Intelektual boshqaruv va komoyuter tizimlari


Keyingi avlod konvergent tarmoqlarning arxitekturasi


Download 200.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/18
Sana10.11.2023
Hajmi200.3 Kb.
#1762840
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Keyingi avlod konvergent tarmoqlarning arxitekturasi 
Keyingi avlod konvergent tarmoqlarning arxitekturasi 4 ta satxdan iborat (2.2- 
rasm): 
1. Tarmoq xizmatlarini boshqarishi. 
2. Tarmoqni boshqarish. 
3. Transportirovka, ya’ni kommutatsiya va uzatish tarmog‘i. 
4. Kirish imkoniyatini berish. 
Birinchi satx, tarmoq xizmatlari foydalanuvchilarga yagona 
xizmatlar to‘plamini beradi ya’ni PSTN uchun, IP – telefoniya uchun, mobil 
tarmog‘i uchun va hokazo. Buning uchun bu satxda operatsion tizim OSS, har xil 
serverlar: takliflar, media – resurslar, foydalanuvchi joylashgan joy haqida 
ma’lumotlar va hokazolar bo‘ladi. 
Ikkinchi satx, tarmoqni boshqarish satxi bo‘lib, dasturlangan 
kommutator Softswitch hisoblanadi. U signal buyruqlariga ishlov beradi, buyruqlar 
yaratadi, chaqiriqni marshrutlaydi, oqimlarni boshqaradi. 
Uchinchi satx, transport satxi bo‘lib, u paketli kommutatsiya tarmog‘i 
hisoblanadi. Bu tarmoq ATM – tarmoq, IP – tarmoq yoki MPLS tarmoq bo‘lishi 
mumkin. Bu satx ikkinchi satxdan olgan buyrug‘i asosida bog‘lanishni o‘rnatish 
uchun kommutatsiyalashni va axborotni uzatishni amalga oshiradi. 
To‘rtinchi satx kirish imkoniyatini beruvchi satx bo‘lib, NGN tarmog‘i 
xizmatlariga ulanish uchun interfeyslar keng to‘plamini beradi. 
U IAD – integrallashgan kirish qurilmasi, kirish media shlyuzi, signalizatsiya 
shlyuzi, transport media-shlyuzi, universial media-shlyuzi, video ow dan iborat. 
Chaqiruvchi axborotning formati, ushbu tarmoqda uzatish uchun 
ishlatiladigan mos formatga o‘zgartiriladi. Integrallashgan kirish qurilmasi (IAD): 
NGN arxitekturasida ishlatiladigan abonentli kirish qurilmasidir. Bu qurilma 
yordamida paketli tarmoq bo‘yicha ma’lumotlarni uzatish, tovushli aloqa, 
videoaxborot va boshqa xizmatlar amalga oshiriladi. Har bir qurilmada (AD), 
maksimum 48 ta abonent portlari ko‘zda tutilgan. 

Download 200.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling