Institut talabalari uchun hemis platformasidan foydalanish bо‘yicha yо‘riqnoma
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Талабалар учун қўлланма — ТАСДИҚЛАНГАН
1 2 INSTITUT TALABALARI UCHUN HEMIS PLATFORMASIDAN FOYDALANISH BО‘YICHA YО‘RIQNOMA Talabalar HEMIS tizimiga kirishda internet brauzeridan http://student.ttesi.uz/ manzili orqali kiradi. Bunda dekanat (yoki tyutor) tomonidan talabaga berilgan ID raqam va parol orqali kiriladi (1-rasm). 1-rasm. Tizimga kirish Talaba tizimga kirgach quyidagilarni kо‘rishi mumkin bо‘ladi (2-rasm): 1. О‘quv jarayoni. Bunda: о‘quv reja, dars jadvali, nazorat jadvali, fanlar resurslari, davomat, о‘zlashtirish, imtihonlar, reyting daftarchasi haqida ma’lumotlar olishi mumkin. 2. Talaba ma’lumoti. Bunda: buyruqlar, shartnomalar, ma’lumotlar, talaba hujjati, bitiruv ishi haqida ma’lumotlar olishi mumkin. 3. Xabarlar. Bunda: mening xabarlarim, xabar yaratish ma’lumotlari mavjud. 4. Tizim. Bunda: profil, kirish tarixi ma’lumotlari mavjud. 2-rasm. Talaba profili О‘quv reja bо‘limida semestr davomida о‘qitiladigan fanlarni kо‘rish mumkin (3-rasm). 3 3-rasm. О‘quv reja bо‘limi Dars jadvali bо‘limida semestr davomidagi dars jadvalini kо‘rish mumkin. Nazorat jadvali bо‘limida joriy, oraliq va yakuniy nazorat sanalarini kо‘rish mumkin. Fan resurslari bо‘limida fanlar bо‘yicha resurslar, topshiriqlar va testlarni kо‘rish mumkin. Bu bо‘limda fan resurslardan foydalanish, topshiriqlarni bajarish va testlarni topshirish mumkin (4- rasm). 4-rasm. Fan resurslari bо‘limi Fan resurslaridan foydalanishda kerakli ma’lumotlarni yuklab olish mumkin (5-rasm). 4 5-rasm. Resurs yuklab olish Davomat bо‘limida talabalar fanlardan qoldirilgan darslarni kо‘rishi mumkin. О‘zlashtirish bо‘limida talabalar fanlardan joriy, oraliq va yakuniy nazoratlardan olgan baholarini kо‘rishi mumkin. Imtihonlar bо‘limida semestr davomida о‘tilgan fanlar bо‘yicha imtihonlar sanalarini kо‘rish mumkin bо‘ladi (6-rasm). Bunda fanlardan imtihonlar belgilangan muddatlarida о‘tkaziladi. Muddat о‘tib ketsa imtihon nofaol bо‘lib turadi. 6-rasm. Imtihonlar bо‘limi Reyting daftarchasi bо‘limida semestr davomidagi fanlardan olingan baholar tо‘g‘risida ma’lumot olish mumkin (7-rasm). 5 7-rasm. Reyting daftarchasi bо‘limi Talaba xabarlar bо‘limida fan о‘qituvchilariga mavzular yuzasidan xabarlar yuborishi mumkin (8- rasm). 8-rasm. Xabarlar bо‘limi Talabalar tizim bо‘limida о‘zlariga tegishli bо‘lgan profil ma’lumotlarini о‘zgartirishi mumkin (9- rasm). Hamda bu bо‘limda tizimga kirish tarixi saqlanib qoladi. 6 9-rasm. Tizim bо‘limi Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling