Internet asoslari(52) Kompyuter grafikasi(14)


Download 20.44 Kb.
bet4/6
Sana02.01.2022
Hajmi20.44 Kb.
#196835
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Документ (1)

U ch i n ch i a v l o d (1960 yillarning urtasi va 1970 yillar) EХMlarining asosini i n t ye g r a l s x ye m a l a r tashkil qiladi (bunday sxemalar birinchi marta AQShdagi Kaliforniya shtatidagi Santa-Klara shaxrida yaratilgan). Fizika va kimyo sohasidagi tadqiqotlar sxemalarni kremniyning sof kristallidan yasalgan plastinkaning kichik qismida, bu qismga turli moddalarning kerakli aralashmasining yupka qatlamini surtib quygan holda tuzish mumkunligini ko’rsatdi. Elementlerni birdagina plastinkaning ko’pgina qismlarida ham tashkil qilish mumkin.
Kremniy kristallari ustiga surtilgan ko’p qatlamli moddalar ko’rinishidagi bunday sxema i n t ye g r a l s x ye m a nomini olgan. Bitta kristallda joylashgan dastlabki integral sxemelarda yuzga yaqin elementlar joylashgan edi. Integral sxemalarning ixtiro qilinishi EХMning elementlar bazasining keyingi rivoji uchun keng istiqbollar ochib berdi, bu imkoniyatlardan hozircha to’la foydalanib bo’lingani yo’q. Elektron sxemalarning ishonchlilik darajasi, ular baholarining arzonlanishi, o’lchamlarning ixchamligi ishlab chikarishni avtomatlashtirishga keng imkoniyat yaratdi. Bu avlod EХMlaridagi bir kristallda mingdan ortiq elementlarni saqlovchi integral sxemalar qo’llanilgan. Ularning tezligi 100 mingdan 1 mln. arifmetik amalgacha bo’lib, bunday EХMlarga "IBM-360" (AQSh,1965) va YeS oilasiga mansub bo’lgan YeS-1022, YeS-1035, YeS-1060 va x.k. kiradi.

Download 20.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling