Instituti tabiiyot va geografiya fakulteti kimyo kafedrasi nomozov shuhratjon yuldashali o


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/25
Sana05.01.2022
Hajmi0.52 Mb.
#217924
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
Bog'liq
yog-moy korxonalari chiqindilari va ularni qayta ishlash masalalari

 

1.3.4. Asfaltbetonlar va qorishmalar. 

Asfaltbeton  olish  uchun  rezina  bog’lovchilarni  mineral  kukunlar  bilan 

aralashtirib, unga to’ldiruvchilar qum, maydalangan tosh yoki mayda tosh qo’shilib 

beton  aralashma  hosil  qilinadi  va  qotiriladi.    Agar  to’ldiruvchi  sifatida  faqat  qum 

ishlatilsa  ya’ni  katta  o’lchamdagi  to’ldiruvchilar  ishlatilmasa,  bunday  yo’l  bilan 

hosil qilingan  maxsulot asfalt  deyiladi. Asfalt qorishma tayyorlash uchun  9-11 % 

og’irligi bo’yisha bitum qo’shiladi. Asfaltbetonlarda bitumning sarfi odatda  4-9 % 

ni  tashkil  etadi.  Asfaltbetonlar  yo’llar,  piyodalar  yo’lakchalarini  qurilishida, 

aeroport  yo’llari  qoplamalarida,  gidrotexnik  inshoatlarni  qiyrixon  joylarini 

gidroizolyatsiyalashda 

va 

mustahkamlashda 



sanoat 

ishlab 


chiqarish 

korxonalarining  sex  va  omborxona  pollarini  qoplashda    va  boshqa  maqsadlar 

uchun  ishlatilinadi.  Asfaltli  qotishmalar  ham  yuqoridagi  keltirilgan  maqsadlar 

uchun ishlatiladi. Faqat uni tayyorlash uchun qovushqoqlikka ega bo’lgan bitumlar 

ishlatilinadi va uning tarkibi aniq bo’lishiga katta e’tibor berildi. Bu materiallardan 

faqat  issiq  holatda  joylarni  qoplashda  ishlatilinadi.  Ba’zi  bir  holatlarda  yo’l 

qoplamalarining  uski  qavatlarini  qoplash  yoki  tamirlashda  bitum  erituvchilar 

(ligroin  va  boshqalar)  dan  foydalanib  tayyorlangan  sovuq  tarkibli  asfaltbetondan 

foydalaniladi.  Yomg’irli  ob-xavoda  ishlashi  uchun  sovuq  asfalt  betonlar  bitum 

emulsiyalari asosida tayyorlaniladi. 

So’nggi  paytlarda  yo’llarni  asfalt  betonlar  bilan  qoplash  uchun 

ishlatilinadigan  asfalt  betonli  bog’lovchilar  tarkibiga  har  xil  boshqa  bog’lovchi 

moddalar  qo’shish  orqali  ularning  fizik-mexanik  xarakteristikalarini  yaxshilashga 

erishildi.  Shulardan  bittasi  organik  bog’lovchi  materiallar  sifatida  ishlatilinadigan 

og’ir neft qoldiqlari va suyuq bitumlarni tuzilishini yaxshilaydigan qo’shimchalar 

sifatida  gossipol  smolasini  oxak  aralashmasi  qo’shilmoqda.  Tuzilishini 




 

   


yaxshilovchi  qo’shimchalarning  qo’shilish  miqdoriga  qarab  kompleks  organik 

bog’lovchilarni  turli  xil  qovshqoqlikdagi  maxsulotlarini  olish  mumkin. 

Masalan,mineral  materiallarni  yuzasi  bilan  yaxshi  ilashadigan  quyidagi  markalari 

mavjud:  KOV-70/130,  KOV-70/200.  Kompleks  organik  bog’lovchilarni  sovuq 

holda  asfaltbeton    qorishmalari  tayyorlash  uchun  ishlatilinadi.  Hosil  qilinadigan 

aralashmalar bilan IV-V darajali va V darajali iqlimli hududlarni yo’llarini qoplash 

uchun mo’jallangan.  

Ishlatilinadigan  materiallar  ma’lum  talablar  asosida  olinadi.  Kompleks 

organik  bog’lovchilarni  tayyorlash  uchun  TU  39-01-07-526-79  talabiga  javob 

beruvchi og’ir neft yoki suyuq bitumlar GOST   955-82 andoza talablariga javob 

beradigan  shartli  qovushqoqligi  5  mm  li  teshigi  bo’lgan  6  

o

C  da  o’lchangan 



standart  viskozimetrda  o’lchanilgandagi  qovushqoqligi   5-7   orasida  bo’lgan  va 

suv  miqdori  1-2  %  dan  oshmasligi  kerak.  Agar  suvning  miqdori  2  %  dan  katta 

bo’ladigan bo’lsa, bog’lovchi moddalarni tayyorlashdan oldin u suvsizlantiriladi. 

Gossipol  smolasi  (paxta  gudroni)  OST  18-114-73  talablariga  javob  berib, 

KOH dagi kislota soni 80 mg dan kam bo’lmasligi kerak.  

So’ndirilmagan ohak (changsimon) GOST – 9179-77 talablariga javob berib, 

I,II  navlilari  ishlatilinadi.  Sovuq  holda  ishlatilinadigan  asfaltbeton  qorishmalar 

uchun ishlatilinadigan maydalangan tosh, qum va mineral kukunlar GOST 10260-

82, GOST  8267-82, GOST  8736-77  va  GOST  16557-78  talablariga  javob  berishi 

kerak. 


 


Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling