Internet tarmog‘i resurslari Veb-sahifa tushunchasi va shakli


Masofaviy ta’lim va uning ahamiyati


Download 51.7 Kb.
bet4/8
Sana21.11.2023
Hajmi51.7 Kb.
#1791596
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Internet tarmog‘i resurslari Veb-sahifa tushunchasi va shakli

Masofaviy ta’lim va uning ahamiyati. Masofaviy ta’lim - bu o‘qituvchi va o‘quvchi bir-biri bilan masofa yoki vaqt orqali ajratilgan sababli, axborot texnologiyalardan fodalanilgan holda ta’lim berish mexanizmi.
Bu ta’lim turini bir necha modellari mavjud, ular masofaviy ta’lim tashkil qilinishiga sabab bo‘lgan vaziyatlari bilan farqlanadi: geografik sabablar (mamlakat maydoni, markazlardan geografik uzoqlashgan regionlar mavjudligi), mamlakatni kompyuterlashtirish va informatsiyalashtirish darajasi, transport va kommunikatsiyalar rivojlanish darajasi, masofaviy ta’lim uchun mutaxasislar mavjudligi, ta’lim soxasida informatsion va kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish darajasi, mamlakatning ta’lim soxasidagi odatlari.
Masofaviy ta’lim modellari:
1) Birlamchi model;
2) Ikkilamchi model;
3) Aralashgan model;
4) Konsorsium;
5) Franchayzing;
6) Validatsiya;
7) Uzoqlashgan auditoriyalar;
8) Proektlar.


Salbiy va ijobiy resurslarga ega bo‘lgan veb saytlar va ularning ahamiyati.
Internetning ichki tahdidlari tarmoq axborot makonining ahvoli va rivojlanishi uchun salbiy oqibatlarga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan tahdidlar. Bular: tarmoqning ortiqcha yuklanganligi tufayli axborot kollapsi (qulashi); xakerlarning ma’lumotlarni yo‘q qilishi yoki o‘zgartirishi, bog‘lamalar va trafikni “chetlab o‘tish” yo‘nalishlarini blokirovkalash maqsadida uyushtirgan hujumlari; kommunikatsiya kanallarining tasodifiy yoki uyushtirilgan avariyalari; axborot-izlash tizimlarining mukammal emasligi; protokollarning “ma’naviy” eskirib qolishi va boshqalar.
Internetning tashqi tahdidlari foydalanuvchilar uchun salbiy oqibatlarga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan tahdidlar. Tashqi tahdidlar texnologik va ijtimoiy bo‘lishi mumkin:
- Texnologik: tezligi sekin kanallar; tarmoqqa ulanishning unumsiz uslublari; olib keltirilgan viruslar; axborot “toshqini” va h.k.
- Ijtimoiy: foydalanuvchilarning jismoniy va ruhiy sog‘lig‘iga bo‘lgan ta’sir; insonning shaxsiy ongiga bo‘lgan ta’sir; axborot terrori, jinoyati va boshqalar.

Download 51.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling