Institutsional iqtisodiyot
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
INSTITUTSIONAL IQTISODIYOT. JORIY NAZORAT
34-misol. Mutaassiblik institut hisoblanadimi? 35–misol. Dastlab «Kelajak tongi» korxonasida o‘rtacha doimiy xarajat umumiy xarajatlarning 30 foizini tashkil qilar edi. Ishlab chiqarishning xarajatlariga ko‘ra foydaliligi (rentabelligi) esa 40 foizga teng edi. Inflyatsiya jarayoni natijasida o‘rtacha doimiy xarajatlar 10 foiz, o‘rtacha o‘zgaruvchan xarajatlar esa 20 foizga o‘sdi. Agar korxona maxsulot narxini 17 foizga oshirsa, xarajatlarga ko‘ra ishlab chiqarish rentabelligi nimaga teng bo‘ladi. 36–misol. Xom ashyo uchun qilingan xarajatlar o‘zgaruvchan xarajatlarning 40 foizini tashkil qiladi. Bitta maxsulot hisobida xom ashyoga ketgan xarajat 130 foizga oshganidan keyin «Dilnoza» savdo ishlab chiqarish korxonasi ishlab chiqarish xajmini o‘zgartirdi. Bunda boshqa o‘rtacha uzgaruvchan va doimiy xarajatlar o‘zgarmaydi, o‘rtacha umumiy xarajatlar esa 233 so‘mga ortdi. Agar bu 7 o‘zgarishgacha bitta maxsulotga ketgan o‘rtacha umumiy xarajat 500 so‘m, o‘rtacha doimiy xarajat esa 100 so‘mga teng bo‘lsa, firma ishlab chiqarish xajmini necha foizga o‘zgartiradi? 37–misol. “Gulzor” shahrida yangi oliy o‘quv yurti paydo bo‘ldi. Mintaqaviy mehnat bozorining OO‘Yu tayyorlashni nazarda tutayotgan kadrlarga bo‘lgan yuqori darajadagi ehtiyojini, shuningdek, mintaqaviy hokimiyatlarning va qator xalqaro tashkilotlarning qo‘llab-quvvatlashini hisobga olgan holda, unga qabul va mutaxassisliklar nomenklaturasi har yili ortib boradi. Siz yangi OO‘Yuda talabalarning asosiy qismi bepul o‘qishini hisobga olib, uning rektoriga qanaqa tashkiliy tuzilmani taklif qilgan bo‘lardingiz? 38–misol. Faraz qilaylik, Siz – shaharning turli qismlarida do‘konlar tarmog‘ining egasisiz. Ularda ishlash uchun Siz, asosan qishloq joylaridan, sotuvchilarni yollaysiz, bunda mehnat bozorida ularning muqobil ish haqi past. Sotuvchilarni tovar aylanmasini oshirishga motivatsiyalashni qanday qilib amalga oshirgan ma’qul? Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling