Internet — katta (global) va kichik (lokal) kompyuter
Download 0.95 Mb.
|
TTAT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Analogli signallar
- Amplituda
Aloqa liniyasi (yo’llari) signallarni uzatkichdan qabul qilgichga tarqatuvchi texnik qurilmalar va fizik muhitlar yig’indisi.
Elektromagnit toʻlqin shakllari – elektr toki, radiotoʻlqinlar yoki yorugʻlik, maʻlumot yoki kodni tasvirlash uchun ishlatiladi va biror fizik muhit, masalan, sim, kabel yoki atmosfera orqali bu maʻlumot uzatiladi. Analogli signallar (uzluksiz toʻlqinlar). Kommunikatsiyaning eskirgan vositalari: telefon, radio va televideniyelar analogli signallar bilan ishlashga moʻljallangan edi. Analogli tashuvchi toʻlqinlarning ikki asosiy koʻrsatkichi chastota va amplituda dan iborat: Chastota – toʻlqin tebranishlarining vaqt birligida (sekund) necha marta toʻliq takrorlanishini bildiruvchi son. Amplituda – berilgan vaqt oraligʻidagi toʻlqinning maksimal balandligi. Ovoz (signal) ning baland-pastligi amplitudaga bogʻliq boʻladi. Raqamli (diskret) signallar. Raqamli signallar ikki xil diskret almashinuvchi (bor-yoʻq) signallardan iboratligi sababli u orqali ikkilik sanoq sistemasidagi maʻlumotni tasvirlash mumkin. Bunda elektrik impulsning borligi – 1, yoʻqligi – 0 bilan belgilanadi. Bunaqa ikkilik tarzda diskret signallarni uzatish 1880 yillarning oʻrtalaridayoq Semyuel Morze tomonidan joriy qilingan edi. Elektronlarning xarakati fazoda xatto vakuumda ham elektromagnit toʻlqinlarni hosil qilib tarqatishi mumkin. Buni 1865 yilda Britaniya fizigi Jeyms Klerk Maksvell (James Clerk Maxwell) tomonidan kashf etgan. 1887 yilda nemis fizigi Genrix Gerts (Heinrich Hertz) shu boʻyicha birinchi tajribasini oʻtkazib uni isbot qilgan. Bu toʻlqinlarning asosiy koʻrsatkichlari chastota va toʻlqin uzunligidan iborat. Vakuumda bu f, λ va c kattaliklar quyidagi oʻzaro fundamental aloqada boʻladi: λ f = c (1) Chastota f sekundda toʻlqin tebranishining toʻla takrorlanishi soni boʻlib, gerts (Gts) larda oʻlchanadi: 1 kilogerts (KGts) = 1000 Gts, 1 Megagerts (MGts) = 1000000 Gts, 1Gigagerts (GGts)=1 000 000 000 Gts. Chastotalar farqi koʻlami qanchalik keng boʻlsa, maʻlumot uzatish shunchalik tez boʻladi. Maʻlum chastota koʻlami FCC (Federal Communication Comission – Federal Kommunikatsiya Komissiyasi) orqali maxsus maqsadlar uchun ajratilgan. Bu turli qurilma standartlarini boshqarish uchun fizik muhit turlariga quyidagilar kiradi: Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling