Institutsional fanidan 2-nazorat ishi savollari
Download 13.52 Kb.
|
Institutsional fanidan 2 (1)
Institutsional fanidan 2-nazorat ishi savollari 1. Iqtisodiyot konstitutsiyasi tushunchasining mohiyatini sharhlang. 2. Agar buyruqbozlik iqtisodiyoti hatto surunkali taqchillik mavjud bo`lganda ham barqaror holatda turuvchi tizimni o`zida namoyon etgan bo`lsa, u holda o`tish iqtisodiyotining tub beqarorligining sabablari nimada? 3. Buyruqbozlik iqtisodiyotining unsuri hisoblangan utilitarizm normasi utilitarizmning bozor normasidan nima bilan farq qiladi? 4. Amerikalik mashhur siyosatshunos va iqtisodchi Frensis Fukuyama o`zining so`nggi kitoblaridan birida bozor iqtisodiyotidagi ko`tarilish va pasayishlarni uning sub’ektlari o`rtasidagi ishonch orqali ko`rib chiqadi. Bunday yondashuv qanchalik asosli? 5. Huquqiy an’analardagi asosiy huquqlarning farqlanish xususiyatlarini izohlang. 6. Lizing misolida bitim ishtirokchilarining manfaatlarini himoyalash va ijaraga beriladigan mol-mulkdan samarali foydalanishga undash nuqtai nazaridan fuqarolik huquqiga nisbatan umumiy huquqning ustunligini ko`rsating. 7. Bir buyumning bir necha egasi bo`lishi mumkinmi? Bir necha mulkdorlarning mavjud bo`lishi buyumdan samrali foydalanishga to`sqinlik qiladigan shart-sharoitlarni ko`rsatib bering. 8. Institutlar nima? Ularning ta’riflarini keltiring. 9. Institutlar tarkibiy qismlariga nimalar kiradi? 10. Rasmiy va norasmiy normalar qanday yuzaga keladi? 11. Norasmiy qoidalarning jamiyatdagi roli nimada? * 12. Institutsional matritsa ta’rifini keltiring va uning g`oyasi nimadan iborat? 13. Norma bazaviy institut ekanligini izohlang. 14. O`zaro hamkorlikni qurishda normaning o`rni qanday tavsiflanadi? 15. O`zingizning odatiy kuningizni ertalabdan kechgacha kelishuv (murosa, ekspansiya, urinish) lar atamalarida yoritishga urinib ko`ring. 16. Institutsional o`zgarishlarga nimalar sabab bo`ladi? Eski va yangi institutlar o`rtasida qanday bog`liqliklar mavjud? 17.Rasmiy va norasmiy normalarni muvofiqlashtirish zarurati nima bilan belgilanadi? 18.Tashkilotlar institutsional jarayonda qanday funksiyalarni bajaradi? Download 13.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling