Internet jurnalistikasida kasb etikasi
Download 19.93 Kb.
|
INTERNET JURNALISTIKASIDA KASB ETIKASI
INTERNET JURNALISTIKASIDA KASB ETIKASI Bugungi kunda odamlarning axborot olishga bo‘lgan ehtiyoji tobora ortmoqda. Bu talabni qondirish borasida faoliyat yuritayotgan axborot tarqatish vositalari orasida internet barcha foydalanuvchilar uchun qulayligi, arzonligi, har qanday yangilikni ommaga yetkazishda tezkorligi bilan yetakchilik qilmoqda, — dedi G.Bobojonova. — O‘z navbatida mamlakatimizda internet-nashrlarga yaratilgan shart-sharoit va huquqiy me’yorlar soha rivojiga dasturilamal bo‘layotir. Uyushma qoshida tuzilgan Internet jurnalistikasi kengashining vazifasi ham bevosita ommaviy-axborot vositasi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan veb-saytlar va blogerlar faoliyatini kengaytirish, ular oldida turgan muammolarga birgalikda yechim topish yo‘llarini ishlab chiqishdan iborat. Tadbirda axborot sohasini yanada rivojlantirish va jurnalistlar erkinligini himoya qilishga doir qonunchilikni takomillashtirish, sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, internet jurnalistikasi uchun kadrlar salohiyatini oshirish, onlayn-jurnalistikani rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi. Shuningdek, mutaxassislar tomonidan mamlakatimizda hamda xorijda internet jurnalistikasi taraqqiyotining asosiy omillari, internet jurnalistga qo‘yiladigan talablar, axborot makoni kengayib borayotgan bugungi sharoitda davlat imijini shakllantirish, xalqaro jamoatchilik va boshqalar xususida ma’lumot berildi. — Internet axborot vositalari — bosma matbuot, radio va televideniening ustuvor jihatlarini o‘zida jamlagan ulkan axborot resursidir, — deydi «qalampir.uz» sayti bosh muharriri Qamariddin Shayxov. — Internet-nashr voqea to‘g‘risidagi axborotni yangilash borasida cheklanmagan imkoniyatga, matn uchun keng maydonga ega. Shu bilan birga, ovoz, grafika va video xabarlarni uzatish imkoniyati ushbu OAVning kuchi va ta’sir doirasini kengaytirmoqda. Internet jurnalistikaning yana bir qulayligi unda onlayn tizimning mavjudligidir. Bundan tashqari veb-saytlarda chop etilgan axborotlarga foydalanuvchi o‘zining shaxsiy munosabatini bildirishi ushbu axborot uzatish vositasining imkoniyatini oshiradi. Yurtimizda 2010 yildan boshlab internet-jurnalistikasiga dastlabki qadamlar qo‘yilgan edi. Keyingi ikki yilda milliy internet-jurnalistikamiz OAV sifatida axborot maydonida mustahkam o‘rin egalladi. Aholi ham axborotga bo‘lgan talabini asosan mazkur tarmoqdan qanoatlantirmoqda. Faqat axborot tarqatishga ixtisoslashgan saytlarimizni bir kunda ikki million kishi kuzatayotgani fikrimni tasdiqlaydi. Internet-nashrlarimizning eng katta muammosi bu milliy xostinglarning talabga javob bermasligidir. Shuning uchun aksariyat saytlar xorij serverlari xizmatidan foydalanib kelyapti. Bu borada bizga albatta mutasaddilarning yordami kerak. Chunki biz xorij serverlaridan foydalanganimiz uchun ularga katta miqdorda pul to‘laymiz. Mablag‘ topish esa oson emas. Internet jurnalistikasi yutuqlaridan samarali va internet tarmog‘ida milliy segmentni faol rivojlantirib, hududlardagi axborotlar bilan to‘ldirishning yangi yo‘nalishlarini rivojlantirish bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Xususan OAV shaklida ro‘yxatdan o‘tgan veb-saytlarni malakali kadrlar bilan ta’minlash bo‘yicha shu yil ochilgan O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida alohida fakultet tashkil etildi. Mazkur universitetda tahsil olgan talabalar yaqin kelajakda mamlakatimiz internet jurnalistikasining rivojlanishiga va xalqaro mediamakonda O‘zbekiston imijini shakllantirishga xizmat qiladi. Ma’ruzachilar internet OAV rivojlangani sayin uning xavfsizligini ta’minlash masalasi ham shunchalik muhim ahamiyat kasb etishi hamda ijtimoiy tarmoqlarda zararli, yolg‘on axborotlar ko‘lami kengayib borayotgan bugungi kunda internet-nashr ogoh va hushyor bo‘lishi zarurligini ta’kidladilar. Globallashuv zamonida Internet tarmog‘ining imkoniyatlari, qulayligi, ochiqligi, foydalanuvchining axborotga bo‘lgan ehtiyojini yuqori darajada qondirish bilan birga uni mustaqil fikrlash, qiyoslash, o‘z pozitsiyasiga ega bo‘lish imkoniyatidan mahrum qilmoqda. Aksariyat hollarda o‘quvchini chalg‘itib, noto‘g‘ri axborot yetkazishga sabab bo‘lmoqda. Natijada internet foydalanuvchisi uni yo‘naltirayotgan axborot oqimiga ergashadi, o‘ziga nima kerakligini anglay olmay qolishi mumkinligi achchiq haqiqat. Yaqinda katta ekran yuzini ko’rgan kartinalardan biri AQShning eng nufuzli gazetalaridan sanalmish ‘Nyu-York Tayms” (The New York Times) haqida. Hujjatli film sizni bu nashr tahririyati va uning bir yillik faoliyati bilan tanishtiradi. Mumtoz jurnalistika va yangi media orasidagi kurash-raqobatni tomosha qilasiz. Axborot yig’ish va uzatish uslublari kun sayin o’zgarib bormoqda. Jahon jurnalistikasida har kuni bir inqilob… Yangilikni ommaga tez, sifatli va effektiv ravishda yetkazishning yangi bir yo’li kashf etiladi. Asosiy vosita – internet. Shunday ekan, bosma matbuot oldida yangidan yangi sinovlar turibdi. Millionlab amerikaliklar hamon “Nyu-York Tayms” dek el ishonchini qozongan gazetalarga obuna bo’lib, ularni qog’ozda o’qishni ma’qul ko’rmoqda. Lekin zamon va talab o’zgarib bormoqda. G’arbda informatsiya azaldan bebaho mahsulot sanaladi. “WikiLeaks” singari maxfiy ma’lumotlarni yoppasiga chop etib, butun dunyo diqqatini o’ziga qarayotgan tizimlar bilan bellashish kerak. Aks holda gazetxonlarni qo’ldan boy berasiz. Qanaqa gazetxon, deydi Andryu Rossi, “Nyu-York Tayms” taqdiri haqida film ishlagan mutaxassis, bugun odamlar multimediaga o’tib ketgan. Oddiy maqola bilan ularni rozi qila olmaysiz, qanchalik mazmunli bo’lmasin. “Nyu-York Tayms”dek kuchli jurnalistik-tadqiqot maskanlari kelajak haqida jiddiy o’ylanib qolgan. Biz bilgan mumtoz jurnalistika xavf ostida”. Andryu Rossining fikricha, internet jurnalistikasi sifatsiz, lekin ko’pchilik uning farqini bilmaydi. “Axborot erkinligi – bebaho ne’mat. Usiz yashash qiyin, lekin ma’lumot yig’ib, axborot yozib, tahrir va tahlil qilib, muhim voqealarni ommaga xolis va aniq tarzda tushuntirib berish – qattiq mehnat va iste’dod talab qiladi. Bugun internetda o’tirgan bloggerlar va ular yozayotgan narsalar – jurnalistika emas”. Ko’rganu bilganini internetga qo’yib, mana xabar deb e’tibor jalb qilish ommaviy tus olar ekan, deydi Rossi, gazeta va jurnallar, hatto teleradiokompaniyalar ortda qolib ketayotgandek. An’anaviy gazetalar chetda qolib ketayapti. Jurnalistlar ishidan ayrilmoqda. Redaksiyalar qisqarmoqda. Axborot sifati tushib ketgan. Lekin jurnalistika sohasi professori, muxbirlik qilib tanilgan Eymi Ayzman bunday xulosadan yiroq. “Yaponiyada yaqinda sodir bo’lgan tabiiy ofatni olaylik. Yoki mana boshqa joylarda yuz bergan siyosiy, iqtisodiy o’zgarishlar… Bugun dunyo ahli atrofda nima yangilik bo’layotganini yaxshiroq biladi. Insonlar bir-biri bilan yaxshiroq bog’langan. Chunki axborot manbalari ko’p va ular xilma-xil. To’g’ri ayrimlari noto’g’ri xabarlar berayotgandir, ishonchsizdir. Odamlar o’zi bilib olayapti”,- deydi u. Eymi Ayzman fikricha jurnalistik uslublar o’zgarmoqda, ammo mohiyat, vazifa o’sha-o’sha. “Yaqin kelajakda shtatsiz muxbirlar yanada ko’paysa, ajabmas. Ular erkin qushlar. Haqini to’lasangiz, Iroqdan axborot uzatadi. Yoki o’zi u yerga borib, sifatli materiallar tayyorlab, “Amerika Ovozi” yoki “Nyu-York Tayms”ga sotadi. O’tkir reportaj va maqolalar bozori chaqqon”. Albatta, shu o’rinda yurtboshimizning olib borayotgan siyosatlarini takidlab o’tish joiz. Chunki, ular biz yoshlarga ishonch bildirib, imkoniyatlar yaratib berdilar, so’zimni tasdig’i sifatida 2009 yil 9 dekabr kungi Farmoishlarini keltirib o’taman. Ular “XXI asr – intellektual qadriyatlar ustuvorlik qiladigan asr ekanligini e’tiborga olgan holda, Vatanimiz yigit va qizlarini har tomonlama barkamol shaxslar etib shakllantirish borasidagi keng ko‘lamli chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish yuzasidan yangi 2010 yil O‘zbekiston Respublikasida “Barkamol avlod yili”- deb e’lon qildilar. Shu maqsadda, o‘quv jarayoniga yangi axborot-kommunikatsiya va pedagogika texnologiyalarini, elektron darsliklar hamda multimediya vositalarini keng joriy etish hisobiga mamlakat maktablari, kasb-hunar kollejlari va litseylarida, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim berish sifatini tuba yaxshilash, ta’lim muassasalarining o‘quv-laboratoriya bazasini eng zamonaviy o‘quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi bilan mustahkamlash, shuningdek, o‘qituvchilar va murabbiylarning mashaqqatli mehnatini moddiy hamda ma’naviy rag‘batlantirishning samarali tizimini shakllantirishni nafaqat maktablarda, litseylarda, kollej va oliy ta’lim muassasalarida, balki har bir oilaning hayotida zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalari, raqamli hamda keng formatli telekommunikatsiya aloqa vositalari, Internet tizimini tatbiq etish, o‘zlashtirish va yanada rivojlantirishni takidlab o’tdilar. Hozirgi kunda zamonaviy axborotlardan xabardor bo’lish , ularni o’rganish, uzatish va takomillashtirishda Internet jurnalistikasining o’rni nihoyatda beqiyosdir. Shu o’rinda savol tug’iladi.- Ho’sh Internet jurnalistikasi o’zi nima? Uni bizga ahamiyati nimalarda ko’riladi? Savolga javob berish maqsadida , uni quyidagicha tariflar bilan izohlash mumkin. Asosiy ma’lumot kanali bo’lgan Internet orqali dunyo miqyosidagi ommabop ma’lumotlarni doimiy ravishda yig’ish, qayta ishlash va tarqatishdan iborat bo’lib , u ommaviy targ’ibot va tashviqot yuritish vositalaridan biridir. U tomonidan tarqaliyotgan axborot, universitet tili bilan aytganda o’zining “auditoriyasi”ga ega bo’lib, uning jamoat va dunyoqarash tasavurlarini ijtimoiy yo’naltira olishi, zamonaviy reallik, rang-baranglig qonuniyatlari jamiyat hayotining siosiy-iqtisodiy rivojini boshqaruvchi asosiy qonuniyatlar haqida ma’lumot bera olishi lozim. Ahborot jurnalistika, uning auditoriyasi orasidagi vosita bo’lib, u o’zining jurnalistikaning siosiy institute sifatidagi o’z oldiga qo’ygan xilma-xil muomolarini yechishga xizmat qilishi kerak. “Ommaviy Ahborot Vositalari”- atamasi ham shunga asoslangan. Internet jurnalistikasi oddiy jurnalistikaga nisbatan o’zining qanaqangi yangiliklari va avzalliklari bilan kirib keladi? • Interaktivligi. Bunday hususiyat Internet texnologiyasining o’zida mujassam bo’lib, bunda u o’zining ko’p tomonlama “tarmoq”li aloqasini taminlaydi. • Professional yondashuv. Bunda u har bir o’quvchi yoki guruhning o’zlarini shahsiy qarashlari, fikrlari va talablarini hisobga olish imkonini beradi. • Ma’tbuotga yo’nalganligi. Bu holatda har bir o’quvchi, o’zining hohlagan axborotini, hohlagan darajada olishi va uni hohlagan darajada o’rganishi, tahlil qilishi imkoniga ega. • Oniylik. Buni avzalligi shunda bo’lib, unda ma’lumotlarni uzatish tezligi nihoyatda katta bo’lishi bilan bir qatorda , kerakli ma’lumot uzatilgan joyga tez va shu bilan bir qatorda sifatli yetib boradi. • Olchamlilik. Bu o’quvchilarga u yoki bu ahborotni muhimlik darajasini tez va qulay aniqlab olishga imkon yaratadi. • Hamfikrlilik. Bunda ma’lumot sahifasini tez va qulay ravishda har bir tashrif etuvchi fikrini hisobga olgan holda yangilab borish imkoniyati tushuniladi. • Tejamlilik. Internet ma’lumotlarini tarqalishidagi ta’minotni qimmatligiga qaramasdan , har bir o’quvchiga kerakli ma’lumot qog’ozli ma’lumotga nisbatan tezroq va arzonroq , eng muhimi sifatli yetib boradi. Hozirgi kunda yaratilayotgan yurtimizdagi Internet jurnalistikasi sahifalari orasida bunday talablarga javob bera oladiganlari ham, bera olmaydiganlari ham bor. Shu hususda, yani Internet jurnalistikasini takomillashtirish maqsadida me’zonlar, o’quv markazlar va ko’plab saytlar yaratilsa, maqsadga muofiq bo’lardi. Oxirgi yetti-sakkiz oy ichida Oʻzbek internet jurnalistikasida oʻzgarishlar koʻzga tashlanmoqda: tanqidiy ruhdagi maqolalar eʼlon qilinyapti, avvallari tilga olinmagan muammoli mavzular koʻtarib chiqilmoqda. Xoʻsh, Oʻzbekistonda internet jurnalistikasi yangi rivojlanish pallasiga odim otdi, deya olamizmi? U yaqin yillarda sifat jihatidan yuksala oladimi? Erkinlik manbaiga va yangiliklar tezkor yoritiladigan ishonchli vositaga aylanadimi?.. Oʻtgan asrning 60-yillarida kanadalik olim Marshall MakLuhan tilga olgan "global qishloq"da, mana, bugun bizlar yashamoqdamiz: axborot-kommunikatsiya texnologiyalari shunchalik rivojlandiki, dunyoning istalgan nuqtasi bilan bemalol bogʻlana olamiz va boshqa mamlakatlarda yuz berayotgan voqea-hodisalar haqida tezkorlik bilan xabar topamiz. Bu jarayonda, shubhasiz, internetning oʻrni beqiyosdir. Dunyoning koʻpgina mamlakatlarida internet juda qisqa vaqt ichida anʼanaviy ommaviy axborot vositalariga munosib raqobatchiga va soʻz erkinligi nuqtai nazaridan qulay minbarga aylandi. Oʻzbekiston aholisi internetdan foydalanishni 1990-yillarning oxirida boshladi. Ammo mamlakatda internet jurnalistikaning rivojlanish jarayoni juda sust kechmoqda. Bugungi kunda qariyb 400 web-sayt Matbuot va axborot agentligida ommaviy axborot vositasi sifatida roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa-da, oʻzbek tilida faoliyat yuritadigan, kattaroq auditoriyaga ega nashrlar soni barmoq bilan sanarli darajada oz. Prezident Shavkat Mirziyoyev hokimiyatga kelganidan keyin Oʻzbekistondagi internet jurnalistikasi nisbatan erkin nafas ola boshlagandek. Nashrlarda oldinlari deyarli kuzatilmagan holat - dadilroq tanqidiy maqolalar, muammoli mavzular koʻzga tashlana boshladi. Masalan, Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Janubiy Koreyada ishlashni istovchilar uchun joriy yilning aprelida oʻtkazgan test sinovlari ijtimoiy tarmoqlar va internet nashrlarida keskin tanqidga uchradi. Pirovardida agentlik rahbari ishdan olindi. Yaqinda Toshkentdagi tibbiyot kolleji tabalasi boʻlgan Jasurbek Ibragimovning oʻlimi bilan bogʻliq tergov harakatlarini respublika Bosh prokurori shaxsan nazoratiga olishiga ijtimoiy tarmoqlar va internet nashrlardagi keng muhokamalar ham sabab boʻldi. Biroq bular juzʼiy, kam sonli holatlar, xolos. Oʻzbek internet jurnalistikasi chin maʼnoda rivojlana olishi, jamiyatda oʻz oʻrniga ega boʻlishi uchun bir qator muammolarni yengib oʻtishiga toʻgʻri keladi. Oʻzbek internet nashrlarini qiynaydigan eng katta muammolardan biri moddiy-texnik imkoniyatlarining haddan tashqari cheklanganidir. Ayrim muassislar hatto bir-ikki jurnalist bilan internet nashr faoliyatini yurgizmoqchi boʻladi. Bir internet nashr daromad keltira boshlashi uchun yillab kutishga toʻgʻri kelishi mumkin, bunga esa har qanday tahririyatning dosh bera olishi mushkul. Moliyaviy muammolar oʻz-oʻzidan malakali mutaxassislar, professionallarni yollashga toʻsqinlik qiladi, oqibatda nashr saviyasi hamin qadar darajada qolib ketadi. Dunyo yangiliklarini shitob bilan yoritadigan (toʻgʻrirogʻi, shunchaki tarjima qiladigan) oʻzbek internet nashrlari mahalliy yangiliklarga kelganda oqsab qolmoqda. Ular Oʻzbekistonning barcha mintaqasiga muxbir yoʻllash imkoniyatiga ega emas, albatta. Mamlakatda nashrlarni yangiliklar bilan taʼminlaydigan axborot agentliklari esa mutlaqo rivojlanmagan. Aytaylik, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi - OʻzAning oʻta rasmiy ohangdagi xabarlari katta auditoriyani qiziqtirishi dargumon(buni agentlik saytining Milliy qidiruv tizimidagi reytingi ham koʻrsatib turibdi). "Turkiston-press" axborot agentligining esa bor-yoʻqligi ham bilinmaydi. Qolaversa, rasmiy organlar matbuot xizmatlari va nashrlar oʻrtasida hamkorlik deyarli yoʻq. Juda kam sonli davlat organlarining matbuot xizmatlari faol ishlaydi, baʼzilari onda-sonda saytida yuzaki, gohida oʻta savodsizlarcha yozilgan press-relizlarni eʼlon qilish bilan kifoyalanadi. Koʻpincha internet nashrlari rasmiy organlardan maʼlumot olish qiyinligidan shikoyat qiladi. Oʻzbek internet nashrlari dunyo yangiliklarini asosan Rossiya nashrlaridan tarjima qiladi, shuning uchun baʼzida oʻzlari bilib-bilmay biror xalqaro voqea boʻyicha Rossiya nuqtai-nazarini yetkazishga, mazkur mamlakatning manfaatlarini yoyishga xizmat qilmoqda. Bu esa oʻzbekistonlik oʻquvchilarning Rossiya ommaviy axborot vositalariga tobeligini orttirish bilan birga mafkuraviy tahdidni ham paydo qiladi. Oʻzbek nashrlariga bu borada "Jahon" axborot agentligi yordam berishi mumkin edi, ammo mazkur agentlik xorij mamlakatlarida yuz berayotgan voqea-hodisalarni yoritmaydi. Dunyo yangiliklarini yoritishda Oʻzbekistonning nafaqat internet nashrlari, balki barcha ommaviy axborot vositalari xorij - asosan Rossiya ommaviy axborot vositalariga qaram boʻlib qolgan. Hatto baʼzida Oʻzbekistonga oid yangiliklarni rus saytlaridan tarjima qilish yoki Rossiyaning "Sputnik-Oʻzbekiston" saytidan koʻchirib bosish holatlari ham uchraydi. Internet nashrlari xorij voqealarini yoritishda baʼzan notoʻgʻri maʼlumotlarni ham tarqatadi, chunki tahririyatlarda aqalli dunyoning muayyan mintaqasi boʻyicha ixtisoslashgan mutaxassis-jurnalistlar yoʻq, demakki, bu nashrlardan xalqaro sharhlarni kutish befoyda. Eng muhimi - internet nashrlarning erkin faoliyat yuritishiga daxl qilmaslik. Maʼlumki, jurnalistika erkinlik bor joydagina rivojlanadi. Nashrlarga bosim oʻtkazishga urinish ular faoliyatiga toʻsqinlik qilish demakdir. Oʻzbek internet jurnalistikasi endigina atak-chechak qilmoqda. Maʼmuriy yoʻllar orqali tazyiq koʻrsatishga harakat qilish, tanqidiy ruhdagi maqolalarni oʻchirib tashlashni talab etib doʻq urish, sudga berish bilan qoʻrqitish endigina qadam tashlashni oʻrganayotgan internet nashrlarni oyogʻidan chalish, soʻz erkinligini boʻgʻish deganidir. Shundoq ham oʻz yogʻida oʻzi qovurilayotgan, moliyaviy muammolar bilan kurashayotgan internet nashrlar uchun maʼmuriy bosimlar mutlaqo ortiqchalik qiladi. Download 19.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling