Insonning tabiatga ijobiy va salbiy ta’siri
Download 14.06 Kb.
|
аааа
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekologik muammolar.
Insonning tabiatga ijobiy va salbiy ta’siri. Odam barcha tirik organizmlar singari tashqi muhitdan kislorod va ozuqani qabul qiladi. Odamlar dastlab o’simlik mevasi va urug‘lari, ildizmevalari bilan oziqlangan, xom go‘sht iste’mol qilgan. Keyinchalik baliq ovlash, yovvoyi hayvonlarni tutishni osonlashtirish uchun turli qurollar yasay boshlagan. Qadimgi odamlar iqlimning sovib borishi natijasida isinish va ovqat tayyorlash uchun olovdan foydalanishgan. Dehqonchilik va chorvachilikning rivojlanishi odamning doimiy yashash joyiga ega bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Odam yashash sharoitini yaxshilash maqsadida tabiatga doimo ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatib kelgan. Ijobiy ta’sirga odam tomo nidan o‘simlikning yangi navlarini yaratilishi, hayvonlarning yangi (go‘shtdor, sersut va hokazo) zotlarini olinishi, oziq-ovqat mahsulotlarining ko‘paytirilishi misol bo‘ladi (76-rasm). Salbiy ta’sirga yovvoyi hayvonlarni ko‘plab ovlash natijasida ularning qirilib ketishi, o‘rmondagi daraxtlarning keragidan ortiq kesilishi, atmosfera havosining chiqindilar bilan ifloslanishi, cho‘llarning o‘zlashtirilishi natijasida daryo va dengizlarning qurib qolishi kiradi Ekologik muammolar. Odamning tabiatga salbiy ta’siri ortgani sari turli ekologik muammolar kelib chiqadi. Masalan, odam tomonidan cho‘llarning o‘zlashtirilishi, tuproqning sho‘rini yuvish va cho‘l zonalarida o‘stiriladigan o‘simlik, masalan, g‘o‘zani sug‘orish natijasida Orol dengizi quriy boshladi. Transport vositalarining ko‘payishi, yonilg‘ idan ko‘p miqdorda foydalanish atmosferadagi karbonat angidrid miqdorini oshirib, havo haroratining ko‘tarilishiga, bu esa o‘z navbatida muzliklarning erib, ayrim joylarda suv toshqini bo‘lishiga olib keladi. Hozirda, muzlatkich va konditsionerlardan ajraladigan modda atmosferaning himoya qobig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan. Azon qatlamida tuynuklarning paydo bo‘lishi atmosferadagi ayrim zararli nurlarining yergacha yetib kelishiga sabab bo‘lmoqda. Shuningdek, quyoshning zararli nurlari o‘simlik va hayvonlarga halokatli ta’sir ko‘rsatmoqda va odamlarda terining xavfli o‘sma kasalligini kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda. O‘rmonlarning keragidan ortiq kesilishi, dengiz va daryo suvlariga noto‘g‘ri munosabat, yovvoyi tabiatni odam tomonidan uzluksiz o‘zlashtirilishi, yovvoyi o‘simlik va hayvon turlarining qirilishi – bularning hammasi tabiatdagi ekologik muvozanatning buzilishiga va ekologik muammolarning ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda. Odamning tashqi muhitga salbiy ta’sirini kamaytirishda bizga biologiyadan olgan bilimlarimiz yordam beradi. Download 14.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling