International school of finance technology and science


Abu Nasr Forobiy tilshunoslik yuzasidan ham ajoyib fikrlar yuritadi


Download 0.68 Mb.
bet3/4
Sana31.01.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1144476
1   2   3   4
Bog'liq
O\'zbek

Abu Nasr Forobiy tilshunoslik yuzasidan ham ajoyib fikrlar yuritadi.

  • Abu Nasr Forobiy tilshunoslik yuzasidan ham ajoyib fikrlar yuritadi.
  • Forobiyning tilshunoslik haqidagi fikrlari “Fanlar tasnifi haqidagi so‘z” asarida o‘zining yorqin ifodasini topgan. Asarning birinchi bo‘limining til haqidagi fanga bag’ishlanishi ham uning tilshunoslikka naqadar katta e’tibor bilan qaraganligining namunasidir.
  • Forobiy so‘z ma’nolarini tasnif etadi. Uning fikricha, so‘z ma’nosi ikki turli bo‘ladi: sodda va murakkab. U atoqli va turdosh otlarni ham farqlaydi, sodda ma’noli so‘zlarni ikkiga bo‘ladi: 1)atoqli otlar. Masalan, Zayd, Amr kabi; 2) tur va jinsni ko‘rsatadigan so‘zlar. Masalan, odam, hayvon,ot kabi.
  • Farobiy tilshunoslikning mundarjasi haqida ham fikr yuritadi
  • Dunyo madaniyati taroqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan olimlarimizdan yana biri Abu Rayhon Beruniydir. U o‘z davridagi fan sohalari bo‘yicha qalam tebratib, 150 dan ortiq asar qoldirdi. Umrining so‘nggi yillarida-1048 yilda dorivor o‘simliklar, hayvonlar va ma’danlar tavsifiga bag’ishlangan “Saydana” asarini yozdi.
  • Beruniyning tilga va tilshunoslikka bo‘lgan qarashlari mana shu asarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Ushbu asar dorivor moddalar lug’atiga aylangan.
  • Asardagi 29 bob va 1116 maqolada dorivor moddalarning nomi izohlanadi. Har bir bob bir harfga bag’ishlanadi. Arab alifbosidagi 28 harfga lom-alifni ham qo‘shib, alohida bob qilib beradi. Beruniy o‘z asarida bu muammoning o‘ta muhimligini sezgan holda, 4500 dan ortiq arabcha, yunoncha, suriyacha, forscha, xorazmiycha, sug’dcha, turkcha va boshqa tillardagi o‘simlik, hayvon, minerallar va ulardan tayyorlanadigan dorivor nomlarini to‘playdi va izohlaydi. Natijada o‘z davridagi dorivor atamalarni me’yorlashtirishda juda katta xizmat ko‘rsatadi. Ularni izohlash uchun 250 dan ziyod olimlarning asarlaridan iqtibos keltiradi
  • O‘rta asrlarda tibbiyotda shuhrat qozongan buyuk hakim Ibn Sino tilshunoslik sohasida ham faoliyat ko‘satgan. Uning lingvistikaga doir “Asbobi xudut al xuruf” asari shu kunga qadar tilshunoslar diqqatini o‘ziga rom qilib keladi. Bu asar klrish va olti bobdan iborat:
  • 1. Tovushning paydo bo‘lish sabablari haqida.
  • 2. Nutq tovushlarining paydo bo‘lish sabablari.
  • 3. Bo‘g’iz va tilning anatomiyasi haqida.
  • 4. Ayrim arab tovushlarining paydo bo‘lishidagi o‘ziga xos xususiyatlari haqida.
  • 5. Bu tovushlarga o‘xshash nutq tovushlari haqida.
  • 6. Bu tovushlarning nutqiy bo‘lmagan harakatlarda eshitilishi.
  • Risolaning 1-bobida , umuman, tovushning paydo bo‘lishi haqida fikr yuritiladi. Muallifning bu masaladagi bayon qilgan fikri bugunga qadar ham deyarli o‘zgarmagan holda takrorlanib kelmoqda. Uning ta’kidlashicha, har qanday tovush havoning to‘lqinsimon tebranishi natijasida paydo bo‘ladi. Havoning tebranishida esa bir jismning ikkinchi jism bilan to‘qnashuvi yoki bir jismning ikkinch bir jismdan uzilishi muhim rol o‘ynaydi. Har ikki holda ham havoning to‘lqinsimon tebranishi ro‘y beradi.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling