Kompyuter texnikasidan foydalanishda unda yuzaga keladigan ayrim nosozliklarni aniqlash metodikalari va ularni yo'qotish usullariga doimo katta e'tibor qaratiladi. Bu masalada shaxsiy kompyuter (ShK) nosozliklarini tashhis qilish va sozlash bo'yicha axborotlarni umumlashtirib, o'rganish katta ahamiyatga ega.
Kompyuter texnikasidan foydalanishda unda yuzaga keladigan ayrim nosozliklarni aniqlash metodikalari va ularni yo'qotish usullariga doimo katta e'tibor qaratiladi. Bu masalada shaxsiy kompyuter (ShK) nosozliklarini tashhis qilish va sozlash bo'yicha axborotlarni umumlashtirib, o'rganish katta ahamiyatga ega.Ma'lumki, jamlovchi qismlari va detallarining har bir komponenti kompyuterning noto'g'ri yoki nuqsonli ishlashiga sabab bo'lishi mumkin. Agar kompyuter umuman ishlamasa, ishlamayotgan buzilgan elementini ShK detallarini navbat bilan ishlashi aniq bo'lgan detallarga almashtirib, osongina aniqlab olish mumkin. Agar shunday imkoniyat bo'lmasa, tekshirmoqchi bo'lgan barcha detallarini olib, do'stingiz yoki qarindoshingiznikiga borishingiz mumkin. Ishlab turgan kompyuter orqali o'z detallaringizni navbat bilan almashtirib ko'rib, buzilgan detalni osongina topish mumkin. To'xtab qoladigan komponentni topish ancha qiyinroq bo'ladi. Shunday holatlarda kompyuter o'zidan-o'zi "to'xtab qolishi", yuklanishi yoki ekrani moviy rangli bo'lib qolishi mumkin. Mana shu nosozliklar sabablarini qanday aniqlash to'g'risida ma'lumotlar keltirib o'tamiz.
Umuman olganda, ShK muammolarini quyidagi: ishlab turgan kompyuter qotib qolishi, BSOD, o'z-o'zidan qayta yuklanishi va o'z-o'zidan o'chib qolishi kabi guruhlarga ajratish mumkin. Quyida mana shu nosozliklarni aniqlash va qaysi dasturlar bilan ularni "davolash" kerakligini batafsil o'rganib chiqamiz.
ShK qotib qolishi. Agar ShK tez-tez qotib qoladigan bo'lsa, unda bu holatning asosiy sababi quyidagilar: kompyuterning qizib ketishi, sifatsiz quvvat manbai, bir yoki bir necha komponentlarining notekis ishlashi, dasturiy ta'minotdagi (operatsion tizim, drayverlar, qo'shimchalarda) xato yuz bergan bo'lishi mumkin.
Tizimning qaysi bir komponenti qizib ketayotganligini aniqlash uchun monitoring dasturlari biridan foydalanish kerak bo'ladi. Shundan keyin ShK eng ko'p qotib qoladigan sharoitlarni hosil qilish kerak. Monitoringni kuzatib borib, kompyuterda nima qizib ketayotganligini aniqlang va qo'shimcha sovitish manbai kiritish to'g'risida o'ylang. Agar hammasi joyida bo'lsa ham, muammo bartaraf etilmayotgan bo'lsa, quvvat manbai blokiga e'tibor qarating. Birinchi navbatda, quvvat manbai bloki bilan korpusni arzon narxda sotib olganlar shunday qilishlari kerak. Arzon bahoda sotib olgan bo'lsangiz, ishlab chiqaruvchilarning bloklarini ko'rasiz. Aytib o'tilgan "brendlarning" mahsulotlar sifati yaxshi emas. Bundan tashqari, uy sharoitlarida blokni test sinovlaridan o'tkazish metodikasini ham o'rganib qo'ygan ma'quldir.
O'rnatilgan dasturiy ta'minotdagi nuqson ham kompyuterning tez-tez qotib qolishi sabablaridan biri hisoblanadi. Agar kompyuter qaysidir dastur (masalan, tizim drayverlari, qo'shimcha tizim xizmatlari va boshqalar) o'rnatilgandan so'ng qotib qoladigan bo'lib qolsa, unda avvaliga uni o'chirib tashlab sinab ko'rish kerak. Juda bo'lmaganida tizimni qayta o'rnatish zarur bo'ladi. Bundan tashqari, barcha shleyflar yaxshi ulanganligini, xotira plankalarini, kengaytirish platalarini tekshirib chiqish kerak. Ular mahkam va tekis ulangan bo'lishi kerak. Ba'zida sistemani oxirgi vintigacha yechib tashlash va puxta o'ylab, yaxshilab qayta yig'ish ham yordam beradi. Juda og'ir holatlarda unchalik zarur bo'lmagan barcha komponentlarni - tovush kartalari, optik disklar, tyunerlarni atrof qo'shimcha qurilmalarini o'chirib qo'yish ham juda foydali bo'ladi. Agar shunday holatda ShK yaxshi ishlasa, unda "devayslarni" navbat bilan o'z joyiga qaytarib, qotib qolishga sababchi aybdorni topish mumkin.
Moviy ekran muammosi. Monitor moviy ekrani ko'pincha bir yoki bir necha qurilmalar ishida nosozliklar bo'lganida hamda dasturiy ta'minotda muammolar bo'lganida paydo bo'ladi. Kompyuter qotib qolishidan BSOD'ning farqi ShK ishlamay qolganida moviy fonda oq rangli matn ko'rinishida ogohlantirishga ulguradi. Ba'zida ekranda umuman o'qib bo'lmaydigan "yozuvsimon shakllarni" ko'rish mumkin. Agar o'chib qolish sabablari to'g'risidagi axborotni o'qib ulgursangiz BSOD bergan axborot qaysi qurilmaga taalluqli ekanligini aniqlashga urinib ko'ring. Agar aniqlay olmasangiz, Internetdagi temirlar to'g'risidagi saytlar forumiga yordam bilan murojaat eting.
Shundan keyin BSOD tomonidan shikoyat qilingan qurilmani almashtirish yoki test sinovidan o'tkazish bilan ayb qayerda ekanligini aniqlashga harakat qiling. Agar moviy ekran paydo bo'lib, tezda yo'q bo'lsa va ShK qayta yuklana boshlasa, operativ xotira va quvvat blokini tekshiring. Operativ xotirani boshqa kompyuterda tekshirib ko'rish mumkin. Ba'zida kontaktlarni oddiy qalam bilan tozalab keyin spirt bilan artish ham yordam beradi.
O'z-o'zidan qayta yuklanish. Agar ShK o'z-o'zidan qayta yuklanadigan bo'lsa (ayniqsa, ishga tushirilganida yoki murakkab qo'shimchalar ishlash jarayonida), unda birinchi bo'lib, quvvat blokini tekshirib ko'rish zarur bo'ladi. Buni oddiy tajriba usuli bilan - quvvat bloki test sinovi rejimida S&M dasturi ishga tushiriladi. O'z-o'zidan qayta yuklanishning yaxshi ma'lum bo'lgan va jonga tekkan ta'minot blokidagi boshqa sabablardan biri biror-bir joyida kontaktlari yomonligi bo'lishi mumkin. Barcha ulangan qismlarni tekshirib chiqing. Agar kompyuter oldindan hozir qayta yuklanish sodir bo'lishi to'g'risida ogohlantirsa, bundan oldin hech qanday dasturni o'rnatmagan bo'lsangiz va qayta yuklanishni to'xtata olmasangiz, unda bunga zararli Sasser dasturi yoki uning ko'plab sharhlaridan biri sababchi bo'lishi mumkin. Bunday holatda yangi antivirusni takror ishga solish kerak.
ShKning o'z-o'zidan o'chib qolishi. Kompyuterning o'z-o'zidan o'chib qolishida markaziy protsessorning yoki quvvat blokining qizib ketishi eng birinchi sabablardan hisoblanadi. Zamonaviy ona platalar protsessor ma'lum darajada qizib ketganida quvvat manbaidan o'chiradi. O'chirilishi kerak bo'lgan ko'rsatkichlar BIOS'da o'rnatiladi. Shunday muammoga duch kelganingizda birinchi navbatda, albatta protsessorni yetarlicha sovitilayotganligiga ishonch hosil qiling. Ba'zi platalarda dasturiy monitoring, ko'rsatkichlarni ba'zan juda oshirib yuborib, ba'zan juda pasaytirib yuborib, aniq ishlamaydi. Bunday holatlarda protsessor kuleri radiatoriga barmoqlarni tekkizib ko'rib (ehtiyot bo'ling - kuyib qolish mumkin!) haroratni aniqlash eng oddiy usul hisoblanadi. Agar barmoqni uzoq vaqt tekkazib turish mumkin bo'lsa, demak, hammasi joyida. Agar uzoq vaqt tekkazib turish mumkin bo'lmasa, kulerning yaxshi o'rnatilganligini tekshirib ko'rishga to'g'ri keladi. Agar kuler to'g'ri o'rnatilgan, biroq uning quvvati yetmayotgan bo'lsa (buni ishlab chiqaruvchi saytidan u qaysi protsessorlar uchun mo'ljallanganligini topib aniq bilib olish mumkin), unda yanada kuchliroq sovutish tizimini o'rnatish haqida o'ylashga to'g'ri keladi. Ko'pincha sistema bloki ichiga chang to'planishi (bu holat yerda turadigan sistema bloklarida ko'p uchraydi), ventilyatori to'xtab qolishi yoki juda issiq yoz kunlari sababli qizib ketish muammosi paydo bo'ladi.
Quvvat manbai bloki qizib ketishi sababini aniqlash ham oson. Birinchi navbatda, ventilyatori ishlayotganligini tekshirib ko'rish zarur. Agar ishlayotgan bo'lsa, haydalayotgan havo harorati qanday? Iliq "shabada" xavf tug'dirmaydi. Issiq havo esa ta'minot bloki ortiqcha yuklama bilan ishlayotganligini bildiradi. Zamonaviy bloklarning ko'pi qizib ketishdan himoyalanish tizimi bilan ta'minlangan. Quvvat elementlari harorati 100oC darajaga yetganida avtomatik tarzda o'chiriladi. Agar shunday muammoga duch kelgan bo'lsangiz, quvvat blokini almashtirishga to'g'ri keladi.
ShK barqarorligini tekshirish uchun S&M eng oddiy dastur hisoblanadi. Xalq orasida unga "sado maza" deb nom berdilar. S&M yordamida protsessorni kuchli ishlatish va maksimal qizdirish mumkin bo'ladi. Agar test sinovlari jarayonida protsessor qizib ketmasa, demak, sovutish masalasida muammolar yo'q. Qiziqarli tomoni faqat bitta yadrosi qizishini tanlash mumkin. Protsessor yuklamasini 100 foizdan kamga qo'yilganida ish rejimi siklik davriy pulsatsiyaga aylanadi - protsessor va ta'minot bloki quvvat tizimini tekshirish uchun haqiqiy "sado"ga aylanadi. "Quvvat bloki" qismi ham juda qiziqarli. Uni tekshirish paytida dastur faqat xotira bilan protsessorni emas, balki videokartani ham yuklaydi. Ventilyatorlar harorati, quvvati va aylanish tezligining shaxsiy monitoringini birlashtirish ham juda foydali bo'ladi.
Universal dasturlar haqida bir necha fikr
Nosozlikni aniq ko'rsatib beruvchi "mo'jizakor dastur" hozircha mavjud emas. Biroq bu sohada najot yo'li yo'q degani emas. Barcha testlarni navbat bilan ishga solib kompyuter ishlashini kuzatamiz. Xotiraning o'tkazish qobiliyatini test sinovi bilan tekshirish paytida uzilish sodir bo'lsa birinchi navbatda aynan OZU ga e'tiborni qaratish zarurligi aniq bo'ladi. Testlardan tashqari Sandra ShK konfiguratsiyasini yaxshiroq aniqlashga imkon beradi. Agar yordam izlab forumlarga murojaat etishga qaror qilgan bo'lsangiz bunday optsiya juda foydali bo'ladi- bunday holatda albatta o'z sistemangiz tarkibini batafsil ko'rsatish va muammoning o'zini va uning namoyon bo'lishi xususiyatini iloji boricha aniqroq ta'riflash kerak bo'ladi.
Nosozlik sababini aniqlashda ShK ovoz raporti yordam berishi mumkin. Quyida nosozlikni "aniqlash"ga imkon beruvchi BIOS'ning ovoz kodlari mazmuni keltirilgan.
Asosiy xatolar: 1 ta qisqa. Test jarayoni yaxshi o'tdi. 2 ta qisqa. Operativ xotira ishlashini tekshiring. 3 ta qisqa. OZU birinchi 64 Kbaytida xato. Operativ xotirani boshqa ShKda tekshiring yoki almashtiring. 4 ta qisqa. Sistema taymerida xato. Bu yerda gap ona plata to'g'risida boradi - uning sozligiga ishonch hosil qiling yoki almashtiring. 5 ta qisqa. protsessorda xato. CPU dagi muammolardan tashqari bu yerda ona platada ham nosozliklar bo'lishi mumkin. 6 ta qisqa. Klaviatura kontrollerida xato. PS/2 porti va klaviaturaning o'zi sozligiga ishonch hosil qiling. 7 ta qisqa. Himoyalangan rejimdagi xato. 8 ta qisqa. Videobuferga yozish-o'qishni tekshirishda xato. Videokartani tekshiring. 9 ta qisqa. ROM BIOS kontrol yig'indisida xato. BIOS'a mikrosxemasida nosozlik bo'lishi mumkin. 10 ta qisqa. CMOS o'qish-yozishini tekshirishda xato. Ona platani tekshiring. 11 ta qisqa. Kesh-xotirasi xatosi. Protsessorda muammolar mavjud. Uni boshqa ShK da tekshiring. Agar u yaxshi ishlasa unda ona platada muammolar bor.
Uzluksiz qisqa signallar. Kompyuter protsessori ishlaganida qizib ketadi va uning chastotasi BIOS vositalari bilan majburiy pasaytirilgan. Bu yerda sifatli sovutish to'g'risida tashvishlanish kerak. Bular: 1 uzun, 1 qisqa. ona platadagi nosozlik. 1 uzun, 2 qisqa. Videokarta ishlamayapti yoki uning kabellari uzilgan. 1 uzun, 3 qisqa. Monitor ulanmagan (kiritilgan VGA bilan ona platalar uchun). 1 uzun, bir necha qisqa. videokarta xatosi (qisqa signallar soni video BIOS'si versiyasiga bog'liq bo'ladi). Doimiy takrorlanadigan uzun. OZU xotirasi fatal xatosi. Uzluksiz signal. Quvvat manbai bloki nosozligi.
BIOS signallari. AWARD BIOS signallari. Signallar yo'q. Quvvat manbai bloki nosoz yoki ona plataga ulanmagan. Uzluksiz signal. Quvvat manbai bloki ishlamayapti. 1 ta qisqa. Xatolar aniqlanmadi. 2 ta qisqa. Arzimas xatolar aniqlandi. Monitor ekranida CMOS Setup Utility dasturiga kirish va vaziyatni tuzatish taklifi paydo bo'ladi. Qattiq disk va ona plata razyomlarida shleyflar mustahkam ulanganligini tekshiring. 3 ta uzun - klaviatura kontrollerida xato. Kompyuterni qayta yuklang. 1 ta uzun, 1 ta qisqa - operativ xotirada muammolar bor. 1 uzun, 2 qisqa. Videokartada muammolar bor - eng ko'p uchraydigan nosozlik. Platani chiqarib olish va qayta qo'yish tavsiya etiladi. Bundan tashqari, monitor ulanishini tekshirib ko'ring. 1 uzun, 3 qisqa. Klaviaturani initsia-lizatsiya qilishda xato yuzaga keldi. Ishonchli ulanganligini tekshirib ko'ring. Agar hammasi joyida bo'lsa, klaviaturani almashtirib ko'ring. 1 uzun, 9 qisqa. Doimiy xotira mikrosxemasidan axborotlarni o'qishda xato yuzaga keldi. Kompyuterni qayta yuklang yoki mikrosxemdagi ma'lumotlarni aniqlang.1 ta uzun takrorlanadigan. Xotira modullari noto'g'ri o'rnatilgan. 1 ta qisqa takrorlanadigan. Quvvat manbai blokida muammolar mavjud.
|