Insoniyatning global muammolari referat
Download 26.14 Kb.
|
Insoniyatning global muammolari
Insoniyatning global muammolari Reja:
2.Rivojlangan mamlakatlarni qoloqlikdan chiqarish muammosi. 3.Ekologik muammo. 4.Demografik muammo. 5.Energetik muammo. 6.Xomashyo muammosi. 7.Oziq-ovqat muammosi va boshqalar. Insoniyat XXI asrga qadam qo’yar ekan, uning oldida juda murakkab muammolar vujudga keldi, ularning asosiy qismi ta’sir doirasining miqyosi va ahamiyatiga ko’ra global muammolar nomini oldi. Qanday muammolarni global muammo deb hisoblash mumkin? Mazkur savolga mutaxassislar tomonidan ellikka yaqin muammolar ro’yxatga kiritilgan, biroq shundan o’nga yaqini bilan ko’pchilik yaxshi tanish. Butun insoniyatni qamrab olgan insoniyatning bugungi kuni va kelajagiga xavf soluvchi, yechimini topishga barcha davlatlar va xalqlarning birgalikda harakatini talab qiluvchi muammolar global muammolar deb ataladi. Global muammolar – aholi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va atrof-muhit o’rtasidagi o’zaro munosabatlar natijasidir. Global muammolar jamiki insoniyatga, barcha mamlakatlar, xalqlarga ta’sir ko’rsatadi; ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda katta talafotlar, inqirozlar keltirib chiqaradi, jahon sivilizatsiyasining mavjudligiga ham xavf soladi; yechimini toppishda umumplanetar miqyosdagi hamkorlikni, barcha mamlakatlar va xalqlarning birgalikda harakat qilishini talab etuvchi muammolardir. Ular quyidagilardan iborat: tinchlik va qurolsizlanish muammosi; rivojlanmagan mamlakatlarni qoloqlikdan chiqarish muammosi; ekologik muammo; demografik muammo; energetik muammo; xomashyo muammosi; oziqovqat muammosi; dunyo okeanidan foydalanish muammosi; koinotdan tinch maqsadlarda foydalanish muammosi. Urush va tinchlik muammosi XX asr ikkinchi yarmi – XXI asr boshida insoniyatning eng muhim muammosi bo’lib kelmoqda. O’tgan asrda bo’lib o’tgan jahon urushlari tufayli 100 mln.dan ortiq aholi hayotdan ko’z yumdi, 1980-90yillarda dunyo siyosiy kartasida bo’lib o’tgan o’zgarishlar ham insonlar kelajagiga katta ta’sir ko’rsatdi. Ba’zi davlatlarning yaqin va uzoq masofaga uchiriladigan raketalarga, yadro quroliga ega bo’lishi, ―sovuq urush‖ bilan bog’liq xavf-xatar o’rnini so’nggi davrlarda o’z o’rnini ekstremizm, urushlar, terrorizm, diniy-milliy mojarolar egalladi. Sust rivojlanayotgan mamlakatlarni qoloqlikdan chiqarish global muammolarning eng muhimidir. Mazkur muammoning dolzarbligi dunyo siyosiy kartasida qoloq mamlakatlar soni va salmog’ining kattaligi hamda mavqeyining ortganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda qoloq aholining 3/4 qismi Afrikada, qolgani Osiyoda joylashgan o’ndan ziyod mamlakatda qashshoq holda yashamoqda. Iqtisodiy qoloqlik mazkur mamlakatlarda siyosiy beqarorlik hamda ijtimoiy tengsizlik, irqiy va diniy ziddiyatlarni keltirib chiqarmoqda. Download 26.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling