Institutsional iqtisodiyot
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
INSTITUTSIONAL IQTISODIYOT. JORIY NAZORAT
18–misol. Evropa hamjamiyatining MDH mamlakatlariga texnik ko‘maklashish dasturi (TACIS) budjeti 2001-2005 yillarda 2268 mln. ekyuni tashkil qildi. Misol tariqasida mazkur Dastur doirasida qo‘llab-quvvatlangan 2200 ta loyihadan birini ko‘rib chiqamiz (loyiha budjeti 4 mln. ekyuni tashkil qildi). Loyihaning nomi: "Bozor iqtisodiyotiga o‘tishda huquqiy davlatni va huquqiy ta’limni kuchaytirish". Loyihaning maqsadi: bozor iqtisodiyotiga o‘tishning iqtisodiy va ijtimoiy haqiqat ekanligiga mos keluvchi qonunlar loyihalarini ishlab chiqishda yordam ko‘rsatish; qonunlarni amalga oshirish mexanizmlari yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish; ishlab chiqilayotgan loyihalarni Evropa mamlakatlarining qonunchiligiga muvofiqlashtirish; huquq sohasidagi professionallar uchun maxsus ta’lim dasturlarini ishlab chiqish. Loyiha quyidagi sohalardagi qonunchilikni isloh qilishga yo‘naltirilgan: korporativ huquq, ma’muriy huquq, fuqarolik huquqi, jinoiy huquq. Loyihaning amalga oshirilishi bilan bog‘liq xarajatlar tabiatini tasniflang. a) rasmiy institutlarni import qilish xarajatlari; b) amaldorlar va mutaxassislarnio‘qitish xarajatlari; v) yangi qonunlarning qabul qilinishiga bosim o‘tkazish xarajatlari; g) yangi qonunlar haqidagi axborotni tarqatish xarajatlari; d) qonunga bo‘ysunish narxi. 19–misol. Siz – oldindan to‘lash sharti bilan tovar partiyasini xarid qilmoqchi bo‘layotgan korxona menejerisiz. Siz (barcha talabnomalarda tovar narxi va sifatining taxminan bir xil nisbati taklif etilayotganligini hisobga olgan holda) kimning sotish uchun talabnomasini afzal ko‘rgan bo‘lardingiz? a) davlat korxonasi; b) MCHJ; v) OAJ; g) to‘liq shirkat; d) qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat; e) ishlab chiqarish kooperativi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling