ulkan hududni o‘z tasarrufiga olgan Kushon podsholigida dinlar barqarorligini ta'minlashga erishgan. Bu jarayon podsho Kanishka tomonidan buddaviylikka homiylik qilish, uni davlat dini deb e'lon qilish bilan bir qatorda, Kushon davlati tasarrufidagi hududda mahalliy dinlar, shu jumladan, zardo‘shtiylik va Yunon dunyosiga xos ma'bud va ma'budalarga topinishni ta'minlanganligida kuzatiladi. Kanishkaning bu siyosati o‘z davlatida mavjud bo‘lgan dinlarga nisbatan bag‘rikenglik, ya'ni tolerantlikni yana bir bor namoyon etadi. Uchinchidan, butun davlat aholisi manfaatlaridan kelib chiqib, baxtar tilini umumdavlat tili deb tan olinishiga erishgan. Bu eng katta va tom ma'noda tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan voqyeadir. Zero, umumdavlat tiliga erishish mustaqillik yo‘lini tanlagan har bir davlatning asosiy vazifalaridan biridir. To‘rtinchidan, podsho Kanishka tomonidan amalga oshirilgan islohotlarning mantiqiy yakuni sifatida podsho ismlari davlat, ya'ni baqtriya tiliga moslashtirib o‘zgartirilgan. Bu milliylik – mustaqil davlatning buyuk yutuqlaridan biridir. Podsho Kanishka islohotlarining bir ko‘rinishi uning tomonidan ota-bobolari sharafiga Bag‘londagi Surxko‘htal sulolaviy ibodatxonasi va uning zinapoyalari poylaridan biriga bitilgan «Katta Surxko‘xtal yozuvi» deb nomlangan mahobatli yozuvda o‘z aksini topgan. Eng qadimgi baqtriya yozuvlari qayd etilgan yodgorliklardagi inshoot va madaniy qatlamlar va ularning sanalari: Mirzaqultepa. Miloddan avvalgi I – milodiy I asrlar; Fayoztepa. Milodiy I asr; Kampirtepa.Milodiy II asrning birinchi yarmi; Qoratepa. Milodiy II–IV asrlar; Ayritom. Milodiy II–III asrlar; Zartepa. Milodiy III–IV asrlar; Dalvarzintepa. Kushon davri; Xotinrabot. Kushon davri; 9) Xayitobodtepa. Milodiy IV–V asrlar. Surxon vohasi (qadimda Shimoliy-g‘arbiy Baqtriya)ning Kushon davriga oid yodgorliklarida kashf etilgan yozuvlar «Katta Surxko‘xtal yozuvi» singari alohida ilmiy ahamiyatga molik. Download 41.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling