Instr_student2017uz.pdf [Asl nusxa]


Download 81.73 Kb.

Sana28.03.2017
Hajmi81.73 Kb.

 

2



2

0

0

1

1

7

7

 

 

Y

Y

I

I

L

L

D

D

A

A

G

G

I

I

 

 

Y

Y

A

A

P

P

O

O

N

N

I

I

Y

Y

A

A

 

 

H

H

U

U

K

K

U

U

M

M

A

A

T

T

I

I

 

 

S

S

T

T

I

I

P

P

E

E

N

N

D

D

I

I

Y

Y

A

A

S

S

I

I

 

 

 

«

«

T

T

A

A

L

L

A

A

B

B

A

A

»

»

 

 

D

D

A

A

S

S

T

T

U

U

R

R

I

I

 

 

U

U

N

N

D

D

E

E

R

R

G

G

R

R

A

A

D

D

U

U

A

A

T

T

E

E

 

 

S

S

T

T

U

U

D

D

E

E

N

N

T

T

 

 

 

 



Yaponiya Hukumati ta’lim, madaniyat, sport, ilm-fan va texnika vazirligi (Monbukagakusho: MEXT) 2017 akademik yilda 

Yaponiya universitetlarida Yaponiya hukumati stipendiyasi bo‘yicha ta’lim olishni xohlovchi chet el talabalari uchun qabul e’lon 

qiladi va bu quyidagilardan iborat: 

 

1. TA’LIM SOHALARI 



 

Yaponiyada chet el talabasi sifatida ta’lim olishni xohlovchi shaxslar quyida taklif etilgan (1) yoki (2) bandlardagi 

sohalarni tanlashlari kerak. 3 ta mutaxassislikni tanlash mumkin. 

 

(1) Gumanitar va Ijtimoiy Fanlar (GIF) 

 

GIF - A: huquqshunoslik, siyosatshunoslik, pedagogika, sotsiologiya, adabiyot, tarix, yapon tili. 

 

GIF - B: iqtisodiyot, menejment. 

 

(2) Tabiiy Fanlar (TF) 

 

TF - A: Tabiiy (matematika, fizika, kimyo) 

Elektron-elektrotexnik (elektronika, elektrotexnika, axborot texnikasi) 

Mexanika (muhandislik mexanikasi, kemasozlik mexanikasi va texnikasi) 

Qurilish va arxitektura (qurilish, arxitektura, ekologik injiniring) 

Kimyo (amaliy kimyo, kimyoviy texnika, sanoat kimyosi, to‘qimachilik texnikasi) 

Boshqalar: (metallurgiya, tog‘ metallurgiyasi, kemachilik, biotexnologiya) 

 

TF - B: Qishloq xo‘jaligi  

(agronomiya, agrokimyo, agrotexnika, zootexnika, veterinariya, o‘rmonchilik, oziq-ovqat mahsulotlari, baliqchilik) 

Sog‘liqni saqlash (farmatsevtika, sog‘liqni saqlash, bemorlarni parvarishlash) 

Biologiya 

 

TF - C:  Tibbiyot, stomatologiya 

*Agar bir nechta fanlar tanlangan taqdirda tabiiy fanlar bo‘yicha ixtisoslashish niyatida bo‘lgan chet el talabalari A kursi, 

B va C kursi ichida taklif etilgan fanlar ro‘yxatini ustuvorlik tartibida (birinchi, ikkinchi va uchinchi tanlov) ko‘rsatishi zarur. 

Biroq,  C  kursi  fanlarini  bu  sohada  fanlar  soni  chegaralanganligi  tufayli  birinchi  galda  o‘rganishni  xohlovchi  talabalar 

ikkinchi tanlov sifatida B yoki C kursidan fanlarni, uchinchi tanlov sifatida B kursidan fanlarni ko‘rsatishi mumkin. 

 

2. ISHTIROK ETISH SHARTLARI 

 

Fuqaroligi:  O‘zbekiston  Respublikasi.  Fuqaroligi  yo‘q  shaxslar  ham  ishtirok  etish  huquqiga  ega.  Yaponiya  fuqaroligiga 

ega nomzod dasturda ishtirok etishi mumkin emas.  

 

Yoshi: Nomzodning tug‘ilgan sanasi 1995 yil 2 apreldan 2000 yil 1 aprelga qadar davrga to‘g‘ri kelishi lozim. 

 

Akademik  ma’lumoti: nomzod umumta’lim maktabini bitirgan yoki bitiruvchisi bo‘lishi, ya’ni to‘liq o‘rta ma’lumotga ega 

bo‘lishi  lozim.  (shu  jumladan,  2017  yil  martida  ushbu  talabga  mos  keladigan  nomzodlar).  Litseylar/kollejlar  1  va  2  kurs 

talabalari, bu dasturda ishtirok eta olmaydilar, chunki 2017 mart oyida bitirganlik haqida diplomiga ega bo'lishmaydi.*Dasturda 

litsey/kollej bitiruvchilaridan tashqari institut talabalari ham  qatnashishi mumkin. 

 

Yapon  tili:  Nomzod yapon tilini  o‘rganishi (yoki o‘rganishga tayyor bo‘lishi) hamda Yaponiya universitetida yapon tilida 

ta’lim olishga tayyor bo‘lishi lozim.  



 

Salomatligi: Nomzod jismonan va ruhan sog‘lom bo‘lishi lozim. Turmush madaniy va iqlim sharoitlarining o‘zgarishi bilan 

bog‘liq ruhiy va jismoniy zo‘riqishning oshishi munosabati bilan o‘z salomatlik ahvolini baholashga o‘ta mas’uliyatli yondashish 

zarur, aks holda bu ta’lim olish uchun jiddiy xalaqit berishi mumkin. 

 


 

Yaponiyaga  yetib  kelish: Stipendiat Yaponiyaga 2017 yil 1 dan 7 aprelgacha bo‘lgan davrda yetib kelishi lozim. Agar 

darslar  (stipendiat  tayyorlov  kursisisz  bevosita  o‘qiydigan  universitetda)  kuz  semestrdan  boshlansa,  Yaponiyaga  ushbu 

universitet belgilagan muddatda yetib kelishi kerak. 

 

O‘qishni  bitirgandan  so‘ng:  stipendiat  vataniga  qaytgach,  ta’lim  olgan  universitet  bilan  o‘zaro  aloqada  bo‘lib, 

so‘rovnomalarni to‘ldirishda ko‘mak ko‘rsatib, Yaponiya diplomatik vakolatxonasi tomonidan tashkil etilgan tadbirlarda ishtirok 

etib, Yaponiya va o‘z mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash uchun sa’y-harakat qilishi lozim.  

 

Quyidagi  holatlarda  nomzodlar  dasturda  qatnashishi  mumkin  emas  (agar  bu  holatlar  nomzod  dasturga  qabul 

qilinganidan so‘ng aniqlansa, stajirovkadan voz kechish kerak)

 

(a) Yaponiyaga yetib kelish vaqtida harbiy xizmatchi va Qurolli kuchlar xizmatchilari. 

(b) MEXT yoki universitet tomonidan belgilangan muddatda Yaponiyaga yetib kela olmaydigan stipendiat. 

(c) Ilgari Yaponiya hukumati granti berilgan nomzod. 

(d)  Yaponiya  oliy  o‘quv  muassasasi  talabasi  hisoblangan  (“College  Student”  maqomiga  ega)  yoki  hujjatlar  taqdim  etilishi 

paytidan stajirovka boshlanishiga qadar bo‘lgan davrda Yaponiya universitetlaridan biriga kelgusida shaxsiy tarzda o‘qishga 

kirayotgan yoki kirishni rejalashtirayotgan nomzod. Biroq agar nomzod ayni paytda Yaponiyada o‘z hisobidan ta’lim olayotgan 

bo‘lsa va  o‘quv yili oxirigacha o‘z o‘qishini bitira olishi va vataniga qayta olishiga ishonchi komil bo‘lsa, dasturda qatnashishi 

chegaralanmaydi. 

(e)  Yaponiya hukumati stipendiyasi bilan bir paytning o‘zida boshqa tashkilotradan (shu jumladan, o‘z mamalakatidagi davlat 

muassasalaridan) stipendiyalar olayotgan shaxslar. ). 



(f) Kelajakda o‘quv muassasasi bitiruvchisi deb hisoblangan, ammo belgilangan muddatgacha tegishli malaka olmaydigan va 

ta’lim darajasi shartlarga javob bermaydigan nomzod. 

 

3. TA’LIM MUDDATI 

 

2017 yil aprelidan 2022 yil martigacha 5 yil. O‘qish muddati yapon tili va boshqa fanlarni o‘rganish tayyorlov kursini o‘z 

ichiga oladi. Tibbiyot, stomatologiya yoki veterinariya, shuningdek, farmakologiya bo‘yicha 6 yillik kurs o‘rganuvchilari uchun 

stipendiya berilishi muddati 2024 yil martiga qadar 7 yilni tashkil etadi. 

 

*Yaponiya  universitetida  o‘qish  uchun  yetarli  darajada  yapon  tilini  biladigan  yoki  yapon  tilini  bilishni  talab  etmaydigan 



universitetga  o‘qishga  kiruvchi  talabalar  yapon  tilini  o‘qish  tayyorlov  kursini  o‘tkazib  yuborishi  mumkin.  Bunday  holatda 

stajirovka 4 yil (tibbiyot, stomatologiya yoki veterinariya, shuningdek, farmakologiya bo‘yicha 6 yillik kurs o‘rganuvchilari uchun 

6 yil) davom etadi.  Stipendiat o‘qishni muddatidan oldin bitirishi yoki magistraturaga muddatidan oldin qabul qilinishi sababli 

o‘qishni tugallagan taqdirda stipendiya berilishi muddati uning amaldagi o‘qhish muddatiga to‘g‘ri keladi. 

*Tayyorlov  kursisiz  o‘qishni  tanlagan  stipendiatlar  qabul  universitet  sharoitini  hisobga  olgan  holda  universitetga  qabul 

qilinganidan so‘ng stipendiya olishni boshlaydilar. 

*Farmakologiya mutaxassisligi (6 yillik o‘qish kursi) bo‘yicha ta’lim oladigan talabalar amaliyot boshlanishidan oldin “klinik 

amaliyot boshlanishi oldidan talabalarni baholash uchun umumiy imtihon” (CBT: Computer–based Testing, OSCE: Objective 

Structured  Clinical  examination)  topshirishi  zarur.  Agar  bilimlari  saviyasi  amaliyot  uchun  belgilangan  mezonlarga  muvofiq 

kelmasa, stipendiya to‘lovi bekor qilinadi. 

*Bakalavriatda  o‘qishni  muvaffaqiyatli  bitirgan  va  magistraturaga  kirish  uchun  ruxsat  olgan  talabalar  uchun  stipendiya 

berilishi muddati uzaytirilishi mumkin (stipendiya muddati uzaytirilishiga ruxsat olingandan so‘ng va belgilangan mezonlarga 

muvofiq kelganda, o‘zlashtirish darajasida a’lo bo‘lganida). 

 

4. STIPENDIATGA BERILADIGAN IMTIYOZLAR 



 

Stipendiya:  Har  oylik  stipendiya  117  000  yen  (belgilangan  mintaqalarga  muvofiq  tadqiqot  olib  boruvchi  talabalar  va 

shaxslarga 2 000 yoki 3 000 yen miqdorida har oy qo‘shimcha haq to‘lanadi). Biroq darslar qoldirilgan yoki universitetda uzoq 

muddat bo‘lmagan taqdirda stipendiya bekor qilinadi.  

Stipendiya bekor qilinganligi haqida qaror qabul qilingandan so‘ng stipendiya to‘langan taqdirda, stipendiat tegishli muddat 

davomida  olingan  miqdorni  qaytarib  berish  vaziyatlari  ham  bo‘lishi  mumkin.  Stipendiya  quyidagi  sanab  o‘tilgan  holatlarda 

bekor qilinishi mumkin. 

 

(a) Taqdim etilgan hujjatlarda soxta ma’lumotlar aniqlanishi. 



(b) Yaponiya Ta’lim Vazirligiga berilgan Tantanali Majburiyatni har qanday moddasining buzilishi. 

(c) Stipendiat tomonidan Yaponiya qonunlarini buzilishi.  

(d) Universitet tomonidan intizomiy choralar ko‘rilishi (oliy o‘quv muassasasidan chiqarib yuborilishi kabi). 

(e) Stipendiatning akademik o‘zlashtirmasligi.  

(f) Yaponiyada bo‘lish paytida “College Student (ryugaku)” maqomini boshqa har qanday maqomga o‘zgartirilganida. 

(g) Stipendiat boshqa dastur bo‘yicha grantni olganida (tadqiqot uchun mablag‘lar olishdan tashqari). 



 

(h) Yuqoriroq bosqichda ta’limni davom ettirayotgan hamda stipendiyani uzaytirilishi ma’qullanmagan stipendiatlar. 



 

Aviachiptalar:  

Yaponiyaga  yetib  kelish:  Stipendiatga  stipendiatning  yashash  joyiga  yaqin  xalqaro  aeroportdan  Yangi  Tokio  xalqaro 

Narita  aeroportigacha  (yoki  qabul  qiluvchi  oliy  o‘quv  yurtining  belgilangan  yo‘nalishiga  muvofiq  o‘qish  joyiga  yaqinroq 

aeroportgacha) bo‘lgan MEXT tomonidan belgilangan yo‘nalish bo‘yicha (ekonom. klass) aviachipta beriladi. MEXT chiptalarga 

buyurtma beradi va Yaponiyaga yetib kelish kunini belgilaydi. Uydan xalqaro aeroportgacha yo‘l kira haqi, aeroport yig‘imi va 

boshqa bojlar kabi xarajatlar qoplanmaydi. (Stipendiatning yashash joyiga eng yaqin xalqaro aeroport so‘rovnomada ma’lum 

qilingan ma’lumotlarga muvofiq aniqlanadi). Agar stipendiat Yaponiyaga ko‘rsatilgan muddatda yetib kela olmasa, aviaparvoz 

xarajatlari haqi to‘lanmaydi. 

 

Yaponiyadan jo‘nab ketish: Stipendiya to‘lov tugallanganidan so‘ng va talaba arizasiga ko‘ra MEXT belgilagan sanaga 

qadar Yangi Tokio xalqaro Narita aeroportidan stipendiatning yashash joyiga yaqin xalqaro aeroportgacha (yoki qabul qiluvchi 

oliy  o‘quv  yurtidan  oddiy  yo‘nalishiga  muvofiq  talabaning  yashash  joyiga  yaqinroq  xalqaro  aeroportgacha)  (ekonom.  klass) 

aviachipta beriladi. 

 

*Stipendiat  muddatni  uzaytirmasdan,  biroq  stipendiya  muddatini  uzaytirishga  talabnoma  taqdim  etib  vataniga  qaytgan 



taqdirda, unga vataniga qaytish uchun yo‘l xarajatlari haqi to‘lab berilmaydi. 

* Yaponiyaga/dan uchib o‘tish davrida sug‘urtalash haqini stipendiatning o‘zi to‘laydi. 

*Agar stipendiat stipendiya olish muddati tugagandan so‘ng Yaponiyada qolishni davom ettirsa va, unga vataniga qaytish 

uchun yo‘l xarajatlari haqi to‘lab berilmaydi. 

 

O‘qish haqi: Kirish imtihonlari xarajatlarini, kirish badallari hamda o‘qish xarajatlarini Yaponiya hukumati o‘z zimmasiga 

oladi. 


 

5. SARALASH TARTIBI 

 

Yaponiya elchixonasi stipendiya olish bo‘yicha arizalarni qabul qiladi va tanlovning birinchi bosqichida nomzodlarni testdan 



va suhbatdan o‘tkazish ishalrini olib boriladi. Barcha nomzodlar quiydagi ingliz tilida tuzilgan imtihonlarni topshiradilar: 

 

 



Ingliz tili 

Matematika 

Fizika 

Kimyo 


Biologiya 

Yapon tili 

GIF-A* 



 



Math A  

 

 



 

 



GIF-B* 

 



Math B 

 

 



 

 



TF-A* 

 



Math B 

 



 

 



 

TF-B* 



 

Math B 



 

 



 



 

TF-C* 


 

Math B 



 

 



 



 

     * Mutaxassislikni 1-sonli bandda “Ta’lim sohalari”da ko‘ring. 

 

Dastlabki saralash natijalari nomzodlarga Yaponiya elchixonasi tomonidan xabar qilinadi. Tanlovning birinchi bosqichidan 



o‘tgan nomzodlar elchixona tomonidan Yaponiyaning ta’lim, madaniyat, sport, ilm-fan va texnika vazirligiga (Monbukagakusho: 

MEXT)  ko‘rib  chiqish  uchun  tavsiya  etiladi,  va  vazirliko‘z  navbatida,  saralashning  ikkinchi  bosqichini  o‘tkazib,  nomzodlarni 

stipendiatlar  sifatida  qabul  qilish  to‘g‘risidagi  yakuniy  qarorni  qabul  qiladi.  Saralash  har  bir  ta’lim  sohasi  bo‘yicha  amalga 

oshiriladi. 

 

6. TAYYORLOV KURSI 

 

(1) Universitetga kirish oldidan tayyorlov kursi: 



Yaponiya universitetiga kirish oldidan stipendiat MEXT tayinlagan tayyorlov o‘quv muassasasida ta’lim oladi (Tokio chet 

tillari  instituti  yoki  Osaka  universiteti).  Tayyorlov  kursi  1  yilga mo‘ljallangan  hamda  yapon  tili intensiv  kursi  va  asosiy  fanlar 

(Yaponiya  bo‘yicha  mamlakatshunoslik,  matematika,  ingliz  tili,  o‘z  mutaxassisligi  bo‘yicha  kirish  kurslari:  gumanitar  fanlarni 

o‘rganishga  ixtisoslashganlar  uchun  –  sotsiologiya,  tabiiy  fanlarni  o‘rganishga  ixtisoslashganlar  uchun  –  fizika  /  kimyo  / 

biologiya va sh.k.) bo‘yicha darslarni o‘z ichiga oladi. 

 

(2) Asosiy mutaxassisligini o‘zgartirish: 



Tayyorlov kursi davomida va universitetga o‘qishga kirganda talaba gumanitar / ijtimoiy fanlar va tabiiy fanlar o‘rtasida o‘z 

mutaxassisligini o‘zgartirishi yoki gumanitar, Ijtimoiy fanlar (GIF-A, B) va tabiiy fanlar (TF-A, B, C) o‘rtasida o‘z mutaxassisligini 

o‘zgartirishi mumkin emas. 

 

 



 

 

(3) O‘qitiladigan fanlar: 



Talaba ilgari o‘tgan bo‘lsa ham, o‘quv dasturiga kiritilgan barcha fanlarni o‘rganishi zarur.  

 

(4) Universitetga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish: 



Universitetda darhol o‘qishni davom ettirish uchun yapon tili bo‘yicha yetarlicha tayyorgarlik bo‘lganda yoki o‘qishda yapon 

tilini bilish talab etilmaydigan universitetga kirish (to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish) istagida bo‘lgan stipendiatlar uchun  tayyorlov kursini 

bekor qilish mumkin (№7 (6)). 

 

(5) E’tibor berish zarur: 



Agar tayyorlov kursini bitirgandan so‘ng stipendiat qoniqarsiz natijalarni ko‘rsatsa, u oliy o‘quv muassasasiga o‘qishga kira 

olmaydi. (O‘zlashtirish darajasi qoniqarsiz bo‘lganda stipendiat o‘qishni to‘xtatishi hamda vataniga qaytishi lozim bo‘ladi). 

 

7. UNIVERSITETDA O‘QISH 

 

(1)  Universitetga  kirish:  Tayyorlov  kursidan  o‘tganidan  so‘ng  stipendiat  universitetga  kirish  imtihonlarini  topshiradi.  MEXT 



tayyorlov  kurslari  ma’muriyati  bilan  hamkorlikda  tayyorlov  kursidagi  o‘qish  natijalari  va  mutaxassislik  bo‘yicha  kirish  kurslari 

bo‘yicha imtihonlar natijalariga asoslanib stipendiat kirish imtihonlarini topshiradigan universitetni tanlash haqida qaror qabul 

qiladi. Universitetni tanlash haqida qaror yakunlovchi hisoblanadi. 

 

(2) Yaponiyada o‘quv yili 1 apreldan boshlanadi va 31 martda tugallanadi. 



 

(3)  Universitetdagi  barcha  leksiyalar,  nazariy  va  amaliy  darslar  yapon  tilida  olib  boriladi  (talaba  yapon  tilini  bilish  talab 

etilmaydigan universitetga yo‘llangan holatlar bundan mustasno).  

 

(4) O‘qishning to‘liq kursidan o‘tganidan va sinovlarning (“credits”) zarur miqdorini qo‘lga kiritganidan so‘ng talaba universitetni 



bitirganligi to‘g‘risidagi bakalavr “gakushi” diplomini oladi.    

 

(5) Ta’lim sohasini va o‘qitiladigan fanlarni o‘zgartirish: №6 (2) va (3). 



 

(6) Tayyorlov kursisiz o‘qishga kirish:  Agar nomzod bir yillik tayyorlov kursisiz stajirovkadan o‘tishni xohlasa, stipendiatning 

universitetga qabul qilinishi haqida qaror MEXT tomonidan tegishli universitet bilan birgalikda qabul qilinadi. Tayyorlov kursisiz 

o‘qishga  kirishni  istagan  nomzod  universitet  tomonidan  qabul  qilinmagan  taqdirda,),  uning  nomzodligi  dasturda  ishtirok 

etishdan rad etiladi. Shu uchun  tayyorlov kursisiz o‘qishga kirish variantini tanlashda, so‘rovnoma blankini to‘ldirish oldidan 

tanlangan universitetga o‘qishga kirish shartlariga alohida e’tibor berish kerak (o‘qishga kirish uchun tayyorlov kursi zarurmi 

yoki yo‘qmi), fakultetlar va kafedralar, o‘qishga qabul qilinadigan talabalar soni haqida ma’lumotlarni aniqlash kerak.  

 

8. STIPENDIYA OLISHGA HUJJATLARNI TAQDIM ETISH TARTIBI 

 

Nomzod  Yaponiya  Elchixonasiga  quyida  ko‘rsatilgan  hujjatlarni  taqdim  etishi  lozim.  Taqdim  etilgan  hujjatlar  qaytarib 



berilmaydi. 

 

 



№   

asl 


nusxa 

nusxa 


①  Ariza (blank)  

Fotosurat (4.5 x 3.5 sm.) ikki nusxa uchun.

 





②  Tanlangan universitetlar blanki 

Fotosurat. Faqat tayyorlov kursisiz o‘qishni xohlovchi nomzodlar uchun. 

1  

 

③ 



Oxirgi 3 yil o‘qish davomidagi baholari ko‘chirmasi



 



④  Maktab / Litsey bitirganlik haqida shahodatnoma nusxasi



 (oxirgi o‘qish joydan ilova bilan) 

Hali diplom olmagan nomzodlar o‘quv joyidan uning belgilangan muddatda olishini tasdiqlovchi 

ma’lumotnomani taqdim etish zarur. 

 





⑤  Oxirgi o‘qish joydan tavsiyanoma 

Maktab / Litsey bitiruvchilari uchun – maktab / litseydan (sinf rahbari yoki maktab direktori) 

Institut talabalari uchun – institutdan (o‘qituvchi / kafedra mudiri / dekan / rektor) 



⑥ 

Tibbiy guvohnoma (blank)  



⑦  Oliy o‘quv muassasasidan ma’lumotnoma

 (talabalar uchun) 





 

 



* Barcha hujjatlar ingliz va yapon tilida qat’iy to‘ldirilgan va tuzilgan bo‘lishi yoki ularga notarial tarzda yoki maktab / litsey / 

oliy o‘quv muassasasida tasdiqlangan mazkur tillardan biriga tarjimasi ilova qilinishi lozim.  

** 



 bilan belgilangan hujjatlar, shuningdek, ushbu hujjatlarning tarjimalari maktab / litsey / oliy o‘quv muassasa rasmiy 



muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. 

***    Biror-bir  hujjat  yetarli  bo‘lmaganda  yoki  hujjatlar  noto‘g‘ri  to‘ldirilganda  nomzod  dasturda  ishtirok  etish  huquqini 

yo‘qotadi. 

****  Har  bir  blankning  yuqoridagi  o‘ng  burchagida  hujjatlarni 

①-⑦  bilan  belgilash  kerak. Hujjatlar  ro‘yxatga  muvofiq 

tartibda 2 ta (asl nusxa, nusxa) to‘plamda joylanishi hamda konvert yoki faylga solinib taqdim etilishi lozim. Hujjatlarni stepler 

bilan biriktirilgan holda topshirish KERAK EMAS. 

 

 



9. DASTUR REJASI 

 

2016 yil   



18 aprel 

 

Arizalarni tarqatishni boshlash 



20 may  

 

Arizalarni qabul qilishni tugatish  



27 may 

 

Arizalar tanlovi natijalari haqida xabar berish  



(O‘tganlar  ro‘yxati  Elchixonada  osiladi,  ariza  beruvchilarning  o‘zlari  elchixonaga  qo‘ng‘iroq 

qiladilar) 



4, 5 iyun 

 

Asosiy fanlar va tillar bo‘yicha yozma testlar 



Iyun  

  

Yozma testlar natijalari haqida xabar berish  



Iyul    

 

Suhbatdan o‘tkazish 



 

(Imtihonlar vaqti va joyi keyinroq e’lon qilinadi). 

 

 

 



 

Arizani va barcha hujjatlarni Yaponiya elchixonasida va quyidagi veb-saytda olishingiz mumkin: 

http://www.uz.emb-japan.go.jp/culture-education/education/ministry/ 

 

 



Yozma testlarga tayyorlanish uchun o‘tgan yilgi testlar savolnomalarini va ularning javoblarini  

quyida ko‘rsatilgan saytdan yuklab olishingiz mumkin: 

 

http://www.studyjapan.go.jp/en/toj/toj0302e-32.html#1



 (en) 

 

http://www.studyjapan.go.jp/jp/toj/toj0302j-32.html#1



 (jp)   

 

O‘quv dasturlari, arizalarni to‘ldirish va dastur bilan bog‘liq savollar to‘g‘ilganda  



Elchixonaning Madaniyat va axborot bo‘limiga 

qat’iy soat 09:00 dan 13:00 gacha hamda 14:30 dan 18:00 gacha 



120 80 60/61/62/63 telefoniga murojaat qilishingiz mumkin. 


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling