Interfaol ta’lim metodlarini qo’llash amaliyoti
12 ҳафта таълим методлари
- Bu sahifa navigatsiya:
- INTERFAOL METODLAR
- BLITS-SO’ROV METODI
- USULNING MAQSADI
- Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi. Ushbu usul bir necha bosqichda o‘tkaziladi
Kutiladigan natija
|
Mavzu bo‘yicha o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malakalarni o‘zlashtirishlari |
Mavzu bo‘yicha o‘quvchilarning o‘z fikr, xulosalarini shakllantirish, ularni mustaqil bilim olishga o‘rgatish |
INTERFAOL METODLAR
- Interfaol metodlar deganda-ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo‘lgan metodlar tushuniladi. Bu metodlar qo‘llanilganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi.
BLITS-SO’ROV METODI
- Ushbu usul talaba (o‘quvchi)larni, harakatlar ketma-ketligini to‘g‘ri tashkil etishga, mantiqiy fikrlashga o‘rganilayotgan predmet asosidan xilma-xil fikrlar ma’lumotlar ichidan kerakligini tanlab olishni, shu bilan bir qatorda, o‘zgalar fikrini o‘tkaza olish hamda o‘z faoliyati, kunini rejalashtira olishni o‘rgatishga qaratilgan.
USULNING MAQSADI
- Ushbu usul orqali talabalarga tarqatilgan qog‘ozlarda ko‘rsatilgan harakatlar ketma-ketligini avval yakka tartibda mustaqqil ravishda belgilash, kichik guruhlarda o‘z fikrini boshqalarga o‘tkaza olish yoki fikridan qolish, boshqalar bilan hamfikr bo‘la olish kabi ko‘nikmalarni shakllantirish.
Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi. Ushbu usul bir necha bosqichda o‘tkaziladi:
-o‘qituvchi talabalarga ushbu mashg‘ulot bir necha bosqichda o‘tkazilishi haqida tushuncha beradi. Har bir bosqichga mo‘ljallangan vazifalarni bajarishga aniq vaqt berilishi, talabalar esa shu vaqtdan unumli foydalanishlari kerakligi haqida ularni ogohlantiradi;
-o‘qituvchi hamma talabalarga alohida-alohida tarqatma material beradi va ulardan ushbu materialni sinchiklab o‘rganishlarini so‘raydi;
-o‘qituvchi tarqatma material mazmuni va bajariladigan vazifa(tarqatma materialda berilgan harakatlar ketma-ketligini to‘g‘ri belgilash, belgini qog‘ozda alohida ajratilgan bo‘limga raqamlar bilan qo‘yish kerakligi)ni tushuntiradi;
Download 16.76 Kb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling