Integrasiyasi: muammo va yechimlar
Download 61.95 Kb. Pdf ko'rish
|
Макола Хуршида
Tashkent Medical Academy
Volume 4 | TMA Conference | 2023 Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta’lim va amaliyot integrasiyasi: muammo va yechimlar 253 May 6 https://tma.uz/ International Scientific and Practical Conference D.SH.Matros, V.N.Pugach va N.F.Yefremovalar о„z tadqiqotlarida «ta‟lim sifati» tushunchasi shakllanishining birinchi boshlang„ich davri qadimgi dunyo davlatlarida mavjud bо„lgan darvga borib taqaladi, degan fikrni aytishgan. «Sifat» tushunchasini Aristotel borliqning kо„rinishdagi farqlanishi sifatida ta‟riflagan. Uning fikricha biror-bir predmet boshqasi bilan bir xil bо„lmaydi, chunki u sifat jihatdan о„ziga xos bо„lgan xususiyatlarga ega. Sifat tushunchasi ma‟lum bir holat, borliqning farqli jihatlari, predmetga xos bо„lgan xususiyatlar, rivojlanayotgan yoki harakatlanayotgan ob‟yektning joylashish koordinatalaridan iborat ekanligidadir. Mazkur masalaga oid fikrlar о„sha davr faylasuflarining ta‟lim jarayoni va natijalari qanday bо„lishi kerak, degan qarashlarida о„z aksini topgan. Qadimgi dunyo faylasuf olimlarining fikricha, ta‟lim va tarbiyaning eng samarali natijasi insonning komilligi bо„lishi lozim degan fikrni ilgari surganlar. Gerakl kо„p ma‟lumotni bilish aqllilikka о„rgatmaydi, deb ta‟kidlagan bо„lsa, Konfutsiy ta‟limning eng oliy darajali maqsadi insonning ma‟naviyatli va odob-ahloqli bо„lishi, urf-odat, an‟analarni bilishi, yaqin insonlarga hurmatda bо„lishi va о„zi tug„ilib о„sgan zaminni sevib ardoqlashida deb ta‟kidlaydi. Ta‟lim sifatiga yondashuvlar XVIII asrga kelib tubdan о„zgardi. Bu davrda ta‟lim- tarbiya va bilim konsepsiyasi takomillashib, ilm-fanning nazariy va ilmiy tajriba yutuqlari sifatni belgilovchi omil hisoblana boshladi. Ta‟lim sifati tushunchasiga S.YE.Shishov va V.A.Kalniylar «Maktab: ta‟lim sifati monitoringi» deb nomlangan kitobida «Ta‟lim sifati – ta‟lim jarayoni ishtirokchilarining umid va maqsadlarining ta‟lim muassasasi tomonidan kо„rsatilgan ta‟lim xizmatidan qondirilish darajasi» yoki «Ta‟limdan kо„zlangan maqsad va vazifalarga erishilgan darajasi» deb ta‟rif berganlar. Mazkur tushunchaga A.Moiseyev «Ta‟lim sifati – о„quvchilar, jamiyat va buyurtmachilar talab va ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan ta‟lim natijasining xususiyatlari va xarakteristikasining о„ziga xos jamlanmasi» deb ta‟rif beradi. N.V.Bordovskaya va A.Rean ta‟lim sifati quyidagi о„ziga xos uchta jihat: ta‟lim natijalari va maqsadlarining aniq bir ta‟lim tizimi yoki ta‟lim muassasasi miqyosida moslik darajasi; alohida bir shaxsning ta‟limiy tayyorgarlik darajasining belgilangan parametrlarga mosligi; nazariy bilimlar va kо„nikmalarni shaxsiy hamda kasbiy faoliyatda qо„llay olishning mosligi darajasi bilan ajralib turishini ta‟kidlagan. V.Gurov esa «ta‟lim sifati» tushunchasini aniqlashtirishda tadqiqotchilar asosan tо„rtta yondashuvga oid ta‟rif berganlarini ta‟kidlaydi: ta‟lim muassasasining shart- sharoitlar va mexanizmlarga mos meyorlar asosida faoliyat kо„rsatishi; mutaxassislar tayyorlash sifati; ta‟lim standartlari sifati; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling