O‘zbekiston Respublikasi
O‘zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligida
Davlat patent idorasi direktorining
2002 yil 27 avgustda
2002 yil 19 avgustdagi
1168-son bilan
42-son buyrug‘i bilan
«RO‘YXATGA OLINGAN»
«TASDIQLANGAN»
INTEGRAL MIKROSXEMALAR TOPOLOGIYALARINI RO‘YXATDAN O‘TKAZISH
UCHUN TALABNOMA TUZISH VA TOPSHIRISH QOIDALARI VA DAVLAT
EKSPERTIZASINI O‘TKAZISH TARTIBI
Ushbu Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining «Integral mikrosxemalarning topologiyalarini
huquqiy muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonuniga (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi)
muvofiq ishlab chiqilgan va Integral mikrosxemalar topologiyalarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun
talabnoma (bundan buyon matnda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma deb yuritiladi) tuzish va
topshirish hamda davlat ekspertizasini o‘tkazish tartibini belgilaydi.