Instituti tabiiyot va geografiya fakulteti kimyo kafedrasi nomozov shuhratjon yuldashali o
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
yog-moy korxonalari chiqindilari va ularni qayta ishlash masalalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.3.3.O’ralgan yopqich materiallar.
1.3.2. Pastalar. Pastalar juda ham yuqori konsentratsiyalangan emulsiyalardir. Ularni ham qattiq emulgatorlardan foydalanib olinadi. Pastalarni suv bilan kerakli qovushqoqlikkacha suyiltirish mumkin. Emulsiya va pastalar o’rovchi, gidroizolyatsiyalovchi joylarni materiallardan oldin tekislashda foydalaniladi.
O’ralgan yopqich materiallar yopuvchi karton qog’oz, asbest qog’oz, shisha mato, metall folga asosida hamda asossiz ishlab chiqariladi. Asosiy materiallar bitum yoki bitum aralashmalarini astar bo’lgan materiallarga shimdirish orqali tayyorlanadi. Astarsiz yopqich materiallarni ma’lum qalinlikda valiklar orqali prokatlanadi. Prokat materiallari sifatida bitum yoki uning aralashmalarining organik erituvchida hosil qilingan har xil to’ldiruvchilar bilan to’ldirilgan va qo’shimcha antiseptik yoki plastefikatorlar qo’shilgan massa qo’shiladi. Birinchi martda bitum asosida o’ralgan yopuvchi materiallar ishlab chiqarish 1906 – yilda Angliyada ―Ruberoid Building Products Ltd‖ zavodida ishlab chiqarilgan. Shu zavod nomidan bitum shimdirilgan qora qog’oz ruberoid deb ataladi.
8
Ruberoid yopuvchi karton qog’ozni oson eruvchan neft bitumi bilan shimdiriladi, so’ngra bir yoki ikki tomonini qiyin eruvchan neft bitumi bilan yopiladi. Ruberoidni sifatini oshirish maqsadida uni ustiga yotqizilgan maxsulotlar tarkibiga har xil to’ldiruvchilar va qo’shimchalar qo’shiladi. Bundan tashqari bu tarkibga polimer antiseptiklar ham qo’shiladi. Ruberoidni oldi tomonini mayda donador, katta donador yoki tangachasimon yoyiluvchan materiallar sepiladi. Orqa tomoni esa mayda donali yoki changsimon sochiluvchan moddalar sepiladi. Shu tariqa tayyorlangan ruberoidlarning bir qavati ikkinchi qavatiga yopishib qolmaydi. Yopishish uchun ishlatiladigan karton chirish xususiyatiga ega bo’lganligi sababli unga antiseptiklar qo’shiladi. Hozirgi vaqtda RKK – 500V, RKK – 400A, RKK – 400B, RKM – 400B, RPM – 300A va boshqa markadagi ruberoid ishlab chiqariladi. Pergamin yopishish uchun ishlatiladigan kartonni yumshash temperaturasi
o C gacha bo’lgan neft bitumlari bilan shimdirish yo’li bilan tayyorlanadi. Suv va bug’lardan izolyatsiyalash uchun ishlatiladi hamda ruberoidning tag qatlami sifatida ishlatiladi. Tom yopuvchi to’r yopishtirish uchun ishlatiladigan kartonni toshko’mir yoki slanes qoldiqlaridan hosil bo’lgan yog’larni shimdirib olinadi. Shimdirilgan qog’ozning ikkala tomoniga quritilgan shilqum yoki mineral kukunlar sepib chiqiladi. To’rqog’oz ko’p qatlamli yopuvchi materiallar ustidan qoplanish uchun hamda suv va bug’dan izolyatsiyalash uchun ishlatilinadi. Gidroizol bu suvdan himoyalovchi o’rama material bo’lib, asbest qog’ozlarni neftni oksidlangan bitumlarini shimdirish orqali tayyorlanadi. Gidroizollar yer ostida ishlovchi qurilmalar va imoratlarni himoyalash uchun ishlatiladi. Shisha ruberoid bitumli bog’lovchi materiallarni shisha tolali materiallarga ikki tomonlama surtish orqali tayyorlanadi. Ular ham yopuvchi gilam ostiga yoki ustiga qoplanib himoyalovchi vazifani bajaradi. Shisha ruberoidlar S-RK, S-RCH, S-RM markada ishlab chiqariladi. Metalloizol 0,05-0,2 mm qalinlikdagi alyumin polgalarni ikkala tomonidan bitum yoki bitumni har xil markalari aralashmasini qoplash orqali olinadi. Uni 9
ikkala tomonidan qoplash uchun rezina bilan modefitsirlangan bitumli bog’lovchi 5 % gacha asbest tolali to’ldiruvchi bilan aralashtirilgan bitum massalari ishlatiladi. Metalloizol uzilishga chidamli va uzoq muddat ishlaydi. Gidrotexnik inshoatlarni va yer ostida ishlaydigan uskunalarni nam va har xil kislota, ishqorli suvlardan himoyalash uchun ishlatiladi. Folgoizol metalloizolning bir turi bo’lib, ikki qavatli o’ralgan material. Har bir qavati g’adir-budir qilingan yoki silliqlangan folga. Bir tomonidan mukammallashtirilgan rezinali bitum bog’lovchi bilan surtilgan. Atmosferaga bardosh beruvchi lak yoki bo’yoq bilan bo’yalgan bo’lishi mumkin. Turar va jamoat binolarining tekis qilib qo’yilgan tomonlarini gidroizolyatsiya qilish uchun, tomlarga o’rnatilgan shifer choklarini berkitish uchun va tomyopqich gilam sifatida ishlatiladi. Izol astarsiz o’ralgan material bo’lib, u ham gidroizolyatsiya maqsadida foydalaniladi. U GOST – 10296-9 bo’yicha mineral to’ldiruvchilar, plastifikatorlar, antiseptiklar qo’shilib rezina bitum aralashgan bog’lovchi moddalardan tayyorlanadi. Izol ishlab chiqarishda to’ldiruvchi sifatida maydalangan mineral moddalar masalan, talk, ohak, g’ovaklashtirilgan tuproq va boshqalar ishlatilinadi. Izol ishlab chiqarishda rezina bitumli bog’lovchilar ishlatilgan rezinani maydalab devulkanillantiriladi va ko’p miqdordagi bitum bilan aralashtirilinadi. Bu aralashma 180- o C haroratida isitilib, so’ng to’ldiruvchilar solinadi. Hosil bo’lgan rezina bitumli massani kolondir valiklarida plassifikatsiyalashtirib polotno shaklida chiqarilib g’altaklarga o’raladi. Izolning eng asosiy xususiyatlari ularning cho’ziluvchanligi bo’lib 6 % gacha cho’zilishi mumkin. Bu xususiyat - 5 o C gacha saqlanadi. Izl chirimaydi. Izol qiyrixon va tekis tomlarni yopish uchun va par hosil qiluvchi uskunalarni izolyatsiyalash uchun ishlatiladi. Brizol. Bu ham astarsiz o’rama material bo’lib, valsofka usulida prokatlanib hosil qilingan massani kolandirlash yo’li bilan olinadi. Brizol avtomobil shinalarini va rezinalarni maydalab ularga plastifikator va to’ldiruvchilar qo’shilib bitum bilan aralashtirib tayyorlanadi. Boshqa gidroizolyatsiyalovchi materiallarga qaraganda,
toza bitumdan olingan brizol chirishga juda mustahkam, suvga chidamli, suv o’tkazmaydigan, havo ta’siriga chidamli, sovuqbardosh va elastikdir. Brizol va izol astarga ega emas. U vazifani bitum rezina bog’lovchilar ichiga qo’shiladigan asbest tolalari bajaradi. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling