Interconnection


Ochiq tizimlarning tashkil etilishi


Download 129.65 Kb.
bet2/4
Sana12.02.2023
Hajmi129.65 Kb.
#1191498
1   2   3   4
Bog'liq
6-MA\'RUZA

Ochiq tizimlarning tashkil etilishi.


Etalon modelga muvofiq hisoblash tarmog’i taqsimlangan axborot hisoblash muhiti sifatida taqdim etiladi. Ushbu muhit vertikal bo’yicha har biri axborot hisoblash muhiti asosiy vazifalardan birini bajaruvchi qator mantiqiy pog’onalarga bo’linadi. Gorizontal ravishda esa u ISO ochiq tizimi qurilishi talablari va standartlariga javob bera oladigan, ochiq tizim deb ataluvchi lokal qismga bo’linadi (6.1.- rasm).
―Ochiq tizimlar o’zaro bog’lanishi‖ (OSI- Open System Interconnection) atamasi tizimlar orasidagi ma'lumot uzatish jarayonlariga tegishlidir, ya'ni hamkorlikda foydalaniladigan standartlarni ishlatishlari tufayli bir – birlari uchun tizimlar ochiqdir.


А В С D





Оbyekt
Jarayonlar ochiq tizimning o’zaro bog’lanish qismi

Fizikaviy muhit


6.1.-rasm. Ochiq tizimlarning o’zaro bog’lanishi.

Bir qator funksiyalarni bajarib, u yoki bu pog’ona tarkibiga kiruvchi ochiq tizimning bir qismi ob'ekt deb ataladi. N-pog’onaning o’zaro bog’lanish qoidalari yig’indisi N-protokoli deb ataladi. Qo’shni pog’onalar ob'ektlari o’rtasidagi aloqa interfeys orqali aniqlanadi (masalan N-va (N-1)- pog’ona ob'ektlari o’rtasidagi aloqa (N-1)- interfeysi bilan aniqlanadi). Ochiq tizimlar pog’onalarida ma'lumotlarni qayta ishlash, saqlash muhitiga ruxsat jarayonlarini tashkil etish, interfeyslar, shuningdek kommunikasiyalar muhitining transport sathi vazifalarini amalga oshiruvchi operasion muqitning komponentlari aks ettirilgan. Ma'lumotlarni qayta ishlash ochiq tizimlar arxitekturasi qo’llanmaning
«Ma'lumot uzatish tarmoqlari» qismida batafsil ta'riflangan. Ochiq tizimlar g’oyasining ahamiyati shundaki, komponentlar guruhining vazifalari bo’yicha yaqinlik chegarasida ushbu vazifali tizimlarning butun sinfi yoki tizimlar majmuasi uchun interfeyslarni va axborot almashuv jarayonlarning umumlashtirishga uslubiy yondashish imkoniyatini beradi. Ochiq tizimlarining tavsiflari va vositalarini aniqlaydigan konseptual asosi sifatida OSI etalon modeli ishlatiladi. U ochiq tizimlarning turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan tavsiya etilgan tizimlarning bir tarmoqda ishlashini ta'minlovchi o’zaro bog’lanishini aniqlaydi va kuyidagilarni muvofiqlashtiradi:

  • qo’llanish jarayonlarning o’zaro bog’lanishini;

  • ma'lumotlarni taqdim etish shakllarini;

  • ma'lumotlar saqlanilishi bir xilligini;

  • tarmoq resurslarini boshqarish;

  • ma'lumotlar xavfsizligi va axborot himoyasini;

  • dasturlar va texnik vositalarning tashhisini.

Model xalqaro standartlar tashkiloti (ISO) tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, butun dunyoda axborot tarmoqlari konsepsiyasining va ular turlarining asosi sifatida foydalaniladi. OSI modelida o’zaro bog’lanish vositalari 7 ta: qo’llanish/ilovalar, taqdim etish, seans, transport, tarmoq, kanal va fizikaviy pog’onalarga bulinadi. Har bir pog’ona tarmoq qurilmalari o’zaro bog’lanishining ma'lum bir aspekti bilan ish olib boradi.

Download 129.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling