Internet nima uchun kerak va uning qanday foydalari bor?


Download 278.94 Kb.
bet3/11
Sana27.06.2023
Hajmi278.94 Kb.
#1657149
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
axborot xavfsizlik

Elektron pochta xavfsizligi bo'yicha qo'shimcha tavsiyalar

  • Email manzilingizga kuchli parol o'rnating. Parol uchun sodda so'z yoki raqamlardan foydalanmang. "SplashData" firmasi ma'lumotiga ko'ra, o'tgan yili eng ko'p ishlatilgan parollar 12345, 12345678 va qwerty bo'lgan. Bunday parollarni buzish yoki qo'lga kiritish uchun esa xaker bo'lish shart emas. Iloji boricha, parolingizda bosh harflar, raqamlar va maxsus belgilar jamlanmasidan foydalaning. Masalan, "yaxshilik" degan oddiy so'z va harflardan iborat parolni "YaxshiliK1!" shaklida har xil belgilardan iborat murakkab parolga aylantirishingiz mumkin.

  • Elektron pochta parolidan boshqa sayt yoki onlayn xizmatlarda foydalanmang. Har bir sayt uchun alohida parol tanlashingizni tavsiya qilamiz.

  • Yodda tutish uchun parollarni kompyuteringizda yoki boshqa onlayn va elektron qurilmalarda saqlamang. Ularni qog'ozga yozib oling va hech kim bilmaydigan joyda saqlang.

  • Jamoat komputerlaridan foydalanganda har doim ishlatib bo'lgandan so'ng saytdan yoki elektron pochtadan chiqishni unutmang. Buning uchun "Chiqish", Log out" yoki "Vixod" tugmalarini bosishingiz kerak. Tizimdan chiqmasdan turib oynani (brauzerni) yopsangiz, undagi barcha ma'lumotlaringiz saqlab qolinadi va sahifani kimdir qayta ochganda sizning ma'lumotlaringiz chiqib keladi. Jamoat komputerlari deganda kutubxona, internet kafelaridagi yoki birovga tegishli bo'lgan komputerlarni tushunish mumkin.

  • B ir necha odamga bitta maktubni yuborishni istasangiz, e-mail manzillari hammaga ko'rinishi mumkinligini hisobga oling. Maktub olgan tomon bu maktub yuborilgan boshqa emaillarni ko'rmasligi istasangiz, pochta manzilllarini "Bcc" (Gmail va Yahoo kabi ingliz tilidagi pochta xizmatlarida) yoki "Скрытая копия" (Mail.ru kabi rus tilidagi pochta xizmatlarida) qatoriga kiriting. Shunda bitta maktubni olgan bir necha odam bir-birining elektron pochta manzilini ko'rmaydi. Bu muhim, chunki maktub yuborilgan tomonlar email manzilining o'zi bilmagan boshqa odamlarga ko'rinishini istamasligi mumkin.aaInternet brauzeridan xavfsiz foydalanish

Bu bo'limda biz internet brauzerlari haqida so'z yuritamiz. Brauzer bu internetga kirish va veb-sahifalarni ko'rish uchun ishlatiladigan dasturdir. Eng mashhur brauzerlar qatorida Internet Explorer, Firefox, Google Chrome, Opera, Safari kabi dasturlarni sanash mumkin. Bu brauzerlarning hammasi bir xil vazifani bajarsa-da, ular bir-biridan internetga ulanish tartibi, qo'shimcha xizmatlari va ko'rinishi bilan farq qiladi. Quyida internet brauzerlari bilan ishlaganda xavfsizlik yuzasidan e'tibor berish lozim bo'lgan ayrim jihatlarni eslatib o'tamiz.
Har bir brauzer u yerda amalga oshirgan ishlaringiz tarixini, tashrif buyurilgan sahifalar va qidirlgan kalit so'zlarni o'zida saqlab qoladi. Siz ochgan har bir sahifa internet provayderi va brauzer provayderiga ma'lum bo'ladi va ular serverlarda doimiy saqlanib qolishi mumkin. Demak, saytlarga qilayotgan tashriflaringiz hech qachon shaxsiy va maxfiy bo'lmaydi. Shuning uchun qanday saytlarga kirayotganingiz haqida mas'uliyat bilan ish tutishingiz kerak.
Kompyuteringizga boshqa odam kirganda, brauzeringiz tarixi ularga ko'rinmasligini istasangiz yoki jamoat kompyuterlarida internetdan foydalanganingizda brauzerlarning "Private" (Maxfiy) degan alohida oynasidan foydalanishingiz mumkin. Hozir barcha ommabop brauzerlarda bunday maxfiy oynalarni ochish imkoniyati mavjud. "Private" oynasida ochilgan barcha saytlar, parol va login ma'lumotlari oyna yopilgandan keyin o'chib ketadi. Unutmang, maxfiy oyna ma'lumotlaringizni internet provayderi yoki brauzer provayderidan yashira olmaydi. U faqat ma'lumotlaringiz brauzerda saqlanib qolmasligini kafolatlaydi, xolos.
Emaildan xavfsiz foydalanish bo'limida aytganimizdek, brauzerlar orqali ham viruslar, shaxsiy ma'lumotingizni o'g'irlashga qaratilgan "phishing" va zararli dasturlar joylashgan saytlar kabi tahdidlar bilan yuzlashasiz. Ularga qarshi himoyalanishda quyidagi maslahatlarga amal qiling.

  • Avvalo, saytning xavfsiz yoki xavfli ekanini aniqlashda oddiy aql bilan yondashib ish tuting. Shubhali saytlarda, odatda, yolg'on ma'lumotlar yoki to'g'ri bo'lishi ehtimoli juda kam bo'lgan gaplar (masalan, lotereya yutib olganingiz haqidagi xabar) bo'ladi. Bunday saytlarga tasodifan kirib qolsangiz, undagi hech bir havolani bosmasdan, saytni darhol yopishingiz kerak.

  • Agar vebsayt biror tashkilot yoki kompaniyaga tegishli ekani da'vo qilingan bo'lsa, uning nomi to'g'ri yozilganmi, farqli yoki imloviy xatolar bilan yozilmaganmi, shuni tekshiring. Qaysidir haqiqiy bir tashkilot nomini o'g'irlab, ular nomidan yaratilgan qalbaki saytlarda, odatda, haqiqiy kompaniya sayti nomidagi ayrim harflar o'zgartirilgan shaklda bo'ladi. Masalan, saharschool.org sayti haqiqiy bo'lsa, uning soxta ko'rinishi www.saharschol.org yoki www.saharschool.com shaklida bo'lishi mumkin.

  • Agar sayt http:// belgisi bilan boshlangan bo'lsa, saytning shubhali ekani ehtimoli yanada oshadi. Ishonchli va katta saytlarning deyarli barchasi hozir https:// protokoli bilan ochiladi. https belgisi saytning xavfsizlik sertifikatiga ega ekanini bildiradi.

  • Biror saytga kirish uchun uning sizga ma'lum manzilini brauzerga yozib kiritganingizda, ENTER tugmasini bosishdan oldin, manzilni to'g'ri yozganingizga yana bir bor ishonch hosil qiling. Agar bir dona so'zni xato yozgan bo'lsangiz, haqiqiy saytga o'xshagan, lekin qalbaki bo'lgan boshqa bir saytga kirib qolishingiz mumkin.

  • P ul o'tkazish xizmatlari orqali pul yuborishni talab qiladigan saytlar, odatda, soxta bo'ladi. Masalan, sizga xorijdan ish topib berishni va'da qilgan va xizmat haqi uchun Moneygramdan pul yuborishingizni so'ragan saytdan ehtiyot bo'ling.

  • Brauzeringizni muntazam yangilab turing. Uning yangi versiyasi chiqsa, uni saqlab olib, shu yangisini o'rnating.

  • Komputer qurilmalaridan xavfsiz foydalanish

Brauzer orqali internetdan kirib kelgan zararli dasturlar, odatda, kompyuter yoki boshqa elektron qurilmangizga o'rnashib olib, uning xotirasidagi shaxsiy ma'lumotlarni qidirib topishga va ularni jinoiy egalariga jo'natishga urinadi. Buning oldini olish uchun qurilmalarni qanday himoyalash lozimligi haqida ham ayrim maslahatlarni beramiz.

Download 278.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling