Intellektual tizimlar va dasturlash texnologiyalari fakulteti


Tadqiqot obyekti va predmeti


Download 21.02 Kb.
bet2/4
Sana25.06.2023
Hajmi21.02 Kb.
#1654560
1   2   3   4
Bog'liq
Dessertatsiyaga Kirish Sindarov M.O

Tadqiqot obyekti va predmeti: O‘zbek kompyuter lingvistikasining matnni avtomatik tahrir va intellektual tahlil qilish yo‘nalishlari, taʼlim va ishlab chiqarishning turli sohalarida lingvo-matematik modellar, algoritmlar, dasturiy majmualar asosida tizimlar yaratish texnologiyalarining obyekti hisoblanadi.
Tadqiqotning predmeti esa zamonaviy dasturlash texnologiyalari va instrumental vositalari bazasida o‘zbek kompyuter lingvistikasi masalalarini hal qilish uchun mo‘ljallangan tizimni - matn muharririni yaratishdir.
Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. Tadqiqot jarayonining asosiy maqsadi amaliy va kompyuter lingvistikasi predmet sohalarining masalalarini hal
qilish uchun integrallashgan dasturiy majmuani tabiiy til matnini qayta ishlash tizimi – matn muharriri shaklida loyihalash va ishlab chiqishdir.
Bu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni bajarish talab qilinadi:
-Kompyuter lingvistikasi masalalarini o‘rganish, o‘ziga xos xususiyatlarini ajratish va tahlil qilish;
-Sohaning asosiy muammolari va masalalarni hal qilish uchun mo‘ljallangan dasturiy taʼminotning turi, strukturasi va komponentalarini taklif etish va asoslash;
-Rejalashtirilgan matn muharririni ishlab chiqish;
-Muharrirning asosiy va qo‘shimcha ishchi funksiyalarini dasturiy modullar shaklida yaratish;
-Muharrir muhitiga umum-ishlov funksiyalar bilan birgalikda lingvistik masalalarni hal qiluvchi dasturiy vositalarni kiritish, ularni qadam va qadam kengaytirish mexanizmlarini taklif etish;
-Lingvistik masalalarni yechish modellari, algoritmlari va ularning dasturiy modullarini ishlab chiqish;
-Tizimni ishlashini namoyish etish va rivojlantirish yo‘llarini rejalashtirish.
Tadqiqotdan ilmiy yangiligi. Dissertatsiya ishida o‘zbek kompyuter lingvistikasi masalalarini yechish uchun hozirgi paytda sohaning yirik mutahasislari tomonidan maʼqullangan va istiqboli hisoblanadigan algoritmik yondashish qo‘llanilgan. Shuning negizida sohaning masalalarini hal etish uchun dasturiy taʼminot turini birinchi marta maxsuslashtirilgan matn muharriri sifatida ishlab chiqish va uning faoliyat siklini davom ettirish taklif qilingan. Muharrirning strukturasi, komponentalari va yaratish bosqichlari asoslangan.
Lingvistikaning modellashtirish, algoritmlashtirish va dasturiy taʼminot yo‘nalishlarining masalalari: lug‘at hosil qilish modellari, o‘zbek tili qoidalariga binoan avtomatik tahlil qilish lingvo – matematik modellari, matndan kalit so‘zlarni ajratish algoritmlari va dasturiy modellarni loyihalash ham hal qilinadi.

Download 21.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling