Institutsional iqtisodiyot
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
INSTITUTSIONAL IQTISODIYOT. JORIY NAZORAT
11–misol. Odatda o‘qituvchi talabalarga nisbatan qo‘yadigan talablar empatiya (birga qayg‘urish) normalariga misol bo‘ladimi? 12–misol. Qanaqa transaktsiya xarajatlari iqtisodiyotda kelishuvlar nazariyasi nuqtai nazaridan o‘ta katta? 13–misol. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda transaktsiya sektorining jadal o‘sishi omili, ta’qiqlanadigan darajada yuqori bo‘lgan transaktsiya xarajatlari iqtisodiy rivojlanishning chegaralaridan biri ekanligini anglatadimi? 14–misol. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda transaktsiya sektorining jadal o‘sishi omili, ta’qiqlanadigan darajada yuqori bo‘lgan transaktsiya xarajatlari iqtisodiy rivojlanishning chegaralaridan biri ekanligini anglatadimi? 15–misol. “Iqtisodiyot” nashriyoti tarjima qilingan iqtisodiy adabiyotlarni chiqaradi. Siz nashriyotga iqtisodiy matnlarni tarjima qilishga ixtisoslashgan kam sonli tarjimonlar bilan munosabatlarni qanday yo‘lga qo‘yishni maslahat bergan bo‘lardingiz? 16-misol. “Rash milk” MChJ oziq ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Xom ashyoni korxonaga yetkazib berishni xorijiy hamkor o‘z zimmasiga olgan. Olib kiriladigan xom ashyoning 1 tonnasi narxi 4500 doll. Ushbu xom ashyo turiga bojxona boji 12% qilib belgilangan, QQS - 20%ni tashkil etadi. Bojxona xom ashyo narxini bojxona tizimida tashkil etilgan narxlar bazasi bo‘yicha belgilash 3 amaliyotidan kelib chiqib, 6200 doll. qilib belgilandi. Korxona xorijiy hamkori bilan kelishgan holda xom ashyoning real narxini hisob varag‘ida kamaytirib yozgan, ya’ni 4500 doll. o‘rniga 3200 doll. Agar korxona 6200 doll. hisobidan xom ashyo oladigan bo‘lsa, qanday holat yuzaga kelishi mumkin? Tushuntirib bering? 17-misol. Respublikada bir qator san’at sohasida shug‘ullanuvchilar soliqdan qochishga urinadilar. Shuning uchun “San’at” firmasi san’atkorlar kontsert dasturlarini tashkil qilish bilan shug‘ullanadi, ular odatda negadir kontsert dasturlari uchun biletlarni belgilangan narxdan 1,7-2 barobarga qimmat baholarda qora bozor narxida sotadi. Bu holat qanday salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin? Bunday holat xufyona iqtisodiyotni keltirib chiqaradimi? Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling