Institute haqida iformatsion tekst Assalomu aleykum


Download 14.59 Kb.
Sana21.10.2020
Hajmi14.59 Kb.
#135303
Bog'liq
Information about us


Institute haqida iformatsion tekst

Assalomu aleykum.

ACCA-bu Xalqaro buxgalterlar Assotsatsiyasi bo`lib, muassasamiz ACCA dan akkredatsiyadan o`tgan. Bundan tashqari Britaniyaning Oksford Books universteti bilan shaartnoma mavjud bo`lib, ta’lim jarayoni to`liq jahon standardlari asosida olib boriladi.

International institute of Finance and Accounting - mutaxassislikka ixtisoslashtirilgan markaz hisoblanadi. Ushbu markazni bitirgan talaba Xalqaro sertifikat va Oksford Brooks diplomini olishi mumkin. Mutaxassisligi bo`yicha xalqaro buxgalter va moliyachi bo`lib yetishadi. ACCA darjalarini olish uchun yo`llanma, bilim va ko`nikmalar beriladi, shuningdek, darslar amaliy tarzda ishlash tizimi bilan birgalikda olib boriladi.

O`quv dastur o`z ichiga 1 yil foundation va 3 yil bakalavr bosqichlarini qamrab oladi. Darslar ACCA programmasi bo`yicha F1 dan F9 gacha fanlar o`tiladi. F daraja nima degani? – Bu iqtisodiyot va matematikaga aloqador fanlar jamlanmasi bo`lib, talaba har bir bosqichda bitta fan o`qiydi. Har bir fan 2.5 yoki 3 oy davomida o`rgatiladi va fan tugagach institutning ichki imtihonidan o`tadi. Agar institut ichki imtihonidan o`tsa, keying bosqichda ACCA xalqaro rasmiy imtihoniga topshirishga yo`llanma beriladi. Agar imtihondan o`tsa talaba topshirgan darajasi bo`yicha sertifikatga ega bo`ladi. Fanlarni o`zlashtirish va daraja sertifikati bosqichma bosqich amalga oshirilidi. (F1, F2, F3). F3 darajali sertifikatga ega bo`lishi bilanoq, talaba O`zbekistonning holagan joyida buxgalter va moliyachi sifatida ishlash imkoniyatiga ega bo`ladi. (O`zbekistonda ACCA sertifikatiga ega bo`lgan mutaxasis uchun minimum oylik miqdori 400$ tashkil etadi) Shu jumladan, F 9 darajagacha seritifikatga ega bo`lsa dunyoning istalgan chet davlatida (ACCA darjasi tan olinadigan 129 ta davlatda) buxgalteriya va moliya sohasi bo`yicha ishlay olishi mumkin.

Institutda talaba xalqaro buxgalteriya xisobi va chet el sistemasi bo`yicha iqtisod sohasidagi ishlarni yuritishni o`rganadi. Shu bilan birgalikda

F1 dan F3 gacha bo`lgan darajali imtihon xarajati institut tomonidan qoplanadi. Keying darajalar esa talaba o`zi tomonidan to`lanadi. ACCA rasmiy imtihonida oldin ichki imtihonda o`ta olmasa ACCA topshirish uchun yo`llanma berilmaydi. Agar imtihondan o`ta olmasa (“yiqilsa”) 2.5 yoki 3 oy davomida bilim uchun sarflagan vaqti orqaga suriladi, ya’ni talaba o`sha (fail bo`lgan) darajani qayta o`qiydi.

Oksford Brooks diplomi haqida. Bu dunyoning yetakchi institutlaridan bo`lib muassasamiz ushbu institute bilan hamkorlikda ishlaydi. Talaba kurs oxirida (bakalavr 3 kurs) oxirida iqtisod sohasida ingliz tilidan diplom himoya qilishlari kerak. Diplom ishi yozish uchun talaba professor mutaxassis o`qituvchiga biriktiriladi va yozilgan diplom tasdiqlanish uchun Britaniyaga jo`natiladi. Agar Britaniya tomonidan tasdiqlansa, talaba O`zbekistondan turib barcha mas’ul Professor o`qituvchilar (chet ellik o`qituvchilar tomonidan zoom platformasi orqali kuzatilishi mumkin)nazoratida diplom himoya qiladi. Agar diplom himosaidan o`ta olsa Oksford Brooks diploma beriladi. Agar talaba diplom himosidan o`ta olmasa, unga 2 marta qayta topshirishga imkoniyat beriladi. Agar undan ham o`ta olmasa talabaga diplom berilmaydi, institut o`ta olmagan talaba uchun diplom berish uchun mas’uliyatini olmaydi.

O`qituvchilarimiz haqida. Muassasning 60% o`qituvchilari chet ellik ACCA ning P3 (magistr darajasi)ga ega bo`lgan, professor, yuqori malakali o`qituvchilar va 40% ini O`zbekistonning yetakchi mutaxassislari ya’ni iqtisod sohasida magistr diplomiga ega bo`lgan va ACCA bo`yicha P3 darajaga ega bo`lgan o`tkir salohiyatli o`qituvchilar tashkil etadi.

Foundation 1 yil davom etadi- bu jarayonda talabaga ingliz tili IELTS sistemasida, Buxgalteriya hisobi, Iqtisod sohalari va tarmoqlari, ACCA haqida boshlang`ich tushuncha va moliya tizimining boshlang`ich bilimlari o`rgatiladi. Darslar to`liq ingliz tilida olib boriladi.

Talaba foundationni tugatgach to`liq bakalavrga avtomatik tarzda o`tkaziladi. Bakalavr bosqichida talabaga ACCA darjalari bo`yicha darslar bosqichma bosqich o`rgatib boriladi.

O`qish narxlari 2000$ foundation (1 yil), 2000$ bakalavr uchun(3 yil, har yil hisobida). To`lovlarni ikkiga bo`lib to`lash imkoniyati mavjud.



Malumot o`rnida!!! 2021-yil yanvar oyidan boshlab O`zbekistonb “raqamli iqtisodiyot”ga o`tiladi. Bunda buxgalteriya moliya sohasi bo`yicha eski tizim iste’moldan chiqib, yangi-jahon standardlariga javob beruvchi Sistema (butunjahon rivojlangan mamlakatlari foydalanayotgan tizim) asosida ishlashga o`tiladi. Bizning muassasamiz aynan shu sistemani sizga o`rgatadi. Biz kelajak mutaxassislarini kashf qilamiz. Eski buxgalteriya va moliya tizimida ishlovchi mutaxassislar uchun ham professional tarzda o`rgatuvchi kurslarimiz ham mavjud.
Download 14.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling