Intellektual va ekspert tizimlarining arxitekturasi


Download 98.9 Kb.
bet10/13
Sana09.04.2023
Hajmi98.9 Kb.
#1346869
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
0WUvchzplYBAQlAotUHU6BWaok9HyFyBG1Ds7CER

Uchinchi avlod robotlari quyidagi tizimlar, ya’ni idrok qilish (qabul qilish), bilimlarni berish (ya’ni ularning ifodasi shaklini), harakatini rejalashtirish va amalga oshirish tizimlari bilan jihozlanishi kerak. Robotning markaziy zvenosi bo’lib bilimlar taklif qilish tizimi hisoblanadi. Bu tizim masalalarni yechishda bilimlarni to’plash, sozlash va ishlatishni amalga oshiradi. Bilimlarni taqdim etish robot qaysi sinf masalalarini yechishiga qarab tanlanadi.

Sun’iy intellekt tizimlarining rivojlanish tarixi

3. Sun’iy intellekt tizimlari (SIT)

SIT sohasidagi tadqiqotlarning boshlanishini (50-yillar oxiri) Nyuell, Sayman va Shoularning turli xil masalalarni yechish jarayonlarini tadqiq qilish ishlari bilan bog’lashadi. Ular ishining natijasi mulohazalar hisobidagi teoremalarni isbotlashga mo’ljallangan «MANTIQChI-NAZARIYOTChI» va «UMUMIY MASALA YEChUVChI» dasturlari bo’ldi. Bu ishlar SIT-sohasidagi tadqiqotlarning birinchi bosqichini boshlab berdi. Bu tadqiqotlar masalalarni yechishda turli xil evristik usullarni qo’llashga asoslangan dasturlarni ishlab chiqish bilan bog’liq bo’lgan.

Evristik usul bu holda insonning fikrlashiga umuman xos bo’lgan, ya’ni masalani yechish yo’lini uni keyinchalik tekshirishga o’xshash holda qaralgan. kompyuterlarda qo’llanilgan algoritmik usul unga qarshi qo’yilgan bo’lib, bu usul deterministik tarzda natijaga olib keluvchi berilgan qadamlarning mexanik tarzda bajarilishini amalga oshirgan. Evristik usullarning alohida inson faoliyati kabi talqin etilishi SIT terminining paydo bo’lishi va tarqalishiga sabab bo’ldi.

Sun’iy intellekt tizimlarining rivojlanish tarixi

3. Sun’iy intellekt tizimlari (SIT)

  • Bu muammolar 70 yillar o’rtalarida tadqiqotchilar oldiga yanada aniqroq ifodalangan muammolarni qo’ydi. Bu davr SITni tadqiq etishning uchinchi bosqichi edi. Uning xarakterli tomoni tadqiqotchilarning diqqat markazini oldiga qo’yilgan masalani real muhitda o’zi yechadigan, avtonom (alohida) ishlaydigan tizimni yaratishdan, inson intellektini va HM ning imkoniyatlarini birlashtiradigan inson-mashina tizimlarini yaratishga ko’chirish va buning natijasida umumiy maqsadga erishish – integralli inson-mashina yechuvchi tizimining oldiga qo’yilgan masalani yechish edi.

  • Download 98.9 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling