Interfeys toifalari tushunchasi Interfeys toifalarni abstract bazaviy sinflar bilan taqqoslash Maxsus interfeyslarni kiritish


Download 0.77 Mb.
bet1/50
Sana26.01.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1129439
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
MAVZULAR UMUMIY


Mavzu: Interfeys ob’yektlarini nushalash va tartiblash

Reja:

  1. Interfeys toifalari tushunchasi

  2. Interfeys toifalarni abstract bazaviy sinflar bilan taqqoslash

  3. Maxsus interfeyslarni kiritish


Interfeys toifalari tushiunchasi
Interfays bu abstract a’zolarning nomlangan to’plami (nabori, tanlanmasi) dir. O’tgan darslardan ma’lumki, abstract metodlar sof protokollar bo’lib, ular o’zlarining standart realizatsiyalariga ega emas. Interfeys bilan aniqlanadigan maxsus a’zolar u (ya’ni interfeys) qanday aniq xulq-atvorni modellashtirishiga bog’liqdir. Boshqacha qilib aytganda, interfeys berilgan sinf yoki struktura qo’llashi uchun tanlanadigan xulq-atvorni ifoda etadi.
.NET asosiy sinflarining kutubxonalarida juda ko’p interfeys toifalari aniqlangan bo’lib, ularni turli xil sinflar va strukturalar realizatsiya qiladi.
Masalan, ADO.NET infrastrukturasi (ADO.NET - ActiveX Data Objects, ActiveX — dasturlardan ishlatishga yaroqli turli dasturlash tillarida yozilgan dasturiy komponnetalar aniqlangan freymvork) ma’lumotlar taqdim etuvchilar to’plamini o’z ichiga oladi, ular muayyan ma’lumotlar bazasini boshqarish sistemalari bilan aloqa o’rnatishni ta’minlaydi. Shunday qilib, ADO.NETda tanlash uchun keng ulanish sinflarining keng to’plami mavjud (SqlConnection, OleDbConnection, OdbcConnection va h.k.). Bunga qo’shimcha ravishda ma’lumotlar bazalarini mustaqil taqdim etuvchilar (shuningdek, ochiq kodli ko’plab loyihalar) .NET kutubxonalarini katta miqdordagi ko’plab boshqa ma’lumotlar bazalari bilan (MySQL, Oracle va h.k.) aloqa qilishi (o’zaro ta’sirlashishi) uchun taklif etadi, ularda yuqoridagi interfeyslarni amalga oshiruvchi ob’yektlar mavjud.
Ulanadigan har bir sinf o’zining yagona (unikal) ismiga egaligiga, alohida ismlar fazosida aniqlanganiga va (ba’zi hollarda) alohida sborkaga (yig’ilmaga) joylangan bo’lishiga qaramasdan, ularning hammasi IDbConnection nomli umumiy interfeysni realizatsiya qiladi:
// IDbConnection interfeysi barcha ulanadigan sinflar
// qo’llaydigan umumiy a’zolar to’plamini aniqlaydi
public interface IDbConnection : IDisposable
{
// Metodlar.
IDbTransaction BeginTransaction();
IDbTransaction BeginTransaction(IsolationLevel ll) ;
void ChangeDatabase(string databaseName);
void Close ();
IDbCommand CreateCommand();
void Open();
// Свойства.
string Connectionstring { get; set; }
int ConnectionTimeout { get; }
string Database { get; }
ConnectionState State { get; }
}
Izoh. Kelishuvga ko’ra, .NET da barcha interfeyslarning nomlari katta I harfi bilan boshlanadi. O’zingizning maxsus interfeyslaringizni yaratishda ham shu kelishuvga amal qilish tavsiya etiladi.
Aynan hozir yuqoridagi IDbConnection interfeysi a’zolarining qanday ishni bajarish tafsilotlari muhim emas. Siz hozir faqat IDbConnection interfeysida ADO.NETning barcha ulanish sinflari uchun umumiy bo’lgan a’zolar to’plami aniqlanganini eslab qolsangiz bas. Natijada har bir ulanadigan sinf kafolatli tarzda Open (), Close (), CreateCommand () va h.k. kabi a’zolarni qo’llab quvvatlaydi. Undan tashqari, IDbConnection interfeysining metodlari doim abstract bo’lgani uchun, ular (ya’ni metodlar) har bir ulanish sinfida mustaqil, alohida tartibda amalga oshirilishi mumkin.


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling