Institutlari
Qizilo’ngachning qon bilan ta’minlanishi
Download 3.88 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qizilo’ngach faoliyati.
- Umumiy simptomatologiyasi
- Qizilo’ngachdan qusish
- Qizilo’ngachni rentgenologik tekshirish usullari.
- Ezofagotonokimografik tekshirish.
- Farmakodiagnostika.
- Radioizotop tekshirish.
- Me’da-qizilo’ngach reflyuksini zondlash yo’li bilan aniklash
Qizilo’ngachning qon bilan ta’minlanishi. Qizilo’ngach arterial qon bilan o’mrov osti arteriyasi tarmoqlarining yuqori qismida, yuqori qovurg’alararo va qalqonsimon bez arteriyasidan, ko’krak qismida pastki diafragmal va chap me’da arteriyalari tarmoqlaridan ta’minlanadi. Qizilo’ngach arteriyalari o’zaro keng anastomoz hosil qiladi. Bu hol shu a’zoda operatsiya o’tkazishda juda qo’l keladi.
250
Venoz oqim pastki qalqonsimon, perikardial, orqa ko’ks oralig’i va diafragmal venalar orqali amalga oshiriladi. Qon vv. azygos va hemiazygosga quyiladi. Qizilo’ngach venalari asosan uzunasiga joylashgan bo’lib, uning pastki uchdan bir qismida shilliq parda osti va mushak pardalarida me’daning kardial qismi shilliq pardasi ostidagi chigalning davomi hisoblangan murakkab venoz chigal bo’ladi. Qon venoz chigaldan qizilo’ngach venalari bo’ylab, vv. azygos va hemiazygos ga va yuqori kovak venaga yo’naladi, bu venalarning klapanlari bo’lmaydi. Qizilo’ngachning qorin qismi venalari me’da venalari va qopqa vena bilan bevosita bog’langan. Qizilo’ngach venalari orqali qopqa va kovak venalar sistemasi o’rtasida anastomoz amalga oshirilishini qayd qilib o’tish muhim. Qizilo’ngachning limfatik tomirlari me’daning chuqur limfatik tugunlariga quyiladi. Limfa qizilo’ngachning yuqori qismidan traxeal va traxeobronxial limfatik tugunlarga, pastki qismidan kardiya tugunlariga tushadi. Qizilo’ngach limfatik tugunlarining bir qismi bevosita ko’krak yo’liga ochiladi (D.A. Jdanov, 1952), buning qizilo’ngach rakining keyinchalik metastazlar berishida ahamiyati kattadir. Qizilo’ngachni parasimpatik n. vagi tarmoqlari va simpatik nerv sistemasi (gangl. stellatumning tolalari, arterial va kekirdak-xiqildoq chigali) orqali innervatsiya qiladi. Ikkala sistemaning nerv tolalari qizilo’ngach yuzasida chigallar: o’ng adashgan nerv tarmoqlari bilan chap-orqa qizilo’ngach chigalini, chap adashgan nerv tarmoqlari bilan o’ng oldingi qizilo’ngach chigalini hosil qiladi. Ulardan qizilo’ngach bag’rida intramural nerv chigalini (mushaklararo, auerbax) va shilliq parda osti (Meysner) chigalini hosil qiladigan tolalar chiqadi. Bular qizilo’ngach devorini innervatsiya qiladi. Qizilo’ngachning bo’yin qismi qaytuvchi nervlar, ko’krak qismi o’zaro anastomozlanadigan adashgan nervlar tarmoqlari va simpatik nerv tolalaridan innervatsiya qilinadi. Qizilo’ngachning quyi qorin nervidan (n. splanchicus) tarmoqlar oladi. O’z-o’zini reflektor boshqarish intramural va ekstramural nerv tolalari va chigallari tomonidan amalga oshiriladi.
251
Qizilo’ngach faoliyati. Qizilo’ngachning fiziologik ahamiyati ovqatni halqum bo’shlig’idan me’daga o’tkazish bo’lib, ayrim hollarda esa buning teskarisini bajarishga (qayt qilish, kekirish) to’g’ri keladi. Yutish, qayt qilish va fiziologik regurgitatsiyadan tashqari vaqtlarda unga xalqumdan havo va me’da- ichaklardan suyuqlik tushishining oldini olish uchun qizilo’ngach bo’shlig’i ikkala tomondan chegaralangan bo’lishi kerak. Yuzaki qaraganda qizilo’ngach funktsiyasi juda oddiyga o’xshab ko’rinadi, haqiqatda esa u «juda murakkab va qarama-qarshiliklarga to’la» deb hisoblanadi. Yutishdan tashqari vaqtda sog’lom odam qizilo’ngachida qisqarishlar bo’lmaydi. Uning bo’shlig’idagi bosim kuchsiz manfiy va ko’krak qafasidagi bosimga va nafas fazasiga bog’liq, bo’ladi. Halqum qizilo’ngach va uning me’daga o’tadigan sohasida birmuncha yuqori bosim – yuqori va pastki «oshgan bosim sohalari» qayd qilinadi. Ular sfinkter vazifasini bajaradigan qizilo’ngach bo’limlari mushagining tonik qisqarishi natijasida hosil bo’ladi, deb hisoblaydilar. Qizilo’ngachning asosiy vazifasi yutishni ta’minlab berishdan iborat. Yutish jarayoni odatda 3 fazaga bo’linadi. 1-fazasida chaynalgan va yumshab qolgan ovqat til ustiga suriladi va uning mushaklari tomonidan til asosiga yumalatiladi. Mushaklar qisqarishi natijasida og’izning orqa qismida, halqumda va og’izning yuqori qismida bosim manfiy bo’ladi. Ovqat luqmasi Vasilev refleks sohasini (til asosi, orqa yoychalar, devorlari) ta’sirlantirib, halqum mushaklarini qiskartiradi (yutishning ikkinchi fazasi). Yutishning sof reflektor 2-fazasida ovqat halqumdan o’tadi. Yutishning 3-fazasi boshlanishida halqum bo’shlig’iga burun-halqum, og’iz bo’shlig’iga va hiqildoqdan holi bo’ladi va ovqat luqmasi surilishi uchun faqat bir yo’nalish qizilo’ngach qoladi. Halqumni qisadigan mushaklar qattiq qisqarib ovqat luqmasi qizilo’ngachga yo’naladi. Ovqatning qizilo’ngach bo’ylab surilishi 3 omilga bog’liq: 1. Ovqat qizilo’ngachga katta bosim ostida tushadi. 2. Ovqatning og’irlik kuchi. 252
3. Qizilo’ngach peristaltikasi. Suyuqlik yoki qattiq ovqat yutilishida, shuningdek odam vaziyatiga bog’liq holda ovqat luqmasining surilishida uchchala omil qatnashadi. Suv peristaltik to’lqindan ilgarilab o’tib, qizilo’ngach orqali tez suriladi va yutishdan 1-3 sekund o’tishi bilan me’daga etib boradi. Shuning uchun qizilo’ngach kimyoviy moddalardan kuyganda, masalan, o’yuvchi ishqor yutib yuborilganda, shilliq parda bir xil zararlanmaydi. Qattiqroq ovqat luqmasi yutilayotganda u asosan qizilo’ngach devorlarining peristaltik harakatlari tufayli harakat qiladi. Bunda qizilo’ngachning luqmadan yuqori qismi qisqaradi, pastki qismi esa bo’shashadi. Ovqatning qizilo’ngach orqali o’tishiga 6-8 (15 gacha) sekund kerak. Peristaltik to’lqin beradigan bosim suv ustuni hisobida 20-140 sm (o’rta hisobda suv ustuni hisobida 40-80 sm) va ovqat luqmasining katta-kichikligiga bog’liq emas. Yutish jarayoni murakkab reflektor jarayon hisoblanadi. Yutish avvaliga ixtiyoriy bosh miya po’stlog’i ta’siri ostida sodir bo’ladi. Ovqat tanglay yoychalari orqasiga tushganda (yutishning II va III fazalari) yutish beixtiyor, reflektor bo’lib qoladi, hatto uyqu va hushsiz holatda ham sodir bo’ladi. Yutish refleksining effektiv nervlari bo’lib, til mushaklari uchun n. hypoglosus tarmoqlari, n. trigemenining 3 tarmog’i m. mylohioideus uchun, n. glossopharyngeusning halqum tarmog’i, halqum hamda qizilo’ngach mushaklari uchun n. vagusning halqum va qizilo’ngach tarmoqlari hisoblanadi. Yutish markazi ko’prikda va uzunchoq miyada joylashgan. Birmuncha chegaralangan manzili n. vagus yadrosiga yaqin joyda bo’ladi. Me’da suyuqligining qizilo’ngachga tushishiga to’sqinlik qiladigan fiziologik mexanizmlar (regurgitatsiya va reflyuks) so’nggi vaqtlargacha o’rganib chiqilmagan. Ko’p sonli tajribalar qizilo’ngach-me’da birikadigan sohaning “bir tomonlama o’tkazuvchanligi” borligini ko’rsatdi. Kardiyaning yopqich mexanizmini o’rganishga katta ahamiyat beriladi. Uning fiziologik funktsiyasining buzilishi ko’p kasalliklarda (kardiya axalaziyasi, peptik ezofagit, diafragma-qizilo’ngach teshigi
churrasi) kuzatiladi va qizilo’ngach patologiyasining kattagina qismini tashkil qiladi. 253
Umumiy simptomatologiyasi Yutish faoliyati buzilishi, yoqimsiz sezgilar, ovqat yutish vaqtida paydo bo’ladigan og’riqlar qizilo’ngach zararlanganidan dalolat beradigan eng muhim shikoyatlardan hisoblanadi. Disfagiya (yutishning buzilishi) – yutinish harakatini bajara olmaslik, halqumda va qizilo’ngach bo’ylab ovqat luqmasi harakatining buzilishi, shuningdek bu a’zolarda ovqat tutilib qolishi bilan bog’liq yoqimsiz sezgilar. Disfagiya og’riq bilan o’tishi mumkin – disphagia dolorosa yutishda og’riq odatda zararlangan sathda seziladi, u orqaga, bo’yinturuq venaga ham o’tishi ehtimol. Ko’pchilik bemorlar ovqat luqmasi qaerda tutilib qolayotganini aniq aytib bera oladilar. Biroq bu sezgi qator hollarda odatda xaqiqiy tutilib qoladigan joydan birmuncha yuqorida bosilish, qisilish sezgisi sifatida o’tadi. Yutish boshlanishidan tutilish sezgisi paydo bo’lguncha o’tgan sekundlar bilan hisoblanadigan vaqt qizilo’ngachning xaqiqiy zararlangan joyini aniqlashga yordam beradi. Yutilgandan keyin 1-1,5 sekund o’tgach ovqat luqmasi qizilo’ngachning bo’yin
bo’limida bo’ladi, keyingi 5-6
sekundda qizilo’ngachdan o’tadi va yutish boshlangandan 6-8 sekund keyin me’daga tushadi. Disfagiyada qizilo’ngachning organik zararlanishi (rak, stenozlar va b.) natijasida birinchi navbatda qattiq ovqat (non, olma, go’sht bo’lagi va b.) tutilib qoladi. Ustidan suv ichib yuborish ko’pincha engillik beradi. Funktsional disfagiyada (ezofagospazm oqibatida) suyuqlik, ayniqsa juda issiq yoki sovuq suyuqlik ichilganda aksariyat qiyinchiliklar paydo bo’ladi. Juda quruq ovqat yoki katta bo’laklarni yutish soppa-sog’ odamlarda disfagiya keltirib chiqarishi mumkin. Disfagiya doimiy yoki o’zgarib turadigan bo’ladi. Doimiy disfagiya qizilo’ngach bo’shlig’ini yanada torayishga olib keladigan organik kasalliklarda kuzatiladi. O’zgarib turadigan disfagiya ezofagospazmga bog’liq. 254
Qator hollarda disfagiya sababini aniqlab bo’lmaydi. Disfagiya sabablarini izohlab beradigan quyidagi ma’lumotlarni keltirish diqqatga sazovor. A.A. Shtuss va D.D. Ashurbekov ma’lumotlariga ko’ra rentgenologik tekshirishga yuborilgan, disfagiyasi bo’lgan 534 nafar bemor orasidan 290 nafarida qizilo’ngach raki,
59 nafarida funktsional buzilishlar, 20 nafarida qizilo’ngachning surilishi va ezilishi, 1 nafarida diafragma – qizilo’ngach teshigi churrasi, 34 nafarida esa boshqa kasalliklar topilgan. 120 nafar odamda hech qanday o’zgarishlar aniqlanmagan. To’sh orqasida bosim, to’lib ketish sezgisi ovqat eyish vaqtida paydo bo’ladi va aksariyat kardiya axalaziyasida kuzatiladi. Bosim yoki to’lib ketish sezgisi ovqat eyish boshlangan vaqtda paydo bo’lgan hollarda vrach bu simptomga ayniqsa diqqat-ehtiborini qaratishi zarur. Odatda bu jiddiy kasallik belgisi (qizilo’ngach raki, me’daning skirri, kardiya axalaziyasi va b.) hisoblanadi. Uni ishtaha pasayib ketgandagi tez to’yib qolish belgisi deb o’ylamaslik kerak. Og’riq (dolor). Qizilo’ngach kasalligiga uchragan ko’pgina bemorlar og’riqdan shikoyat qiladilar. Odatda u to’sh orqasida o’rta chiziq bo’ylab zararlanish sohasiga taxminan mos keladigan joyda bo’ladi, biroq u o’ng tomondan orqaga va to’shdan chap tomonga berilishi ham mumkin. Og’riqlar ovqat eyish bilan bog’liq bo’lishi va yutinishning buzilishi bilan o’tishi mumkin (rak, stenoz, diskineziyada). Ko’pincha bunday hollarda atayin qayt qilish bemor ahvolini engillashtiradi. Kardiya raki va axalaziyasi bo’lgan bemorlarda spontan (o’z-o’zidan bo’ladigan) og’riqlar bo’ladi. Ular og’riq krizlari xarakterini olishi mumkin. Odatda «og’riq krizlari» kasallikning birmuncha ilk davrida, aksariyat tunda boshlanadi. Og’riqlar juda qattiq bo’ladi, orqaga, qizilo’ngach bo’ylab yuqoriga, bo’yinga, jag’ga o’tadi, bir necha minutdan bir necha soatgacha davom qiladi. Krizlar oyiga 1-3 marta, kamdan-kam hollarda bundan ko’proq paydo bo’ladi.
paydo bo’lishida me’da mushagi qisqarishi bilan bir qatorda kardial sfinkter 255
tonusining pasayib ketishi asosiy ahamiyatga ega. Ko’p ovqat eyish yoki gaz qo’shilgan ichimliklar ichishdan so’ng soppa-sog’ odamlarda havo bilan kekirish fiziologik hodisa hisoblanadi. Bunday sabablarsiz paydo bo’ladigan va bemorlarni bezovta qiladigan tez-tez va qattiq kekirish ko’p kasalliklarda kuzatiladi. Ovqat qizilo’ngachda yoki divertikulda turib qolganda, rak stenozida, megaezofagusda kekirganda qo’lansa hid keladi. Qizilo’ngachdan qusish (regurgitatio). Qizilo’ngachdan qusish ovqat bilan kekirishga yaqin. Bunday qusishdan oldin ko’ngil aynishi kuzatilmaydi, unda odatda qorin bo’shlig’i va me’da mushagi qisqarmaydi, ovqat kengayib va to’lib ketgan qizilo’ngachdan uning devorlari spastik qisqarishi natijasida og’izga otilib chiqadi. Qizilo’ngachdan qayt qilish: 1) qizilo’ngachda ovqat tutilib va yig’ilib qolishi bilan o’tadigan kasalliklarda – stenoz, qizilo’ngach raki, kardiya axalaziyasida; 2) qizilo’ngach diskineziyasining ayrim turlarida kuzatiladi. Qattiq hiqichoq tutishi qizilo’ngach rakida, kamroq hollarda qizilo’ngach teshigi churralarida kuzatilishi mumkin. Qizilo’ngach kasalliklari (rak, kamroq divertikullar, axalaziya) bo’lgan talaygina bemorlar og’izdagi yoqimsiz ta’m va ishtaha yo’qligidan noliydilar. Qizilo’ngachdan qip-qizil rangli qon oqishi mumkin, bu hodisa qizilo’ngach rakida, venalari varikoz kengayganda kuzatiladi. Ovqatlanishning buzilishi oqibatida holdan toyish qizilo’ngach anchagina torayganda (rak, stenozlar, kardiya axalaziyasi va b.) uchraydi. qizilo’ngach rakida holdan toyib oriqlab ketishga rak intoksikatsiyasi va bemorlarda ishtaha pasayib ketishi sabab bo’ladi.
rentgenoskopiya va rentgenografiya qilishdan, qator hollarda esa qo’shimcha tekshirish usullari: rentgenokimografiya, tomografiya, qizilo’ngachni kontrastlash bilan pnevmomediastinografiya qilishdan iborat. 256
Kontrast aralashma bilan to’ldirilgan qizilo’ngachni bemorni qiya vaziyatlarda tekshirishdan boshlanadi, chunki to’g’ri vaziyatda rentgen nurlari sagittal yo’nalganda qizilo’ngach umurtqa pog’onasi, to’sh suyagi va yurak- tomirlar dastasi soyasi orqasida yashiringan bo’ladi (60, 61-rasmlar).
striktura va u bilan bog’liq katta yara.
257
61-rasm. Qizilo’ngachning kontrast modda
bilan yonlama
proektsiyasidagi diafragma qizilo’ngach teshigining churrasi.
Qizilo’ngach shilliq pardasi pnevmorelefi manzarasini olish uchun bemor bariy aralashmasini kichik-kichik qultumlar bilan to’xtamasdan ichishi kerak. Bariy aralashmasi bilan u ko’p miqdorda havo yutadi va shilliq pardaning qo’shaloq kontrastli manzarasi vujudga keladi. Ezofagoskopiya qizilo’ngach devorini ko’zdan kechirishga imkon beradigan juda qimmatli usul hisoblanadi, u ko’rsatmalar bo’lganda esa gistologik tekshirish uchun to’qima bo’lakchasini olish (biopsiya) va ayrim zarur xirurgik operatsiyalarni bajarishga sharoit hozirlaydi. Zamonaviy ezofagoskop yoki bronxoezofagoskop qizilo’ngach va nafas yo’llarini ko’zdan kechirish uchun chiqariladigan asboblar (bir-biriga o’xshashligidan odatda bronxoezofagoskop nomi ostida birlashgan komplekslar chiqariladi). Metalldan yasalgan ko’rish nayi, yoritgich moslamasi va operatsion asboblar yig’indisi (yot jismlarni olib tashlash va biopsiya uchun har xil omburlar, zondlar, operatsion qovuzloqlar, elektr koagulyatorlar, metall yot jismlarni chiqarish uchun maxsus elektr magnitlar va boshqalar) dan tashkil topgan. So’nggi yillarda egiluvchan ezofagoskop – fibroskoplarning yangi modellari ishlab chiqilmoqda. Fibroskoplar diagnostik ezofagoskopiya o’tkazishni engillashtiradi va qizilo’ngachga egilmaydigan uzun metall naycha kiritish bilan borliq xavf-xatarni ma’lum darajada bartaraf etishga imkon beradi.
– odatda ezofagoskopiya vaqtida qizilo’ngach rakiga gumon qilingan hollarda o’tkaziladi. Qizilo’ngach rakini aniqlashda qizilo’ngach yuvindisi yoki qirmasi va shubhali qismini tsitologik tekshirish katta yordam ko’rsatadi. Bu usul etarli darajada aniq ma’lumotlar beradi. Turli mualliflarning fikricha, tekshirishning ijobiy natijalari qizilo’ngach raki bilan kasallangan bemorlarning 70-95 foizida 258
qayd qilinadi. Tsitologik tekshirish uchun material olish texnikasi oddiy va bemor uchun hech qanday xavf-xatar tug’dirmaydi. Ezofagotonokimografik tekshirish. Qizilo’ngach qisqarishlarini, uning ichki bosimini va devori tonusini yozib olish – ezofagotonokimografiya deyiladi, bunda olinadigan egri chiziqlar esa ezofagotonokimogramma deb ataladi. Ko’pincha ezofagotonokimografiyani uchiga mo’’jazgina ballonchalar mahkamlab qo’yilgan ko’p kanalli zond yordamida o’tkaziladi. Zondni qizilo’ngachga yuboriladi, uning erkin uchini qayd qiladigan apparaturaga ulanadi. Qizilo’ngach funktsional holatining eng muhim ko’rsatkichlaridan biri qizilo’ngach ichidagi «tinchlik bosimi», ya’ni unda aktiv qisqarishlar yo’qligi hisoblanadi. Normada halqumdagi bosim taxminan atmosfera bosimiga teng, halqum bilan qizilo’ngach chegarasida (halqum-qizilo’ngach sfinkteriga mos keladi) turli-tuman ma’lumotlarga ko’pa atmosfera bosimidan simob ustuni hisobida 30-80 mm oshadi (bu qizilo’ngachdagi oshgan bosimning yuqori sohasi nomini olgan), qizilo’ngachning o’zida, ayniqsa, uning ko’krak bo’limida sust manfiy (simob ustuni hisobida 2 dan 10 mm gacha), qizilo’ngach – me’da (kardial) fiziologik sfinkteri sohasida esa u yana oshgan va simob ustuni hisobida 8-35 mm ga etadi – bu oshgan bosimning quyi sohasi deyiladi. Farmakodiagnostika. Qizilo’ngach kasalligi – diagnostikada nisbatan yangi, biroq istiqbolli yo’nalish hisoblanadi. Hozirgi vaqtda qizilo’ngach kasalliklarini aniqlash uchun nitratlar (preparatlar) va xolinomimetiklar bilan sinamalar qo’llaniladi. Nitropreparatlar (nitroglitserin, amilnitrit) qizilo’ngachning funktsional va organik stenozlari, birinchi navbatda kardiya axalaziyasi va kardioezofagial rakni differentsial diagnostika qilish uchun ishlatiladi. Bemorni rentgen ekrani orqasida tekshirish vaqtida qizilo’ngachda bariy aralashmasi tutilib qolishi bilan o’tadigan qizilo’ngach kardial segmentining barqaror torayganligini aniqlangandan keyin bemorga til ostiga 1-2 tabletka 259
nitroglitserin tashlash va ularni shimish yoki doka salfetkada sindirilgan ampuladagi amilnitrit bug’larini bir necha sekund ichida nafasga olish taklif qilinadi. Qizilo’ngach bu preparatlar ta’siri ostida funktsional torayganda toraygan qismlar tonusi pasayadi va qizilo’ngach o’tkazuvchanligi to’liq yoki qisman tiklanadi. Organik stenozda bunday natija kuzatilmaydi.
fosforning jadal yig’ilib borishini birinchi marta Marshak (1940) va Jones (1940) qayd qilganlar. Radioizotop diagnostika usullarining ishlab chiqilishi munosabati bilan bu maqsadlar uchun radioaktiv fosfordan ham foydalanishga urinishlar qilib ko’rilgan. Izotop P
32 xavfli o’smalarning xujayralarida tanlab yig’iladi, o’z kimyoviy xossalari bo’yicha barqaror elementdan farq qilmaydi, toksinli emas, biroq zarrachalari ozroq bo’lsa-da (4-5 mm), kirish qobiliyatiga ega, ko’pincha undan yuzaki joylashgan o’smalarnigina diagnostika qilishda foydalanish mumkin.
1. Metilen ko’ki bilan sinama o’tkazish. Me’daga duodenal zond orqali metilen ko’ki eritmasi yuboriladi (uy haroratidagi 300 ml qaynagan suvga 2% li eritmasidan 3 tomchi). So’ngra zond tortib olinadi va uning distal uchi kardiya yuqorisida turadigan holatda o’rnatiladi va ehtiyot choralar ostida shprits bilan zond orqali qizilo’ngach suyuqligini tortib olinadi. Bunda bo’yalgan suyuqlikning paydo bo’lishi reflyuks borligidan dalolat beradi. 2. Qizilo’ngach suyukligida pHni aniqlash. Flooy va hammualliflari qizilo’ngachdan aspiratsiya qilinadigan suyuqlikda ozod xlorid kislota miqdorini aniqlaganlar. Uning borligi reflyuksni tasdiqlash imkonini beradi. Qizilo’ngachning kuyishi Qizilo’ngach kuyishi (Oesophagitis corrosiva) o’z joniga suiqasd qilish hollarida yuz beradi. F.N. Doronin kuzatuvlarida qizilo’ngachi kuygan 217 nafar bemordan 116 nafari 5 yoshgacha bo’lgan. Qizilo’ngachning o’yuvchi ishqor, kuchli kislota, kamroq fenol, lizol, yod, sulema va boshqa ba’zi bir moddalardan
260
kuyib qolish hollari ko’proq uchraydi. So’nggi vaqtlarda xonadonlarda kaustik soda kam ishlatila boshlangani munosabati bilan bu moddadan tasodifan kuyishlar soni kamayib ketdi, biroq ayrim joylarda u hali ham uchrab turadi. Chunonchi, A.I. Serjanin kuzatuvlariga ko’ra qizilo’ngach kuyishidan davolangan 115 nafar odamdan 85 foizida u kaustik sodani palapartish holda saqlash (vinodan bo’shagan shishalarda, piyola va stakanlarda) oqibatida uni ichib qo’yish sababli kuyish sodir bo’lgan. Ko’pgina mualliflarning ma’lumotlari bo’yicha so’nggi
yillarda qizilo’ngachning sirka kislotadan (essentsiya) kuyib qolish soni birmuncha ko’paydi. Kuchli kislota ichib qo’yilganda eng ko’p o’zgarishlar qizilo’ngachda, o’yuvchi ishqor ichib qo’yilganda esa me’dada ozroq o’zgarishlar paydo bo’ladi deb hisoblanadi (chunki meda shilliq pardasi kislotalar ta’siriga ma’lum darajada chidamli bo’ladi). Boshqa omillarning ham ahamiyati bor: ichilgan kimyoviy modda miqdori, me’dada ovqat borligi va x.k. Odatda kuyishdan keyin stenozlar qolgan bemorlarda og’iz va xalqum shilliq, pardasida ham tegishli o’zgarishlar kuzatiladi. Qizilo’ngach kardial sfinkteri ustidagi distal bo’lim, halqum-qizilo’ngach birikkan sohadagi proksimal bo’lim, shuningdek bifurkatsiya sathi eng qattiq zarar ko’radi. qizilungach shilliq pardasidagi qattiq ta’sirotga javoban qizilo’ngach devorlari spazmga uchrashi natijasida o’yuvchi moddaning turib qolishi qizilo’ngach distal bo’limining birmuncha jiddiy zararlanishiga olib keladi. Ishqorlardan zaharlanishda qizilo’ngachda eng og’ir o’zgarishlar yuz beradi, deb hisoblaydilar, chunki bularda kislotalardan kuyishdan farqli ravishda qoraqo’tirning erib ketishi sodir bo’ladi. Download 3.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling