International Journal of Advanced Technology and Natural Sciences issn: 2181-144X


Download 2.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana28.09.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1688769
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
asinxron-o-zgaruvchan-tokli-elektr-yuritmaning-boshqaruv-tizimlari

Key words: electric drive, control system, vector, control, asynchronous motor, frequency 
regulation, quadrant. 
O'zgaruvchan chastotali yuritma (O’ChY) - elektromexanik qo'zg'aluvchan tizimlarida 
kirish chastotasini o'zgartirish orqali o'zgaruvchan tokning dvigatel tezligini va momentini 
boshqarish va elektr zanjiriga qarab, tegishli kuchlanish yoki oqim o'zgarishini boshqarish 
uchun ishlatiladigan vosita yuritmasining bir turi. 
O’ChY'lar chastota sozlanishli yuritmalar, 
tezlik sozlanishli yuritmalar, o'zgaruvchan tezlikli yuritmalar sifatida turkumlanadi. "AC 
(O’zgaruvchan tokli) yuritmalar", "mikro yuritmalar", "invertorlar" yoki oddiygina "yuritmalar" 
deb yuritiladi [1]. 
O’ChY lar nisbatan kichik qurilmalardan tortib katta kompressorlarni boshqarish 
uchun qo'llaniladi. Emissiya standartlari va ishonchliligi va mavjudligining sifat darajalarini 
doimiy yaxshilash talabi tufayli foydalanuvchilar soni ortib borayotganligi elektr yuritma 
tizimlariga 
bo’lgan ehtiyojni uzluksiz oshirmoqda. O’ChY lardan foydalanadigan tizimlar 
suyuqlik oqimining drosselli boshqaruvini ishlatadigan tizimlarga qaraganda samaraliroq 
natijalarga erishish imkonini beradi [2]. 
So'nggi to'rt o'n yillikda kuch elektronikasi texnologiyasi yutuqlari 
O’ChY narxini va 
hajmini sezilarli pasaytirdi va yarim o'tkazgichli kommutatsiya qurilmalari, yuritma elektr 
zanjirlarii, simulyatsiya va boshqarish texnikasi, boshqaruv apparati va dasturiy 
ta'minotidagi yutuqlar tufayli ishlashni yaxshiladi [3]. 
Zamonaviy sanoat va qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish juda ko‘p ko‘rinishdagi 
texnologik jarayonlar bilan xarakterlanadi. Ularni amalga oshirish uchun esa minglab har 
xil turdagi mashina va mexanizmlar yaratilgan. Masalan, material va maxsulotlarni qayta 
ishlash dastgohlar, prokat stanlari va presslarda amalga oshiriladi; qattiq jism va 
buyumlarni, gaz va suyuqliklarni boshqa joyga ko‘chirishda esa konveyerlar, ko‘tarish 
kranlari, eskalatorlar, nasoslar va kompressorlardan foydalaniladi [4]. 
Ko‘pgina hollarda ijro organining - dastgoh shpindeli, prokat stanining valiki, lift 
kabinasi, konveyer tasmasining harakat tezligini rostlash talab qilinadi. Ba’zida esa ijro 
organlari harakat yo‘nalishini o‘zgartirish (reverslash) zaruriyati ham tug‘iladi. Ijro organi 
o‘zining harakati jarayonida, ishqalanish yoki yerni tortilish kuchlari, materiallarni 
egiluvchan va plastik deformasiyalari orqali vujudga keladigan harakatga qarshilikni 
bartaraf qiladi [5]. 
Shunday qilib, ijro organi, texnologik jarayonni boshqarish uchun talab qilinadigan 
(ba’zida rostlanadigan) tezlik bilan mexanik harakatni amalga oshirishi uchun qarshilik 
kuchini bartaraf qilishi kerak bo‘ladi. Buning uchun, ijro organiga, alohida qurilma orqali 
muayyan mexanik energiyani keltirib berish lozim, 
ushbu qurilma o‘zining vazifasiga ko‘ra 
yuritma nomini olgan. 
Yuritma mexanik energiyani, boshqa turdagi energiyalarni o‘zgartirish natijasida hosil 
qiladi. Foydalanilayotgan energiya turiga qarab gidravlik, pnevmatik, issiqlik va elektr 
yuritmalar farqla
nadi. Hozirda ishlab chiqarish, kommunal xo‘jalik va boshqa tarmoqlarda 
elektr yuritma eng ko‘p qo‘llanishga egadir, u sanoatda ishlab chiqarilayotgan elektr 
energiyaning 60 foizdan ko‘prog‘ini iste’mol qiladi [6]. 
Tezligi rostlanadigan yuritmalardan foydalanishning ikkita asosiy sababi bor: 
1. 
Tezlikni boshqarish; 
2. 
Tezlikni samarali rostlash orqali yuritmaning energiya tejamkorligiga erishish. 

Download 2.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling