Institutsional iqtisodiyot
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
INSTITUTSIONAL IQTISODIYOT. JORIY NAZORAT
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5–misol.
1 “INSTITUTSIONAL IQTISODIYOT” FANIDAN JORIY NAZORAT UCHUN MUSTAQIL TA’LIM 1-TOPSHIRIQ. MAVZULARGA DOIR AMALIY MISOLLAR 1 Muammo hammaga ma’lum usullar orqali yechilishi mumkin deb o‘ylama! 1–misol. Hozirgi paytda korxona va tashkilotlarda ish xaqi tarqatishning birinchi kunida juda ko‘p odamlar navbatda to‘planadi. Natijada ish vaqti yo‘qotiladi va turli xil asabbuzarliklar sodir bo‘ladi. Siz bu salbiy hodisalarni oldini olish uchun rahbar sifatida kassirga qanday maslahat bera olasiz? 2–misol. Siz rahbarlik qilayotgan salqin ichimliklar zavodining mahsulotlari ichki bozorda o‘tmay qoldi. Sotish hajmini va foyda miqdorini ko‘paytirish uchun korxona rahbari sifatida qanday qaror qabul qilasiz? 3–misol. Sizning 5 soat bo‘sh vaqtingiz bor. Ishlaringiz ularning muhimligi bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi: a) mashg‘ulotlarga tayorgarlik 2 soat; b) yangi gazetalar bilan tanishib chiqish 1 soat; 9 v) kvartirani tozalash 1 soat; Siz bu ishlarni bajarmoqchi bo‘lib turganingizda kinoteatrda anchadan beri ko‘rmoqchi bo‘lib yurgan filmingiz qo‘yilayotganligini eshitdingiz. Bir seriyali filmni ko‘rish siz uchun qanchaga tushadi? Ikki seriyali filmni ko‘rishchi? 4–misol. Faraz qilaylik, o‘qishni tomomlaganingizdan so‘ng sizni uzoq bir shaharga ishga taklif qilishdi. Siz uzoq bir joyga, sizning kasbingiz juda ham zarur bo‘lgan joyga borishingiz kerak. Siz bu taklifni qanday shartlar asosida qabul qilasiz? Bu masalani hal qilishda kimlar bilan maslahatlashasiz? 5–misol. Yo‘l harakati qoidalari institut hisoblanadimi? 6–misol. Institutsional nazariyaning qaysi yo‘nalishi vakillari “Do‘sting kimligini ayt, men esa sening kimligini aytaman” degan iborani ma’qullashgan 1 Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling