International Islamic Academy of Uzbekistan Volume 3


International Islamic Academy of Uzbekistan


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana14.05.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1458183
1   2   3   4
Bog'liq
abu-rayxon-beruniyning-asor-al-boqiya-asariga-diniy-psixologik-yondashuv

International Islamic Academy of Uzbekistan 
Volume 3 | IIAU Conference 1 | 2022
Google Scholar indexed 
Scientific-Theoretical and Practical Issues of 
Psychology of Religion in Uzbekistan 
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-02-276-279 
 
 
 
 
 
277
 
May 21 
https://ares.uz/ Republican Scientific and Practical Conference 
Beruniy esa ana shunday buyuk allomalardan biri, jahon tan olgan qomusiy olim 
sanaladi. 
Beruniy yashagan X asrning oxirgi choragi XI asrning birinchi yarmi yaqin va 
Oʻrta Sharq xalqlarining madaniy va siyosiy hayotidagi muhim bir davr edi. U IX asr 
oxiridan boshlanib, deyarli to XIII asr boshlarigacha davom etgan boʻlib, bir vaqtlar 
arab xalifaligi tarkibiga kirgan mamlakatlarda yuksak madaniy taraqqiyot va katta 
siyosiy oʻzgarishlar yuz bergan. Bu taraqqiyot va oʻzgarishlar shu qadar keskin 
hamda olamshumul ediki, uni, hatto islomning ilk asrlardagi rivojlanishi bilan ham 
solishtirib boʻlmas edi. XIX asrda yashagan shveysariyalik sharqshunos va tarixchi 
Adam Mes bu davrni har tomonlama tahlil qilib, “Musulmon Renessansi” davri deb 
atadi. Abu Rayhon Beruniy ana shu “Musulmon Renessansi” ning faol 
qatnashchilaridan va uni shakllantiruvchilaridan biri edi.
Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” («Osor 
al-Boqiya») asari arab tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan boʻlib, «Osor al-
boqiya»da izohlar yangidan ishlanib, koʻrib chiqilib, oʻrganilib, ularda tarixiy 
masalalar, aniq fanlarga oid muammolar keng yoritildi. Kitobda, qadimgi xalqlarning, 
xususan vatanimiz hududidagi sugʻdlar, xorazmliklar va undan tashqari musulmonlar
xristianlar, yahudiylarning etnik kelib chiqishi, yashash tarzi, psixologiyasi, urf-
odatlari, bayramlari, turli mamlakatlarda hukm surgan podshohlar, imperator 
sulolalari haqida qimmatli maʼlumotlar keltirilgan. “Davlatning vazifasi insonlarni 
baxt-saodatga olib borishdir, bu esa ilm va yaxshi axloq yordamida qoʻlga kiritadi”, - 
deb yozadi. Beruniy davlatni yetuk shaxs boshqarishi lozim deydi, yaʻni jamoani 
idora etuvchi adolatli, dono boʻlishi, qonunlarga rioya etishi va qonunlar yarata 
olishi, kelgusini oldindan koʻra bilishi, boshqalarga gʻamxoʻr boʻla oladigan fel-
atvorga ega boʻlishi xalqi baxt va saodatga erishuvi uchun ularni baxtli-saodatli qila 
oladigan jamoa rahbari boʻlishi kerak deydi. 
Maʼlumki, qadimiy madaniyat va sivilizatsiyalar chorrahasi boʻlgan yurtimiz 
zaminidan, oʻrta asrlarda minglab olimu ulamolar, buyuk mutafakkir va shoirlar, 
aziz-avliyolar yetishib chiqqan. Ularning aniq fanlar va diniy ilmlar sohasida 
qoldirgan bebaho merosi, butun insoniyatning maʼnaviy mulki hisoblanadi. Abu 
Rayhon Beruniyning mazkur asaridagi keltirilgan xalqlar madaniyati , psixologiyasi 
o‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘lib, o‘sha davrda yashagan xalqlarning dunyoqarashi, 
xalq ongini va xalqnig ruhiy mohiyatini o‘rganish, ruhiyat qonunlarini, o‘ziga xos 
xususiyatlarini va toifalanishlarini tushuntirib berganlar. Tajriba 
usulida o‘rganib bo‘lmaydigan barcha oliy ruh holatlarini xalqlar 
psixologiyasi o‘rganadi, chunki undagi o‘rganish usullari o‘ziga



Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling