Intelektual boshqaruv va kompyuter tizimlari
Mavzu: Buzilishlarsiz ishlash vaqtining ishonchlilik ko`rsatkichlarini intervalli baxolarini olish Ishdan maqsad
Download 30.14 Kb.
|
Intelektual boshqaruv va kompyuter tizimlari-fayllar.org
Mavzu: Buzilishlarsiz ishlash vaqtining ishonchlilik ko`rsatkichlarini intervalli
baxolarini olish Ishdan maqsad: inson mashina sistemalarida ishonchlilik ko‘rsatkichini aniqlash va ularni ishonchlilikni oshirishdagi o‘rni. Asosiy qism: Texnik diagnostikaning vazifalari – avtomatlashtirilgan sistemasining ishonchlilik va chidamliligini yuqori darajada saqlab, TXK va JT uchun ehtiyot qismlar va ekspluatatsion materiallr sarfini kamaytirishdir. Pirovard natijada diagnostika avtomatikaning boshqarish sistemasining samaradorligini oshirishga, yani uning unumdorligini oshirib, tashish tannarxini kamaytirishga qaratilgan. Ekspluatatsiya jarayonida sodir bo‘ladigan buzilishlarni aniqlash va oldini olish avtomatikaning texnik vositalari ishonchliligini va yuqori samaradorligini saqlab turishning asosiy shartlaridan biridir. Texnik holat diagnostikasi – deb, har xil texnik holatlarning yuzaga kelishini nosozliklarni aniqlashning usul va vositalarini o‘rganadigan va obektni bo‘laklarga ajratmasdan turib uning istiqboldagi ish resursini aniqlaydigan (aytib beradigan) bilimlar tarmog‘iga aytiladi. Diagnoz qo‘yish – deb, agregat va mexanizmlar texnik holatini bo‘laklarga bo‘lmasdan aniqlash texnologik jarayoni va kerakli TXK va JT o‘tkazish zarurligi bo‘yicha xulosa chiqarishga aytiladi. Diagnostikani mexanizmning texnik holati to‘g‘risida axborot beruvchi tashqi belgilar bo‘yicha olib boriladi. Bunda mexanizmning namoyon bo‘lmagan buzilishlari va ularni bartaraf etish uchun kerakli tamir ishlarini aniqlash imkoniyati hamda mexanizmning soz ishlash resursi va profilaktika ishlarining zarurligi begilanadi. Avtomatik sistemasi diagnostikasi korxonada TXK va JT jarayonlarnning bir qismi hisoblanadi. Nosozliklarni aniqlash va ularni bartaraf qilish hamda o‘z vaqtida profilaktika ishlarini o‘tkazish yeyilish jarayonlari jadalligini pasaytirish, buzilmasdan ishlash ehtimolligini oshirish va tamir ishlarini imkon boricha kamaytirish imkonini beradi. Shunday qilib, diagnostika transport sistemasining buzilmasdan ishlashlik va samaradorlik xususiyatlarini miqdor jihatidan baholash va bu xususiyatlarni qoldiq resurs yoki berilgan masofa chegaralarida oldindan aytib berish imkonini yaratadi. Diagnostikaning keyingi rivojlanishi transport vositalari konstruksiyalarining takomillashishiga, diagnostika tizimlarining avtomatlashtirish darajasiga va ularning ixtisoslashuviga bog‘liq. Bu tadbirlar TXK va JT texnologik jarayonlari boshqaruv sifatini yaxshilash maqsadida amalga oshiriladi. Avtomatik vositalari diagnostikasi rivojlanishining asosiy masalalarini yechish diagnoz qo‘yish metodlarini, vositalarini, meyoriy ko‘rsatkichlarini va algoritmlarini ishlab chiqish, diagnostika qo‘llanishining optimal texnologik va 7
maqsadida statistik materiallar to‘plash va diagnostikaning iqtisodiy samaradorligini oshirishga bog‘liq. Diagnostika – nazorat ishlarining yangi pog‘onasidagi takomillashgan shaklidir. U ananaviy nazorat operatsiyalaridan, birinchidan, haqqoniylik va agregat, mexanizmlar texnik holatini aniq baholash bilan, ikkinchidan, ularning samaradorlik parametrlarini aniqlash imkoni bilan (quvvat, yonilg‘i iqtisodiyoti, tormozlarning, ilashuvlarning ishchi ko‘rsatkichlari va h.k.larni aniqlash), uchinchidan, nazorat rejimlarini optimallash orqali transport vositalari texnik holatini tezkor boshqarish uchun sharoitlarning borligi bilan farq qiladi. Diagnostikaning rivojlanishi nosozliklarni aniqlash va diagnoz qo‘yish ishlarini keng avtomatlashtirish imkonini beradi. Avtomatik vositalari diagnostikasining iqtisodiy samaradorligi quyidagicha: JT sarflari 8...12% ga, ehtiyot qismlar sarflari 10...12% ga yonilg‘i sarfi 2...5% ga kamayadi; avtoshinalar yuradigan yo’l esa 3...5% ga o‘sadi. Avtomatik vositalarni ekspluatatsiya qiladigan idora TXK va ekspluatatsiya bo‘yicha qo‘llanmaga binoan quyidagilarni ishlab chiqadi: TXK, JTlarni bajarayotganda diagnostikani tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tipik texnologik jarayon xaritasini; diagnoz qo‘yish xaritasini; jamg‘arma xaritani; diagnoz, jamg‘arma malumotlari va axborotga ishlov berish bo‘yicha hisoo-kitob hujjatlari majmuini. Diagnoz qo‘yish xaritasi hamma holatlarda bajarilgan diagnostik natijalarini qayd etish, TXK va JT jarayonlarida bajariladigan ishlar bo‘yicha qaror qabul qilish uchun xizmat qiladi. Avtomatik sistemasi (agregati, mexanizmi) elementlarning tartibga keltirilgan strukturasidir. Uning ishi ko‘rsatilgan elementlarning bir-biri bilan o‘zaro bog‘liqligi orqali amalga oshiriladi. Bu bog‘liqlik fizik miqdorlar orqali ifodalanib, strukturaviy parametrlar yoki texnik xolat parametrlari deb ataladi (tortish kuchi, bosim, tebranish amplitudasi, tovush kuchi, tok kuchi, harorat va h. k). Ekspluatatsiya jarayonida strukturaviy parametrlar nominal miqdorlardan chegaraviy miqdorlargacha uzlukli yoki uzluksiz o‘zgarishi mumkin va demak obektning texnik holati uning sozligini belgilaydigan strukturaviy parametr miqdorlarining chetga og‘ishlari majmui bilan aniqlanadi. Diagnostika obektlari strukturaviy parametrlarini agregat va mexanizmlarni ajratmasdan turib bevosita aniqlash imkoniyati juda cheklangan. Shuning uchun transport sistemasi mexanizmlarining texnik holatini aniqlayotganda diagnostik parametrlardan foydalaniladi. 8
bilan bog‘langan va obektning texnik holati to‘g‘risida kerakli malumot beradi. Ishchi va yordamchi (hamkor) jarayonlar va ularning hosilalari parametrlari diagnostik parametrlar bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Avtomatik sistemalarning texnik diagnostikasi nazariyasi va amaliyoti chiqish xarakteristkalari miqdorlari va parametrlarining uning strukturaviy parametrlariga (diagnostika obektining texnik holatiga) bog‘liqligiga asoslangan. Ishlayotgan obektning chiqish jarayonlari fizik yoki kimyoviy jarayonlar bo‘lib, ular obekt ishi davomida sodir bo‘ladi va obektdan tashqarida namoyon bo‘ladi. Masalan, dvigatel energiya ishlab chiqaradi va bir vaqtning o‘zida yonilg‘i va havo yutadi, isiydi, ishlatilgan gazlarni chiqarib tashlaydi, shovqin chiqaradi, tebranadi. Download 30.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling