Balans daromadlari va xarajatlari ko’rsatkichlari
Jamiyat 2022 yilgi daromadlari:
-O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 2 noyabrdagi 424-sonli qarori asosida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat xaridi uchun qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtirish va qishloq xo’jaligini texnika bilan jixozlashni maqsadli moliyalashtirish jamg’armasi qarz asosida beradigan mablag’lar hisobiga 7-10 yil muddatga, Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizidan yuqori bo’lmagan miqdoridagi lizing marjasini belgilagan holda lizinga yetkazib berilgan texnikalardan daromad;
-Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 30 oktyabrdagi 486-sonli qarori asosida o’z mablag’lari va jalb etilgan (qarz; kredit) mablag’lar hisobidan yillik 26-28 % lizing marjasini belgilagan holda lizinga yetkazib berilgan texnikalardan daromad;
-Jamiyat ta’sischiligidagi ma’suliyati cheklangan jamiyatlaridan olingan dividendlar;
-sug’urta mukofotlari va boshqa daromadlardan shakllanadi.
Jamiyatning 2023 yildagi rejasi bo’yicha jami daromad 280 881,6 mln.so’m, jami xarajatlari 271 681,6 mln.so’mni tashkil etishi kutilmoqda.
2023 yilda rejadagi sof foyda 8 500 mln.so’m bo’lishi rejalashtirilmoqda (4-jadval).
(4-jadval)
Do'stlaringiz bilan baham: |