Interfaol metodlar tushunchasi


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/46
Sana12.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1768170
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   46
18.Hamkorlik darslari. 
Hamkorlik darslarini tashkil etish Fizika informatika. Fizika fanidan tayyor 
o’quv dasturlari ham mavjud. Masalan: "Diffuziya. Broun harakati". Bu dasturdan 6 
va 9 sinflarda dars berishda foydalanish mumkin. (Ilova konspekt). Fizika fanidan 
"RNISKLASS" nomli o’quv - ta'limiy o’yin tarzidagi dastur mavjud. Bu dastur 
1993 y mart oyida Moskvada Shitov Yu.A tomonidan tuzilgan. (Ilova yo’riqnoma). 
Bu dasturlardan foydalanib fizika - matematika hamkorlik darslarini tashkil etish 
mumkin. (Vektorlar ustida amallar" mavzusini o’tishda).Fizika fanidan quyidagi 
elektron darsliklar mavjud. 
1.Multimediya darslik. 
2.Mexanika bo’limidan kompyuterlashgan laboratoriya ishlari. 
3.Optika bo’limidan vizual laboratoriya ishlari. 
4.Elektronika asoslari. 
5.Elektr sig’imi. 
6. Elektrotexnika. 
7. Atom va yadro fizikasi. 
19.Ozini – o’zi baholash metodi. 
Fizik diktant olinsa o’quvchi o’zini o’zi baholashi mumkin. Bu uchun 
o’quvchilar yozib bo’lgandan so’ng yozmay qolgan qismlariga so’roq belgisini 
qo’yish taklif etiladi. Doskaga to’g’ri javoblar yoziladi va bolaga ishni tekshirish 
taklif etiladi. 
20.Rolli o’yinlar. 
Guruhlar bo’lib ishlashda albatta har bir o’quvchiga 1 ta rolni taqsimlab berish 
lozim. Aks holda u masuliyatni unchalik his etmaydi. Rollar quyidagicha bo’lishi 
mumkin. 1 ta o’quvchini mavzuni nazariy tushuntirishi lozim, 2 chisi tajribani 
o’tkazishi lozim, 3 chisi rasmni chizib tushuntirishi lozim, 4 chisi tarixiy 
ma'lumotlarni o’rganib aytishi lozim va hokazo. 
Ularga quyidagicha nom qo’yish mumkin. 
- Nazariyotchilar 
- Amaliyotchilar 
- Rassomlar 
- Tarixchilar 
21.Nuqtai nazaring bo’lsin metodi. 
Bahs (Debat) o’tkazish vaqtida o’quvchi o’z nuqtai nazarida qolishga to’la 
haqlidir. 
22.Mustaqil ish metodi. 
Bu metoddan darslarda juda ham keng foydalaniladi. O’quvchining masala 
yechishi, laboratoriya ishini bajarishi, esse yozish, o’z taxminlarini, bilganlarini
yozishi va hokazolar o’quvchining mustaqil ishi faoliyatidir. 

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling