International scientific-practical conference on the topic of “Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages”
International scientific-practical
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
26 Musurmonov Raxmatilla 181-188
- Bu sahifa navigatsiya:
- February 2022
- MUHOKAMA VA NATIJALAR
International scientific-practical
conference on the topic of “Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages” VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 20 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7 182 w www.oriens.uz February 2022 nuqtai nazaridan ham o‘qituvchining kasbiy kompetentlik darajasi davr talabiga mos kelishi muammo yechimini ijobiy hal etilishini ta’minlashi shubhasiz. Ana shu maqsadda o‘qituvchilar tomonidan ta’lim jarayonida o‘qitishning zamonaviy metodlarini keng qo‘llash zarurati mavjuddir. O‘qitishning zamonaviy metodlarini qo‘llash o‘qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Ta’lim metodlarini tanlashda har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq sanaladi. An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga turli-tuman ta’lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan metodlar bilan boyitish ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirish darajasining ko‘tarilishiga olib keladi. Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta’lim beruvchi tomonidan ta’lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil rag‘batlantirilib turilishi, o‘quv materialini kichik-kichik bo‘laklarga bo‘lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, yo‘naltiruvchi matn, loyiha, rolli o‘yinlar kabi metodlarni qo‘llash va ta’lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi. MUHOKAMA VA NATIJALAR Zamonaviy tilda bu metodlarni interfaol yoki interaktiv metodlar deb ham atashadi. Interfaol metodlar deganda – ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo‘lgan metodlar tushuniladi. Bu metodlar qo‘llanilganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta’lim oluvchi esa butun jarayon davomida faol ishtirok etadi. Ta’lim oluvchi markazda bo‘lgan yondoshuvning foydali jihatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi: - ta’lim samarasi yuqoriroq bo‘lgan o‘qish-o‘rganish; - ta’lim oluvchining yuqori darajada rag‘batlantirilishi; - ilgari orttirilgan bilimning ham e’tiborga olinishi; - o‘qish shiddatini ta’lim oluvchining ehtiyojiga muvofiqlashtirilishi; - ta’lim oluvchining tashabbuskorligi va mas’uliyatining qo‘llab-quvvatlanishi; - amalda bajarish orqali o‘rganilishi; - ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi [Muslimov N.A., Usmonboyeva M.H. 2015: 81] |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling