Insoniyatning global muammolari Reja: Global muammolarning vujudga kelishi
Download 4.92 Kb.
|
Insoniyatning global muammolari (5)
Insoniyatning global muammolariReja:1. Global muammolarning vujudga kelishi2. Asosiy global muammolar3. Energetika muammosiSanoat va fan-texnika inqilobi davrida insoniyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi tubdan o‘zgarib ketdi.Bu o‘zgarishlar natijasida bir qator dolzarb ahamiyatli, ta’sir doirasi jahon hamjamiyatini qamrab olgan, bashariyatning kelajakdagi ijtimoiy taraqqiyotini belgilab berayotgan muammolar vujudga keldi. Global muammolarning vujudga kelishi va keskinlashuvi sabablari jahon aholisi sonining qisqa vaqt ichida bir necha barobar o‘sganligi, sanoat va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal sur’atlar bilan rivojlanishiInsoniyatning global muammolari chambarchas ravishda o‘zaro bog‘liq, bir muammo boshqalarining keskinlashuviga olib kelmoqda. Shunday ekan, muayyan muammoni boshqa muammolarga e’tibor qaratmasdan yechish imkoniyati mavjud emas.Rivojlanayotgan mamlakatlardagi demografik va oziq-ovqat muammolari orasida ma’lum aloqadorlik mavjud, chunki aholining yuqori sur’atlar bilan ko‘payishi oziq-ovqat mahsulotlarining yetishmovchiligi va ocharchilikni keskinlashtiradi.Energetika va ekologik muammolar ham bevosita bir-biriga aloqador hisoblanadi, chunonchi yangi energiya manbalarini izlash va ishlab chiqarishga joriy etish atrof-muhit sifatiga ham ma’lum darajada ta’sir etadi.Global muammolardan tinchlikni saqlash va qurolsizlanish muammosi eng universal ahamiyatga ega, chunki bu muammo hal etilmasa, Yer yuzida hayot va sivilizatsiyaning kelajagi o‘ta achinarli ahvolga kelishi muqarrar.Insoniyat tarixida, ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, jami 14 mingdan ortiq urushlar ro‘y bergan va, ming afsuski, harbiy mojaro va ziddiyatlar sayyoramizning turli hududlarida hanuzgacha yuz bermoqda.Hozirgi vaqtda AQSH, Rossiya Federatsiyasi, Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy, Hindiston va Pokiston jahon hamjamiyatining rasman tan olingan yadroviy qurolga ega davlatlari hisoblanadi.Shuningdek, sust rivojlangan mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy qoloqligi va qashshoqligi ham muhim muammolardan hisoblanadi.Hozirgi kunda oziq-ovqat muammosi ham ko‘plab rivojlanayotgan mamlakatlar uchun dolzarb hisoblanadi. Bu muammoning mohiyati dunyoda jami 1,2 milliardga yaqin odamlar yetarli darajada ozuqa moddalarni iste’mol qila olmayotganligi, u yoki bu darajada ocharchilikka duch kelganidan iborat.Energetika muammosi ham dolzarb global muammolaridan biri bo‘lib, uning mohiyati jahon energetika balansining aksariyat qismi tugaydigan energiya manbalariga to‘g‘ri kelishi bilan tavsiflanadi.Ya’ni, mineral yoqilg‘i resurslari (neft, tabiiy gaz, ko‘mir, slanes, torf) zaxiralarining kamayishi yoki ularni qazib olish tannarxining ancha ko‘tarilishi, aholi va ishlab chiqarishning energiyaga bo‘lgan ehtiyojlari orasidagi tafovut bilan bog‘liq muammoni yuzaga keltiradi.Bu muammoning yechimi, ko‘pchilik mutaxassislar fikricha, asosan ikkita yo‘nalishdagi harakatlar bilan bog‘liq: energiyani tejaydigan texnologiyalarning amaliyotga keng joriy etilishi bilan.Download 4.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling