Institutlari


Download 3.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/49
Sana05.11.2017
Hajmi3.88 Mb.
#19444
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49

PERITONITLAR 

 

Qorin pardasining anatomik-fiziologik xususiyatlari 

Qorin  pardasi  qorin  devorining  ichki  yuzasini  va  qorin  bo’shlig’ida 

joylashgan  a’zolarni  qoplab  turadigan  yupqa  seroz  pardadan  iborat.  Pardaning 

qorin  devorini  ichki  yuzasini  qoplab  turgan  qismini  parietal  qorin  pardasi 

(qalinligi  90-130  mkm)  va  ichki  a’zolarning  kattagina  qismini  qoplab  turgan 

qismini vistseral qorin pardasi (qalinligi 45-75 mkm) tashkil etadi. 

Qorin  pardasi  yuzasining  umumiy  sathi  ≈2  m

atrofida  bo’lib,  erkaklarda 



qorin  pardalari  orasidagi  bo’shliq  yopiq  bo’ladi,  ayollarda  esa  tashqi  muhit 

bilan,  bachadon  va  uning  naylari  orqali  aloqada  bo’ladi.  Odatda,  qorin 

bo’shlig’ida normal sharoitda ichki a’zolar yuzasini namlab turadigan, me’da va 

ichaklar  peristaltikasini  osonlashtiradigan  oz  miqdorda  (≈20  ml  gacha)  tiniq 

seroz  suyuqlik  bo’ladi.  Qorin  pardasi  poligonal  mezoteliy  va  biriktiruvchi 

to’qima  qavatlaridan  iborat  bo’lib,  qon  tomirlar,  limfatik  tomirlar,  hamda  nerv 

tolalari bilan mo’l ta’minlangan.  

Qorin  pardasining  bunday  boy  vaskulyarizatsiyasi,  uning  bo’shlig’ida 

bo’lgan  suyuqlikni  so’rish  xususiyatiga  va  yallig’lanish  jarayonida  ishtirok 

etganida  –  ekssudatsiya  qobiliyatlariga  ega  qiladi.  Bu  xususiyat  qorin 

pardasining  diafragmal  yuzasidagi  sathida  suyuqlikni  so’rish  ko’proq  darajada, 

kichik  chanoq  sohasida  esa  kamroq  darajada  rivojlangan.  Qorin  pardasining 

diafragmal  yuzasining  bu  xususiyati,  uning  proksimal  qismlari  va  plevra 

varag’ining bazal qismlarini bog’lab turadigan limfatik tomirlar bilan birgalikda, 

yallig’lanish  jarayonining  qorin  bo’shlig’ining  yuqori  qavatidan  plevra 

bo’shlig’iga o’tishiga imkon tug’diradi. 

Parietal  qorin  parda  sezuvchan  somatik  nervlar  (qovurg’alararo  nerv 

tarmoqlari) bilan innervatsiyalanadi. Shu tufayli parietal qorin parda har qanday 

ta’sir  (mexanik, kimyoviy  va  b.)  turiga  sezuvchan  bo’ladi,  bo’ladigan  og’riqlar 

esa  mahalliy  (lokal),  chegaralangan  (somatik  og’riqlar)  holda  o’tadi.  Vistseral 



 

536 


qorin  parda  vegetativ  (parasimpatik  va  simpatik)  innervatsiyaga  ega  bo’lib, 

somatik  innervatsiyaga  ega  emas.  Shunga  ko’ra  vistseral  qorin  parda 

ta’sirlanganda  paydo  bo’ladigan  og’riqlar  tutish  xarakteriga  ega,  ya’ni  lokal 

emas  (vistseral  og’riqlar).  Kichik  chanoq  qorin  pardasi  somatik  innervatsiyaga 

ega  emas.  Bu  hol,  kichik  chanoq  bo’shlig’idagi  qorin  pardasining  yallig’lanish 

jarayonlarida,  oldingi  qorin  devori  mushaklarining  himoya  tarangligi 

(vistseromotor  refleks)  bo’lmasligini  izohlaydi.  Qorin  pardasi  yaqqol  namoyon 

bo’ladigan  plastik  xususiyatlarga  ega  bo’lib,  mexanik  yoki  kimyoviy  jarohat 

etgan  holda  birinchi  soatlardan  boshlab,  uning  yuzasiga  fibrin  cho’kadi,  bu  bir 

biriga tegmay turadigan yuzalarining yopishishiga va yallig’lanish jarayonining 

chegaralanishiga  olib  keladi  (himoya  vositasi).  Bundan  tashqari,  qorin 

pardasining o’zi va u ishlab beradigan suyuqlik antimikrob xususiyatlarga ega. 

 

O’tkir peritonit 

O’tkir  peritonit  –  vistseral  va  parietal  qorin  pardalarining  yallig’lanishi 

bo’lib,  u  inson  organizmi  kasallanishining  og’ir  umumiy  va  mahalliy  belgilari 

bilan  o’tadi,  hamda  qisqa  vaqt  ichida  hayotiy  muhim  a’zolar  va  sistemalar 

faoliyatining  birmuncha  jiddiy,  ortga  qaytmas  buzilishlariga  olib  keladi.  Bu 

holat, qorin bo’shlig’i a’zolarining turli o’tkir kasalliklari va jarohatlarining eng 

og’ir  asoratlaridan  biri  hisoblanadi.  Qorin  pardasi  jarohatlanishlari  odatda  ikki 

turda: ochiq va yopiq bo’ladi. 

Ochiq  jarohatlanishlar  (kesib  kiruvchi,  teshib  o’tuvchi  jarohatlar),  odatda 

ichki a’zolarning jarohati yoki yaralanishi bilan birga uchraydi, hamda bu holat 

shoshilinch  xirurgik  operatsiyani  (laparotomiya  va  qorin  bo’shlig’i  a’zolari 

reviziyasi) o’tkazish zaruratini taqazo etadi. Ochiq jarohatlarning klinik kechishi 

va belgilari, ichki a’zoga etkazilgan jarohat turi va hajmiga bog’liq bo’ladi.  

Qorinning yopiq jarohatlarida, ko’pincha qorin pardasining jarohatlanishlari 

ichki  a’zolarning  shikastlanishi  bilan  birga  uchraydi.  Jarohatlanish  turi  va 

hajmiga  ko’ra  ichga  qon  ketish,  posttravmatik  yoki  postgemorragik  shok, 

peritonit  kabi  belgilar  majmuasi  birinchi  o’rinni  egallaydi.  Qorin  bo’shlig’iga 


 

537 


bakteriyalarning 

tushishi 

bilan 

bog’liq 


bo’lgan 

bakterial 

(mikrobli) 

peritonitlardan  tashqari,  qorin  bo’shlig’iga,  qorin  pardasiga  agresiv  ta’sir 

ko’rsatadigan  turli  xil  infektsiyalanmagan  agentlar:  qon,  siydiq,  o’t,  pankreatik 

shira  –  tushishidan  kelib  chiqadigan  aseptik  (abakterial)  peritonitlar  farq 

qilinadi. 

Bugungi  kunda,  jarrohlik  texnikasining  takomillashuvi,  kardinal  va 

antibakterial  muolaja  yutuqlari,  anesteziya  usullarining  xilma-xil  turlaridan 

foydalanish  imkoniyatlari,  hayotiy  muhim  a’zolar  faoliyatini  tiklashning  turli-

tuman  yo’llari  borligiga  qaramay,  o’tkir  peritonit  kasalligini  davolash 

muammosi  butun  jahon  jarrohlarining  diqqat  markazida  turibdi.  Yopiq, 

anatomik  murakkab  qorin  bo’shlig’ida  yallig’lanish  jarayonining  tabora  avj 

olishi,  intoksikatsiyaning  tez  fursatda  rivojlanishi,  ichaklar  atoniyasi  va  bular 

bilan  bog’liq  holdagi  gemodinamik  va  nafas  olish  jarayonining  buzilishlari, 

keskin  darajada  izdan  chiqqan  metabolizm  o’tkir  peritonit  kechishini  g’oyat 

murakkablashtiradi.  Bu  esa  o’z  navbatida,  spetsifik  va  nospetsifik  asoratlar 

sonining ko’payishi (12-48%) va o’lim darajasining yuqoriligi bilan tasdiqlanadi 

(B.D. Savchuk, 1979; A.A. Sрalimov, 1981; V.A. Popov, 1985; V.M. Buyanov, 

1999; V.K. Gostishev, 2002).  

Bu  kasallikning  aholi  orasida  keng  tarqalganligini,  qorin  bo’shlig’i 

a’zolarining  o’tkir  yallig’lanishi  kasalliklari  bilan  kasallanish  tendentsiyasining 

tobora 

ortib 


borayotganligini, 

shuningdek, 

so’nggi 

yillarda 

mikroorganizmlarning  antibiotiklarga  nisbatan  rezistentligini  kamayishini 

e’tiborga olsak, bu muammoning klinik tibbiyot uchun nechog’lik muhimligini 

anglash mumkin bo’ladi. 

Agarda  biz  tarixga  nazar  tashlasak,  qorin  bo’shlig’ining  yallig’lanishi 

jarayonlari,  insoniyat  tarixida  uzoq  o’tmishdan  ma’lum  bo’lib  kelayotganini 

anglaymiz.  Bundan  ming  yilcha  muqaddam  tibbiyot  ahlining peritonit  kasalligi 

belgilari  haqida  birmuncha  oddiyroq  tushunchalarga  ega  bo’lganliklarini,  uni 

jarrohlik yo’li bilan davolashga uringanliklariga doir asoslangan fikrlar mavjud 

bo’lganini  ko’ramiz  (Myuller,  1892).  Yangi  eramizgacha  bo’lgan  davrning  III 


 

538 


asrida  yunon  vrachi  Erzostrat,  qorin  bo’shlig’ida  yig’ilgan  yiringni  chov 

sohasidagi  kesma  orqali  tashqariga  chiqarib  tashlashga  uringan.  Eramizning 

100-yilida  Rim  vrachi  Ozerapus  Effesskiy:  «Agar  yiring  qorin  pardasi  bilan 

ichaklar  orasiga  yig’ilgan  bo’lsa,  yiring  qorin  bo’shlig’idan  qaerga  keta  olardi, 

eng  osoni  chov  sohasida  kesma  qilib,  uni  chiqarib  yuborgan  ma’qul»,  –  deb 

yozgan.  

III  asr  o’rtalarida  Ambruaz  Pare  kasallikning  kechuvi  (klinikasi)  bo’yicha 

septikopiemiyaga  o’xshash  «umumiy  zararlanish»  to’g’risida  so’z  yuritib,  bu 

holatning  sabablaridan  biri  –  qorin  bo’shlig’i  ichki  qismlarining  yallig’lanishi 

ekanligini  aytadi.  XVIII  asrda  atoqli  frantsuz  jarrohi  Jan  Lui  Pti  qorin 

anatomiyasini  o’rganayotganda,  qorin  bo’shlig’i  a’zolari  orasida  yiringli 

oqmalar  yuz  berishi  mumkinligiga  e’tiborni  qaratgan.  Rossiya  tabobatida, 

qorinning barcha yallig’lanish kasalliklari «Anton alangasi» degan umumiy nom 

bilan birlashtirilib, tuzalmaydigan kasalliklar qatoriga kiritilgan. 

Peritonit  kasalligining  klinik  kechuvi  belgilarini,  harbiy  vrach  Vasiliy 

Shabanov  (1816)  birinchi  marta  aniqroq  tasvirlagan.  U  me’da  yoki  o’n  ikki 

bormoqli  ichak  yarasining  teshilishi  negizida  yosh  askarda,  peritonit 

kasalligining  rivojlanganini  batafsil  tasvirlagan.  Birmuncha  keyinroq,  Harbiy 

meditsina  jurnalida  (1840)  G.  Shaliyaning  ichaklar  perforatsiyasi  to’g’risidagi 

ishi  e’lon  qilinib,  unda  peritonitning  klinik  manzarasi  yanada  aniqroq 

tasvirlanadi.  O’sha  yili  operativ  xirurgiya  buyicha  nashr  qilingan  qo’llanmada, 

akademik Solomon o’rta laparotomiya, ichak choklarining ba’zi turlari va qorin 

devorini tikish texnikasini taklif qiladi. 

Moskvalik  jarroh  L.I.  Shmidt  (1881)  bezgak  kasalligida  yiringlab  ketgan 

taloqning  qorin  bo’shlig’iga  yorilishi  sababli  yuz  bergan  tarqalgan  yiringli 

peritonitda,  jahonda  birinchi  bo’lib  muvaffaqiyatli  laparoskopiyani  amalga 

oshirgan.  Faqat  4  yil  o’tgach  (1885)  Angliyada  Trawe  va  Olmoniyada  Oberet 

peritonitlarni  operatsiya  usulida  davolash  kerak,  degan  qa’tiy  fikrni  ilgari 

surganlar. Shunday qilib, A.I. Shmidt operatsiyasini, yiringli peritonitni xirurgik 

davolashning boshlanishi desa bo’ladi.  



 

539 


XX  asrning  birinchi  choragida  ko’pchilik  nufuzli  jarrohlar,  imkon  boricha 

operatsiyani  erta  o’tkazish  zarur,  degan  yagona  fikrga  keldilar.  Biroq,  qorin 

bo’shlig’ini  drenajlash  va  yuvish  masalalari,  ayniqsa  o’tkir  bahslarga  sabab 

bo’ldi. Agar V.M. Zikov (1897), A. Gagman (1901) qorin bo’shlig’ini qunt bilan 

yuvish  shart  deb  aytishsa,  S.P.  Fedorov  (1901)  va  I.Grekov  (1952)  uni  ko’p 

yuvishga  qarshi  chiqib,  bunda  infektsiya  qorin  bo’shlig’ining  burmalari  – 

«cho’ntaklariga»  tushib,  uning  tarqalishiga  olib  kelishi  mumkin,  deb 

hisoblaganlar.  XX  asrning  30-yillarida  klinik  amaliyotga  sulfanilamid 

preparatlarining  joriy  qilinishi  va  S.S.  Yudinning  (1937)  ularni  qorin 

bo’shlig’iga  yuborib  qo’llashni  taklif  etishi,  davolash  natijalarini  anchagina 

yaxshiladi.  Bu  yo’nalish  II  jahon  urushi  davrida  yana  kamol  topib,  urush 

jarayonida  jarrohlar  yiringli  peritonitning  o’lim  darajasini  38-50%  gacha  olib 

boradigan,  juda  og’ir  turlariga  duch  keldilar.  Bu  davr,  qorin  bo’shlig’ida 

operatsiya  qiladigan  yuqori  malakali  jarrohlarni  etishtirdi,  ularda  jarrohlik 

texnikasini sayqallanishiga, qorin a’zolarining og’ir jarohatlarini davolashda boy 

tajriba 


orttirishga, 

yiringli 

peritonitning 

asoratlari: 

ichak 

oqmalari, 



eventeratsiyalar, infiltratlar va qorin bo’shlig’idagi qaytalanadigan yiringliklarni 

davolashning  asosiy  tamoyillarini  ishlab  chiqishga  imkon  yaratdi.  Antibiotiklar 

davrining  boshlanishi  (Flemming,  1946,  Ermoleva,  1946),  shuningdek  50-

yillarida  ta’sir  doirasi  keng  antibiotiklarning  paydo  bo’lishi,  yiringli 

peritonitlarni davolashda katta yutuqlarga erishishga imkon berdi va unda o’lim 

darajasini keskin kamaytirdi (B.A. Petrov, 1951, H.G’. G’afurov, 1953). Biroq, 

keyingi  yillarda  antibakterial  preparatlar  turlarining  tobora  ko’payishiga, 

muolajada  uning  miqdorini  oshirib  berilishga  qaramay,  antibiotiklarning 

xirurgik  infektsiyaga  ta’sir  darajasi  pasayib,  samaradorligini  yuqotmoqda  va 

peritonitlarni davolash natijalari yanada yomonlashmoqda.  

Shunday  qilib,  so’ngi  yillarda  mikroorganizmlarning  antibiotiklarga 

rezistenligi  oshib  borishi  tufayli  peritonitda  oqibat  natija  (prognoz)  yanada 

yomonlashdi  va  o’lim  darajasi  oshdi.  O’lim  darajasi  nisbatining  turli 

mualliflarda  farqlanishiga  sabab,  hanuzgacha  peritonitlarning  amalda  yagona 



 

540 


qabul  qilingan  klassifikatsiyasining  yo’qligidir.  Vaholanki  klassifikatsiya 

yaratishga  dastlabki  urinishlar  1886  yildayoq  A.D.  Pavlovskiy  tomonidan 

boshlangan edi.  

Klassifikatsiyasi.  So’nggi  yillarda  peritonitning  ixcham,  ishlatishga  qulay 

klassifikatsiyalariga (turlash) moyillik kuzatilmoqda. Jumladan, A.M. Karyakin 

(1968)  peritonitni  faqat  mahalliy  va  tarqalgan  turlarga,  V.I.  Struchkov 

muallifdoshlari  bilan  (1967)  esa,  mahalliy,  diffuz  va  tarqalgan  (umumiy) 

peritonitlarga  bo’ladilar.  T.S.  Simonyan  (1971)  klinika  ko’rinishida 

peritonitning  tarqalganligi  alohida  ahamiyatga  ega  emas  deb  hisoblaydi  va 

peritonit  giperergik  reaktsiyalar  nuqtai  nazaridan  ko’zdan  kechiriladigan 

klassifikatsiyani  ilgari  suradi,  bunda  u  peritonitning  uch  bosqichi  –  reaktiv, 

toksik va terminal bosqichlarini farq qiladi. 

Bu o’rinda I.I. Grekovning (1952) quyidagi so’zlarini eslatib o’tishni lozim 

tobdik:  «Yiring  nisbatan  kam  tarqalgan  bemorlarda  kasallikning  og’ir  klinik 

kechishi  har  qadamda  kuzatiladi,  bu  barcha  tegishli  davo  choralari  ko’rilishiga 

qaramay,  aksariyat,  o’lim  bilan  yakun  topadi».  Darhaqiqat,  klinik  amaliyotda 

ko’pgina  peritonit  hollarini  kuzatib,  peritonitning  tarqalganligi  muhim 

prognostik  belgi  bo’lib  xizmat  qilsada,  hamisha  ham  bemor  holatining  og’ir-

engilligi  va  prognoz  bilan  to’la  mos  tushavermasligiga  guvoh  bo’lamiz. 

Yallig’lanish jarayonining og’ir-engillik darajasi, shubhasiz, davo tadbirlarining 

har  xil  hajmini  talab  etadi,  shuningdek  peritonitning  kechishida  bosqichlilik 

omilidan  battamom  voz  kechishga  yoki  uning  ahamiyatini  pasaytirishga  imkon 

bermaydi. 

Bizning  fikrimizcha,  bugungi  kunda  jarrohlik  amaliyotida  B.D.  Savchuk 

tomonidan  1979  yilda  taklif  etilgan  peritonit  klassifikatsiyani  qo’llash, 

birmuncha

 

soddaroq  va  amaliyotda  ishlatish  uchun  qulayroq  hisoblanadi. 



Quyida shu klassifikatsiyani keltiramiz. 

I.

 

Mahalliy peritonit: 

 

541 


1.

 

Chegaralangan  –  qorin  bo’lig’ining  bitta  yoki  ikkitagacha  anatomik 



sohalarida  aniq  chegaralangan  yallig’lanish  (yiringlash)  jarayonining 

bo’lishidir. Bu abstsess tushunchasiga to’g’ri keladi (118-rasm). 

2.

 

Chegaralanmagan  –  qorin  bo’lig’ining  bir  yoki  ikkitadan  ko’p 



bo’lmagan anatomik sohalarini egallab, atrof to’qimalardan aniq chegara 

(kapsula) bilan ajralmagan holdagi yallig’lanish (yiringlash) jarayonidir. 



II.

 

Tarqalgan peritonit:  

1.

 



Diffuz – qorin bo’shlig’ining ikkitadan beshtagacha anatomik sohalarini 

qamrab olgan yallig’lanish (yiringlash) jarayonidir. 

2.

 

Tarqalgan  peritonit  –  qorin  bo’shlig’ining  beshtadan  ortiq  anatomik 



sohalarini, ko’pincha esa butun qorin bo’shlig’ini egallagan yallig’lanish 

(yiringlash) jarayonidir. 

 

 

 



 

118-rasm. Qorin bo’shlig’ining anatomik sohalari 

 


 

542 


Qorin  bo’shlig’iga  yig’iladigan  ekssudat  xarakteriga  ko’ra:  seroz,  seroz-

yiringli, yiringli, fibrinoz-yiringli, gemorragik, ixoroz, anaerob, siydik, o’t yoki 

me’da osti bezi shirasiga xos, yoinki quruq bo’lishi mumkin. 

Kelib chiqishi bo’yicha peritonit: 

-

 



birlamchi  peritonit  –  juda  kamdan  kam  uchraydigan  turi.  Bunda 

kasallikning boshlanishiga inson organizmida bo’lgan biror-bir infektsiya sabab 

bo’lishi mumkin. Infektsiyani quyidagi tushish yo’llari mavjud: 

- gematogen; 

- limfogen; 

- kriptogen; 

-  yiringli  jarayonning  yorilishi  (abstsesning  atrofidagi  a’zolar  va 

tuqimalardan ozod qorin bo’shlig’iga yorilishi). 

-

 

ikkilamchi peritonit: 



-

 

appendikulyar; 



-

 

xoletsistopankreatit; 



-

 

perforativ (me’da va o’n ikki barmoqli ichak yarasi, Kron kasalligi va b.); 



-

 

travmatik  (qorin  bo’shlig’idagi  kovak  a’zolarining  jarohatlanishi  yoki 



jarohatlanmagani bilan o’tadigani); 

-

 



nekrotik  (ichakning  o’tkir  tutilishida,  me’da-ichak  yo’llari  flegmonasida, 

mezenterial limfa tugunlari yiringli yallig’langanda, qorin bo’shlig’i a’zolarining 

kam uchrayigan yallig’lanishida (Mekkel divertikuli); 

-

 



operatsiyadan  keyingi  (me’da,  ingichka  va  yo’g’on  ichaklar,  o’t  yo’llari 

va boshqa a’zolaridagi operatsiyalardan keyingi); 

-

 

ginekologik  (naylar,  tuxumdonlar,  bachadon  yallig’langanda,  nay 



yorilganda, bachadon perforatsiyasida, bachadon tug’ruq payti shikastlanganda, 

tuxumdon kistalari va o’smalari buralib qolganda). 

Ko’pchilik  hollarda  peritonit  polimikrob  kasallik  hisoblanadi.  Bakteriyalar 

orasida  –  ichak  tayoqchasi  (E.  coli)  guruhi  asosiy  o’rin  tutadi,  biroq  so’ngi 

paytlarda oddiy protey va boshqa shartli patogen bakteriyalar ahamiyati ko’proq 


 

543 


bo’lmoqda, anaeroblar roli sezilarli oshdi. Pnevmokokklar va Kox tayoqchalari 

kamroq uchraydi. 

Peritonitning klinik kechishida o’tkir yiringli peritonit rivojlanishining uch 

bosqichi tafovut qilinadi. 

1.

 

Peritonitning  reaktiv  bosqichi  (yallig’lanishda  dastlabki  24  soat, 



perforativ  peritonitda  12  soat)  –  ko’proq  mahalliy  belgilar  yuzaga  chiqqan 

bosqich:  keskin  og’riq  sindromi,  mushaklarning  taranglashishi,  qayt  qilish, 

majburiy  holat  va  b.  Umumiy  belgilar:  pulsning  120  martagacha  tez  urishi, 

arterial  qon  bosimining  (AQB)  oshishi,  nafas  olishning  tezlashuvi  va  boshqa 

belgilari, intoksikatsiyaga nisbatan ko’proq og’riq shoki uchun xos. 

2.

 



Peritonitning  toksik  bosqichi  (yallig’lanishda  24-72  soat,  perforativ 

peritonitda  24  soat)  –  mahalliy  belgilarning  so’nishi  va  intoksikatsiyaga  xos 

umumiy  reaktsiyaning  yaqqol  ustunlik  qilishi  bilan  namoyon  bo’ladi:  yuz 

qiyofasi o’tkirlashgan, rangpar, bemorda kamharakatlik, eyforiya, puls 120 dan 

oshgan,  AQB  pasaygan,  kech  qayt  qilish,  haroratning  gektik  xarakteri,  qon 

formulasida  yiringli-toksik  surilish.  Toksik bosqich  uchun  mahalliy  belgilardan 

og’riq  sindromining  pasayishi,  qorin  mushaklarining  taranglashuvi  yoki 

qorinning shishishi, metiorizmning ortib borishi xos. 

3.

 

Terminal  bosqich  (yallig’lanishda  72  soat,  perforativ  peritonitda  24 



soatdan  ortiq)  –  qaytishi  gumon  chegaradagi  chuqur  intoksikatsiya  bosqichi: 

Gippokrat  yuzi,  adinamiya,  ruhiy  holat  tonusi  va  harakatlarning  pasayishi, 

aksariyat intoksikatsiyadan deliriy, nafas olish va yurak-qon tomir faoliyatining 

talaygina  buzilishlari,  qo’lansa hidli ko’p qayt  qilish, qon  formulasidagi keskin 

yiringli-toksik  siljish,  haroratning  tushib  ketishi,  ba’zan  bakteremiya.  Mahalliy 

belgilardan peristaltikaning butunlay yo’qolishi, qorin dam bo’lishi va shishishi, 

butun qorin bo’ylab tarqalgan og’riq kuzatiladi. 

 

Etiologiyasi va patogenezi 

O’tkir peritonit – vistseral va parietal qorin pardaning yallig’lanishi bo’lib, 

kasallikning og’ir umumiy belgilari bilan o’tadi va qisqa vaqt ichida ko’pincha 


 

544 


hayotiy muhim a’zolar va sistemalarning ortga qaytish yoki qaytmasligi gumon 

buzilishlariga  olib  keladi.  Ko’pchilik  hollarda  qorin  pardasining  yiringli 

yallig’lanishi qorin bo’shlig’idagi biror a’zoning yiringli kasalligi asorati sifatida 

ikkilamchi  rivojlanadi.  Tadqiqotchilarning  aniqlashicha,  qorin  bo’shlig’iga 

infektsiya  tushishishining  asosiy  manbalari  bo’lib  quyidagilar  hisoblanadi: 

chuvalchangsimon o’simta (3-12%), o’t pufagi (10-12%), ayollar jinsiy a’zolari 

(2-3%)  va  ichaklar  (3-5%).  Kamroq  sababchilar  bo’lib:  travmatik  jarohatlar 

(2,7%  gacha),  me’da  osti  bezi  (1%  gacha),  shuningdek  operatsiyadan  keyingi 

peritonitlar (1% gacha) hisoblanadi. 

Peritonitni  vujudga  keltirishda  eng  ko’p  uchraydigan  etiologik  omil  – 

mikrob  omilidir  (infektsion  peritonit);  kimyoviy  va  fizik  omillar  peritonitlar 

rivojlanishida  kamroq  o’rin  tutadi  (aseptik).  Keyinchalik,  infektsiya 

qo’shilganda,  aseptik  peritonit  infektsionga  aylanadi  (yiringli).  Biroq  ayrim 

hollarda,  peritonitning  birlamchi  sababini  hatto  autopsiyadan  keyin  ham 

aniqlashga  muvaffaq  bo’linmaydi.  Bunday  peritonit  kriptogen  peritonit  deb 

ataladi.  Peritonit  paydo  bo’lishining  asosiy  sababi  qorin  bo’shlig’iga  patogen 

mikroflora  tushishi  hisoblanadi,  biroq  qorin  bo’shlig’ida  mikroflora  borligi 

hamisha ham peritonit paydo bo’lishini belgilab bermasligi to’g’risida ko’pgina 

dalillar topilgan. 

A.A.  Zaporojets  (1969)  va  K.S.  Simonyan  (1971)  ma’lumotlariga  ko’ra, 

operatsiya aseptik sharoitlarda hamda choklar mutlaqo germetik bo’lganda ham, 

qorin  bo’shlig’idan  olingan  ekmalarda,  ko’pincha  biror  mikrofloraning  o’sishi 

aniqlangan, ayni vaqtda operatsiyadan keyingi davr mutlaqo silliq kechgan. Bu 

dalillar  qorin  bo’shlig’ida  mikroblar  borligi,  hali  peritonit  rivojlanishi  uchun 

kifoya  qilmasligi  xaqida  dalolat  beradi,  chunki  bunday  hollarda  organizmning 

himoya  kuchlari  agressiv  sabab  ta’sirini  bostirish  uchun  etarlicha  bo’ladi. 

Agressiya kuchining (mikrob dozalari) ortib borishi peritonit avj olishini keltirib 

chiqaradi,  deb  taxmin  qilish  tabiiy  bir  holdir.  O’tkazilgan  eksperimental 

tajribalar  va  klinik  materiallarni  tahlil  qilishlar  (K.S.  Simonyan,  1971;  B.D. 

Savchuk,  1979  va  b.),  peritonit  paydo  bo’lishiga  zamin  hozirlagan  sabab  – 



 

545 


organizmda  o’tkir  destruktiv  jarayon  bor  ekanligini  ko’rsatdi.  N.M.  Baklikova 

hammualliflari  bilan  qilgan  tajribalarida  itning  qorin  bo’shlig’iga  turli 

kontsentratsiyalarda  axlat  suspenziyasini  yuborib,  peritonit  chaqirishga 

muvaffaq  bo’lmadi.  Kam  kontsentratsiyalarda  yuborilgan  axlat  suspenziyasi 

hech  qanday  belgi  bermadi.  Juda  ko’p  miqdorda  yuborilganda  esa  itlar, 

bakteriemik  shok  holati  yuzaga  kelishi  oqibatida  o’ldi,  lekin  peritonit  holati 

yuzaga kelmadi. Peritonit rivojlanishida biror-bir destruktiv jarayon zarur degan 

gumon  bilan,  avvalo  itning  oyog’i  yumshoq  to’qimalariga  10%  kaltsiy  xlorid 

eritmasini  yuborib,  yumshoq  to’qimalar  destruktsiyasini  (nekrozi)  hosil  qilib, 

so’ngra  qorin  bo’shlig’iga  kam  miqdorda  axlat  suspenziyasi  yuborilganda, 

peritonitning  yaqqol  klinik  manzarasi  yuzaga  kelgan.  Demak,  peritonit 

chaqirishda nafaqat bakteriyalar, balki biror-bir o’tkir destruktiv jarayon bo’lishi 

zarurligi, peritonitdan oldingi bosqich deb qarash mumkin. 

Peritonitni  keltirib  chiqaradigan  etiologik  omillarning  ko’pligi:  qorin 

bo’shlig’i  a’zolarining  o’tkir  destruktiv  yallig’lanishi  turlari,  qo’zg’atuvchi 

sabablarning  ko’pligi,  shuningdek  klinik  belgilarning  turli-tumanligi,  bu 

kasallikning polietiologiyali ekanligini ko’rsatadi. 

Katexolaminlar,  gistamin,  kortikosteriodlar  endotoksinlar  ta’siri  ostida 

ajralib,  parenximatoz  a’zolarni  og’ir  zararlantiradi,  chuqur  gemodinamik 

buzilishlar,  oqsil,  suv-tuz  almashinuvi  va  kislota-ishqor  muvozanatining  jiddiy 

buzulishlarini 

(gipoproteinemiya, 

gipovolemiya, 

gipoalbuminemiya, 

gipokaliemiya,  giponatriemiya,  gipokaltsiemiya  va  metabolik  atsidoz)  keltirib 

chiqaradi. 

Me’da-ichak yo’lining nerv-mushak apparatidagi gumoral yoki nerv tormoz 

ta’sirlar  oqibatida  yuz  beradigan  destruktiv  o’zgarishlar,  shuningdek  ichak 

devoridagi  mikortsirkulyatsiyaning  buzilishi  sababli  yallig’lanish  jarayoni  avj 

olgan  davrda,  ichaklar  atoniyasi  va  falaji  rivojlanadi.  Kasallikning  avvlagi 

bosqichlarida  ichaklar  parezi  ro’y  berib,  u  ichak  qovuzloqlarining  kengayishi 

bilan  o’tadi,  bu  ichak  devori  mexanoretseptorlarining  jiddiy  ta’sirlanishiga olib 

keladi.  Bunga  javob  tariqasida  ovqat  hazm  qilish  sistemasining  evakuator 


 

546 


faoliyati  to’xtaydi,  ya’ni  entero-enteral  tormoz  refleksi  rivojlanadi  (A.A. 

Shalimov  va  hammualliflari,  1981).  Ovqat    hazm  qilish  sistemasining  falaji, 

uning tarkibidagi ovqat massalari, shiraning dimlanishi va bijg’ishiga olib kelib, 

bu  esa  o’z  navbatida  so’rilib,  umumiy  intoksikatsiya  darajasini  ko’paytiradi. 

Gazlar  hosil  bo’lishi  ortgan  sayin,  unga  mos  holda  ichaklar  va  qorin  ichki 

bosimi  ko’tariladi,  bu  esa  qorin  bo’shlig’ida  qon  aylanishing  buzilishini  tobora 

kuchaytiradi va kasallik kechishini soat sayin og’irlashtiradi.  

Shunday  qilib,  kasallikda  sodir  bo’ladigan  bir  qator  patologik  o’zgarishlar 

va  yallig’lanish  jarayoni  ortgan  sayin,  ularga  qo’shiladigan  qo’shimcha 

ta’sirlovchi  omillar  ham  butun  bir  organizmda,  ham  ovqat  hazm  qilish 

sistemasining funktsional aktivligida bir-biriga aloqador «halqa» hosil bo’lishiga 

olib keladi. Shu munosabat bilan Yu.M. Galperin (1975) o’tkir peritonit bo’lgan 

bemorlar  ichak  falajidan  emas,  balki  enterergiyadan  nobud  bo’ladilar  deb 

hisoblaydi va bu tushuncha ostida me’da va ichak sistemasining barcha: xarakat, 

sekretor  va  so’rish  faoliyatlarining  o’tkir  etishmovchiligini  kelib  chiqishini 

nazarda tutadi. 

Bulardan  tashqari,  o’tkir  peritonitda  gistogematik  o’tkazuvchanlik, 

to’qimada 

gaz 

almashinuvi, 



endokrin 

sistema, 

oksidlanish-qaytarilish 

jarayonlari,  hujayralar  membranalari  faoliyati,  shuningdek  jigar  va  buyrak 

faoliyatlarining  buzilishlari  katta  o’rin  tutadi.  Organizmning  immunobiologik 

quvvatining  pasayishi,  fagotsitar  aktivlikning  yo’qolishi  yuz  beradi.  Qonning 

ivish    xususiyati  va  ivishga  qarshi  sistemasi  faoliyati  giperkoagulyatsiya 

tomoniga qarab o’sish hisobiga buziladi. 

 


Download 3.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling