Integral mikrosxemalar asosidagi xisoblagichlar sxemalarni tekshirish


Download 67.49 Kb.
bet1/5
Sana14.12.2022
Hajmi67.49 Kb.
#1005963
  1   2   3   4   5
Bog'liq
7 (1)


Integral mikrosxemalar asosidagi xisoblagichlar sxemalarni tekshirish.


Ishning maqsadi: Hissoblagich, ketma-ketli hisoblagichlar, ayiruvchi hisoblagichlar, ixtiyoriy sanoq moduliga ega bo`lgan ketma-ketli hisoblagichlar, parallel hisoblagichlarnio`rganib chiqish.

Bir necha triggerli chastotani, ikkiga bo`lish sxemalarini ketma-ket ulab, ikkilikma’lumotlaminafaqat saqlash, balki chastotani bo`lish va uning kirishiga kelayotgan impulslarni sanash uchun ishlatish mumkin. Agar qurilma uning kirishlariga berilayotgan impulslarni hisoblashni amalga oshirsa, bu qurilma hisoblagich deb, agar chastota bo`lishlarini hisoblasa chastota bo`luvchi deb ataladi. Hisob natijalari hisoblagich chiqishida ikkilik son ko`ri- nishida berilgan kod va talab etilyotgan vaqt davomida saqlanishi mumkin.


Hisoblagichlar va chastota bo`luvchilari EHM va boshqa raqamli avtomat qurilmalari, VAda aloqa va nazorat-o`lchov apparaturasida hisob-kitob amallarini boshqarishda keng qo`llaniladi.
Hisoblagichning asosiy statik parametri bo`lib, Ksanoq moduli hisoblanadi. U hisobning boyish koeffitsiyenti va hisoblagich tomonidan o`qilishi mumkin bo`lgan maksimal impulslar soni bilan aniqlanadi. Kta impuls kelgach, hisoblagich dastlabki holatiga qaytadi. K— 2" ga teng bo`lib, n - hisoblagichning ikkilik razryadlari sonini bildiradi. Sanoq moduli qiymatiga ko`ra, hisoblagichlar ikkilik (sanoq moduli 2 ning to`liq darajasiga teng bo`lgan) va ikkilik-kodli (sanoq moduli 2 ning to`liq darajasiga teng bo`lmagan ixtiyoriy sonni qabul qilishi mumkin bo`lgan) turlarga bo`linadi.
Hisoblagichning asosiy dinamik parametribo`lib, 1Kchiqish kodining o`rnatilish vaqtihisoblanadi. Bu kattalik kirish signali berilgan vaqt momentidan chiqishda yangi kod hosil boiish vaqt momenti oralig`iga teng. tK hisoblagich tezkorligini ifodalaydi.
HissoblagichlarT, D va JK- triggerlar asosida tuziladi. Talab etilgan
hollarda razryadlararo va teskari mantiqiy bog`lanishlarda MElar qo`llash mumkin. Talab etilgan elementlar sonini minimallash uchun to`rtrazryadli hisoblagich sxemalari ikkilik va o`nlik variantlarda ishlab chiqariladi.

Download 67.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling