Interfeys toifalari tushunchasi Interfeys toifalarni abstract bazaviy sinflar bilan taqqoslash Maxsus interfeyslarni kiritish


Download 0.77 Mb.
bet27/50
Sana26.01.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1129439
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   50
Bog'liq
MAVZULAR UMUMIY

Forma xossalari. Hodisalar
Shunday qilib, Visual Studio 2019 dasturlash muhiti biz uchun yaratayotgan ilovamiz uchun bitta tayor forma (Form1 degan oyan) taqdim etar ekan. Shuningdek, muhit biz uchun Form1 sinfini yaratish kodini ham tayyor qilib yozib qo’ygan. Bu kodni bilib bilmasdan o’zgartirish muammolar keltirib chiqarishi mumkin, shu bois unga zarurat bo’lmasa teginmaslik kerak. Mazkur kodni ko’rish uchun Обозреватель решений (Yechimlar manzarasi) oynasida Form1.Designer.cs faylni tanlash kerak:
namespace FormaBilanIshlash
{
partial class Form1
{
///
/// Required designer variable.
///

private System.ComponentModel.IContainer components = null;

///


/// Clean up any resources being used.
///

///
name="disposing">true if managed resources should be disposed;
/// otherwise, false.

protected override void Dispose(bool disposing)


{
if (disposing && (components != null))
{
components.Dispose();
}
base.Dispose(disposing);
}

#region Windows Form Designer generated code


///


/// Required method for Designer support - do not modify
/// the contents of this method with the code editor.
///

private void InitializeComponent()
{
this.components = new System.ComponentModel.Container();
this.AutoScaleMode = System.Windows.Forms.AutoScaleMode.Font;
this.ClientSize = new System.Drawing.Size(800, 450);
this.Text = "Form1";
}

#endregion


}
}
Biz bu kodni tahlil qilish bilan shug’ullanmaymiz, asosan bu formaning turli xossalarini qanday o’zgartirishni ko’rib chiqamiz. Loyihani yaratishning dizayn paytida, yuqorida aytganimizdek, qaysi ob’yekt tanlangan holatda bo’lsa, o’sha ob’yektga oid xossalar Свойства (Xossalar) oynasida aks etadi. Form1 formasini tanlab (tanlash chun uning ustida sichqoncha tugmasini bir marta bosish kerak), xossalar ro’yxatidan, Text xossasini topaylik:

Bu Text xossasinibg ro’parasida Form1 nomi turganini ko’ramiz. Bu nomni o’chirib, o’rniga Birinchi ilovam deb yozib Enterni bossak, shu zahoti formaning sarlavha satridagi Form1 yozuvi o’rnida Birinchi ilovam satri paydo bo’ladi.
Ilova oynasining (yani formaning) boshqa xossalarini ham aynan shu tarzda o’zgartirish mumkin. Misol tariqasida formaning yana bitta xossasini o’zgartirishni ko’rib chiqaylik. Xossalar ro’yxatida BackColor (TagRang) degan xossa bor, shu xossa maydoni o’ng tomonida turgan tugmani bossak,
rang tanlash imkoniga ega bo’lamiz:

Har bir rang nomi bilan birga to’rtburchak ichida uning namunasi ham keltirilgan. Shuningdek, ragnlarni biz Другой, Интернет, Система degan qatlamlardan tanlashimiz mumkin ekan. Biror rangni sichqoncha bilan tanlagan zahotimiz formamizning rangi tanlangan tusga kiradi:

Свойства (Xossalar) oynasida shuningdek tanlangan ob’yekt bilan bog’liq hodisalar ham aks etishi mumkin, buning uchun mazkur oyna yoqiri qismidagi chaqmoq(yashin) rasmi tushirilgan yorliqni bosish kerak. Hodisa deganda rasman nimani tushunish kerakligini biz keyingi bo’limlarda o’tamiz, hozircha hodisa deganda ilova ishlayotganida u e’tibor qilishi kerak bo’lgan biror voqeani tushunamiz, masalan, ilova formasi ustida sichqonchaning chap tugmasi bir marta bosilishi bir hodisa bo’lsa, ikki marta bosilihsi boshqa bir hodisadir. Shuningdek, klaviatura biror tugmasining bosilishi ham bir hodisa, qo’yib yuborilishi ham bir hodisa, bosib ushlab turilishi ham hodisa, kompyuterning internetga ulanganligi ham hodisa, uzilib qolishi ham hodisa vam h.k.


Biror hodisa yuz berganida, unga javob beradigan metod ishga tushadi, bu metodni dasturchi yozishi mumkin. Masalan, biz yaratayotgan Birinchi ilovam dasturi formasining hodisalar ro’yhatida Click degan hodisa mavjud:

Bu hodisa boshqaruv elementi ustida sichqonchaning chap tugmasi bir marta bosilganida ro’y beradi. Mazkur Click hodisasiga metod yozish uchun uning qarshisida turgan maydon ustidan sichqoncha chap tugmasini 2 marta ketma-ket bosamiz, natijada bu yerda Form1_Click degan nom paydo bo’ladi, albatta, bu nom o’rniga o’zimiz boshqa nom kiritishimiz ham mumkin edi. Xullas, shu nom ustida sichqoncha chap tugmasi 2 marta bosilsa, doim shu metod yozilgan kod ochiladi:
namespace FormaBilanIshlash
{
public partial class Form1 : Form
{
public Form1()
{
InitializeComponent();
}

private void Form1_Click(object sender, EventArgs e)


{
// Shu yerga sichqoncha 1 marta bosilganida bajariladigan ishlar
// yoziladi.
}
}
}
Biz kod yozish taklif etilgan joyga ushbu ifodani yozaylik:
BackColor = System.Drawing.Color.Yellow;
Shundan so’ng dasturni ishga tushirib, uning formasi ustida sichqoncha chap tugmasini 1 marta bossak, forma sariq rangga bo’yaladi.
Huddi shu kabi sichqoncha chap tugmasi 2 mata ketma-ket bosilganida formaning boshqa tusga kirishini ta’minlash mumkin. Buning uchun Click hodisasi o’rniga yuqorida korsatilgan tartibda DoubleClick hodisasini tanlab, taklif etilgan joyga ushbu kodni yozamiz:
private void Form1_DoubleClick(object sender, EventArgs e)
{
BackColor = System.Drawing.Color.Green;
}
Endi ilovamizni ishga tushirsak, sichqoncha chap tugmasi 1 marta bosilganida sariq, 2 marta bosilganida yashil tusga kiruvchi formaga ega bo’lamiz.


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling